• Magnitlarning janubiy qutbi S harfi
  • shimoliy magnit qutbi
  • Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi




    Download 7,54 Mb.
    bet86/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7,54 Mb.
    #14033
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
    Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi.

    Agar magnit kuch chiziqlari bo'ylab bir nechta mag­nit strelkachalar qo'yilsa, ular 132- rasmda ko'rsatil- gandek joylashadi. Bunda strelkachalarning janubiy qutblari magnitning sliimoliy qutbiga qarab qoladi.



    Magnitlarning janubiy qutbi S harfi (inglizcha «souts» - «janub» so'zining bosh harfi) bilan, shimoliy qutbi N harfi (inglizcha «nourts» - «shimol» so'zining bosh harfi) bilan belgila- nadi. Magnit kuch chiziqlarining yo'nalishi sifatida N qutbdan S qutb tomon yo'nalishi qabul qilingan (133- rasm).

    Agar ikkita magnitning bir xil qutblarini yaqinlashtirsak, ular bir-biridan itariladi. Turli qutblarni yaqinlashtirganimizda esa, ular bir-biriga tortiladi (134- rasm).

    Magnitlar orasiga temir plastina qo'yilsa, ular bir-biriga ta'sir ko'rsatmaydi. Chunki, temir material magnit maydonni to'sadi. Lekin mis, aluminiy, shisha, plastmassa kabi materiallar magnit maydonni to'smaydi.

    Kompas strelkalari yoki ipga osilgan magnit janubdan shimolga tomon yo'nalishda joylashib qoladi (135- rasm). Bunga sabab, Yer sharining magnit maydon bilan o'ralganidir.

    Yerning magnit kuch chiziqlari janubiy magnit qutbdan sliimoliy magnit qutb tomon yo'nalgan bo'ladi (136- rasm).

    Yerning shimoliy magnit qutbi 75° sliimoliy kenglik va 99° g'arbiy uzunlik yaqinida, Yer sharining shimoliy geografik qutbidan taxminan 2100 km uzoqlikda joylashgan.




    Download 7,54 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi

    Download 7,54 Mb.