Ionlar orasida Kulon kuchi tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish ionli bog'lanish deb ataladi.
Ba'zi suyuqliklar elektr tokini o'tkazishi, boshqalari esa o'tkazmasligi mumkin. Suyuqlik- larning elektr tokini o'tkazishi yoki o'tkazmas- ligini tasvirlangan oddiy asbob yordamida aniqlash mumkin. Bu asbob, asosan, shisha idish va unga tushirilgan ikkita ko'mir stcrjcn — elektrodlardan iborat. Elektrodlardan biri kalit orqali elektr manbaning bir qutbiga, ikkinchi elektrod esa lampoclika orqali manbaning boshqa qutbiga ulangan. Elektr manbaning musbat qutbiga ulangan elektrod anod deb, manfiy qutbga ulangan elektrod esa katod deb ataladi.
Elektrodli shisha idishga distillangan suv solamiz va kalitni ulaymiz. Bunda lampochka yonmaydi. Demak, distillangan suv elektr tokini o'tkazmaydi.
Kalitni uzamiz va idishdagi suvga osh tuzi solib, natriy xlorid eritmasini hosil qilamiz. So'ngra kalitni ulasak, lampoclika yonganini ko'ramiz. Demak, natriy xlorid eritmasi elektr tokini o'tkazar ekan.
Natijada NaCl kristall panjarasi yemi- rilib, suvda tartibsiz erkin harakat qiluvchi Na+ va CI" ionlari hosil bo'ladi. Kalit ulanganda Na+ ionlari katod tomon, CI" ionlari esa anod tomon harakatlanadi. Natijada zanjirdan tok o'ta boshlaydi.
Shunday moddalar ham borki, qattiq holatda elektr tokini o'tkazmaydi, lekin eritilib, suyuq holatga o'tganda elektr tokini o'tkazadi.
Qattiq holatdagi natriy xlorid elektr tokini o'tkazmasligi ma'lum. U holda natriy xloridning suvdagi eritmasi tok o'tkazisliiga sabab nima?
Osh tuzi suvga solinganda, qutblangan suv molekulalari natriy xloridning kristall panjara tugunlarida joylasligan Na+ va Сl- ionlarini o'ziga tortadi. Suyuqlikda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deb ataladi.
Elektrolitda ionlar qancha ko'p bo'lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o'tkazadi. NaCl suvda eriganida u batamom Na+ va CI- ionlariga ajraladi. Natriy xloridning suvdagi eritmasi tokni yaxshi o'tkazuvchi elektrolit hisoblanadi.
|