Tabiiy magnit uzoq vaqt ta'sir ettirilganda magnitlangan po'lat bo'laklari




Download 7,54 Mb.
bet85/124
Sana03.04.2021
Hajmi7,54 Mb.
#14033
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   124
Tabiiy magnit uzoq vaqt ta'sir ettirilganda magnitlangan po'lat bo'laklari sun'iy magnitlar deb ataladi.

Sun'iy magnitlarning xossalari tabiiy magnitlarning xossalari kabi bo'ladi. Tabiiy va sun'iy magnitlarning barchasi doimiy magnitlardir.

O'zining magnitlangan holatini uzoq vaqt yo'qotmaydigan jism doimiy magnit yoki oddiygina qilib magnit deb ataladi.

Ingliz shifokori Uilyam Gilbert (1544-1603) doimiy magnitlarning xossalarini o'rganishbo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Gilbert 1600- yilda naslir etilgan «Magnit, m agnit jismlar va ulkan magnit - Yer haqida» nomli k itobida magnitlarning quyidagi xossalarini bayon qilgan:



  1. Magnit turli qismlarining tortish kuclii liar xil bo'lib, uning chekka uch- lari - qutblarida tortish kuchi eng kattadir.



  2. Magnit ikkita - shimoliy va janubiy qutbga ega bo'lib, bu qutblar xususiyatiga ko'ra turlichadir.

  3. Turli nomli qutblar bir-biriga tortiladi, bir xil nomli qutblar esa bir- biridan itariladi.

  4. Erkin holda ipga gorizontal ravishda osib qo'yilgan magnit qutblari Yerning shimol va janub tomonlarini ko'rsatadi.



  5. Bir qutbli magnitni hosil qilib bo'lmaydi.

  6. Yer shari ulkan magnit dir.

  7. Kuchli qizdirilganda tabiiy magnitlarning ham, sun'iy magnitlarning ham magnit xossalari yo'qoladi.

  8. Magnitlar shisha, charm va suv orqali o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Zaryadlangan jismlar atrofida elektr maydon bo'lishini, bu jismlar shu maydon orqali o'zaro ta'sirlashishini bilasiz.

Magnitlar bir-biri bilan qanday ta'sirlashadi? Yupqa oynaning ustiga temir qirindilarini sochib, uni taqasimon magnit uchlari ustiga qo'yaylik. Oyna chekkasini qalam bilan sekin urib turaylik. Bunda qirindilarning magnit uchlari atrofida ma'lum chiziqlar bo'ylab joylashishi kuzatiladi (132- rasm).






Download 7,54 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   124




Download 7,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy magnit uzoq vaqt ta'sir ettirilganda magnitlangan po'lat bo'laklari

Download 7,54 Mb.