Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Kimyo darslaridan ma'lumki, modda atom va molekulalari bir-biri bilan uch xil bog'lanishda bo'ladi: metall bog'lanish, kovalent bog'lanish va ionli bog'lanish.
Ionli bog'lanishga misol qilib osh tuzi — natriy xlorid (NaCl)ni keltirish mumkin. Natriy (Na) atomida 11 ta elektron bo'lib, ulardan 1 tasi tashqi elektron qobig'ida bo'ladi. Xlor (CI) atomida esa 17 ta elektron bo'lib, ulardan 7 tasi tashqi elektron qobiqda aylanadi.
Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi barcha elementlarning alohida olingan atomi elektr neytraldir. Chunki, atom yadrosidagi musbat zaryadli protonlar nechta bo'lsa, shu atom yadrosining atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadli elektronlar soni ham shuncha bo'ladi. Shunga o'xshash Na va CI atomlari alohida olinganda elektr neytraldir.
Xlor atomining tashqi elektron qobig'i to'lishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Xlor va natriy atomlari bir-biriga yaqinlashganda elektronlar almashishi yuz beradi. Xlor atomi natriy atomining tashqi elektron qobig'idan 1 ta elektronni tortib oladi. Natijada xlor atomi manfiy zaryadli xlor ioniga (CI"), natriy atomi esa musbat zaryadli natriy ioniga (Na+) aylanib qoladi. Bu jarayonni quyidagi tengliklar bilan ifodalash mumkin:
Na - e = Na+
CI + e = CI-
Turli ishoraga ega bo'lgan natriy va xlor ionlari bir-biri bilan Kulon kuchi bilan tor- tishishib, NaCl kristall panjarasini hosil qiladi.
|