• II.Dars turi
  • Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • Ersted tajribasi tok otayotgan otkazgich atrofida magnit maydon bor ekanligini korsatdi.
  • Agar parmaning ilgarilanma harakati yona­lishi otkazgichdagi tokning yonalishida bolsa, parma dastasining aylanish yonalishi shu tok magnit kuch chiziqlarining yonalishini korsatadi.
  • Andre Mari Amper
  • Tok otayotgan galtak atrofida magnit may­don mavjud bolib, uning ichidagi magnit kuch chiziqlari ozaro parallel boladi
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7,54 Mb.
    bet88/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7,54 Mb.
    #14033
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124
    Darsning mavzusi: Tokning magnit maydoni.

    Darsning maqsadi :

    • Talimiy maqsad: O’quvchilarga tokning magnit maydoni xaqida ma’lumot berish.

    • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

    • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:

    Magnit maydonning elektr toki bilan bog'liqligini tajribada birinclii bo'lib 1820- yilda daniyalik fizik Xans Kristian Ersted (1777-1851) aniqladi.

    Ersted tajribasini o'zimiz ham o'tkazib ko'rishimiz mumkin. Buning uchun 137- rasmda tasvirlangan zanjirni yig'aylik.

    O'tkazgich simlaridan bin janubdan sliimolga tomon tarang tortilgan bo'lsin. Magnit strelkasini rasmda ko'rsatilgandek shu simning ostiga qo'yaylik. Bunda strelka simning yo'nalisliida turgan bo'ladi.

    Endi kalitni ulab, o'tkazgichdan tok o'tkazaylik. Shu zahoti tok o'tayotgan sim ostidagi magnit strelkasi 90° ga burilib, simga perpendikular joylashib qoladi (138- rasm).

    Ersted tajribasi tok o'tayotgan o'tkazgich atrofida magnit maydon bor ekanligini ko'rsatdi.

    Elektr toki o'tayotgan o'tkazgich atrofida magnit maydon mavjudligini quyidagi tajribada ham isbotlash mumkin.

    Plastmassadan yasalgan plastinaning o'rtasidan teshib, ingichka metall steijenni o'tkazamiz. Plastmassa ustiga temir kukunlarini socliib, steijendan tok o'tkazaylik.Tokning magnit maydoni ta'sirida temir kukunlari steijen atrofida aylanalar bo'ylab joylasliib qoladi. Bu aylanalar magnit kuch chiziqlarini tavsillaydi (139- rasm).

    Tajribani davom ettirib, tok o'tayotgan sterjen atrofiga mayda magnit strelkachalarni qo'yaylik. Shu zahoti strelkachalar magnit kuch chiziqlarining yo'nalishida tartibli joylasliib qoladi (140- rasm).



    Stcrjcndagi tok yo'nalisliini o'zgartiraylik. Shu zahoti barcha magnit strelkalari 180°ga buriladi (141- rasm).

    Demak, tokning magnit kuch chiziqlari yo'nalishi o'tkazgichdagi tokning yo'nalishiga bog'liq. To'g'ri tok atrofida hosil bo'ladigan magnit maydon kuch chiziqlari yo'nalisliini parma qoidasi orqali quyidagicha topish mumkin (142- rasm):

    Agar parmaning ilgarilanma harakati yo'na­lishi o'tkazgichdagi tokning yo'nalishida bo'lsa, parma dastasining aylanish yo'nalishi shu tok magnit kuch chiziqlarining yo'nalishini ko'rsatadi.

    Ersted tomonidan tokli o'tkazgichning magnit maydoni kashf etilishi elektromagnetizm sohasidagi tadqiqotlarga turtki bo'ldi. Shu yiliyoq, ya'ni 1820- yilda fransuz fiziklari Andre Mari Amper (1775-1836) va Dominik Fransua Arago (1786-1853) o'tkazgich simni yog'och o'zakka o'rab g'altak yasadilar. Undan tok o'tka- zib, to'g'ri tok maydonidan ancha kuclili bo'lgan magnit maydonni hosil qildilar.

    Metall simdan spiral yasab, undan tok o'tkazaylik. Spiralning ikki tomoniga ikkita magnit strelkachani yaqinlashtiraylik (143- rasm). Ikkala strelkacha spiral o'qi tomon buriladi. Bunda strelkalarning qutblari bir xil yo'nalishda bo'lib qoladi.

    Metall simni spiral shaklida qilib organik sliisha orqali o'tkazaylik. Uning ustiga temir kukunlarini sochaylik va magnit strelkachalarni qo'yaylik. Simdan tok o'tkazilsa, spiral shaklidagi tokning magnit kuch chiziqlari yo'na­lishi qanday bo'lisliini kuzatish mumkin (144- rasm).

    Biz soddalik uchun g'altak o'rniga spiral shaklidagi tokning magnit maydonini ko'rdik. G'altakda o'ralgan aylana simlar soni spiraldagi kabi 5-10 ta emas, balki 50-100 ta va undan ortiq bo'ladi. Spiral uchun tajriba xulosalari g'altak uchun ham o'rinlidir.

    Odatda, g'altak plastmassali o'zakka o'raladi. G'altakni gorizontal shaklda ipga osib, undan tok o'tkazilsa, u magnit strelkasi kabi Yerning janubiy va shimoliy qutblari bo'ylab buriladi (145- rasm).



    Tok o'tayotgan g'altak atrofida magnit may­don mavjud bo'lib, uning ichidagi magnit kuch chiziqlari o'zaro parallel bo'ladi (146- rasm). Tokli g'altak magnit strelkasi kabi ikkita magnit qutbiga ega.

    G'altakning magnit qutblarini o'zgartirish uchun undagi tokning yo'nalisliini o'zgartirish kerak.

    To'g'ri tokning magnit kuch chiziqlari shu tok o'tayotgan o'tkazgichni o'rab olgan aylanalar bilan tavsiflanadi.


    Download 7,54 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7,54 Mb.