|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent kimyo texnalogiyalari institute Yangiyer filiali Sirtqi bo’lim
|
bet | 1/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 433,1 Kb. | | #234516 |
Bog'liq 61a1f88c23c650.98276464
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Toshkent kimyo texnalogiyalari institute Yangiyer filiali Sirtqi bo’lim
Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) yo’nalishi
_I_-bosqich C 301-23 guruh talabasi
______________________________________________________ning
Fizika 2 fanidan
QAYTA ISH
Qabul qildi: Abdurakibov Akmal Abdugaparovich
Mavzu: Biо-sаvаr-lаplаs qоnuni. Amper kuchi-Lorens kuchi.
Reja:
Magnit maydoni. Magnit induksiya vektori.
Lorens va Amper qonunlari.
Magnit maydonidagi tokli kontur. Magnit momenti
Bio-Savar-Laplas qonunining differensiyal va integral ko’rinishlari.
Magnit induksiyasi vektori sirkulyasiyasi.
1.Magnit maydoni induktsiyasi. Magnit induksiya vektori.
Magnitlarning va toklarning o‘zaro ta’sirini uchta tajriba orqali ko‘rib chiqamiz:
1.Tok magnit strelkasi ustida joylashgan to‘g‘ri o‘tkazgich bo‘ylab o‘tayotgan bo‘lsin. Bunda, magnit strelkasiga tokning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lgan juft kuchlar ta’sir etadi va magnit strelkas itokli o‘tkazgichga perpendikulyar holda joylashadi.
2. Tok ikki ta o‘tkazgichni tutashtirib, uning ustida erkin dumalay oladigan tsilindr orqali o‘tayotgan bo‘lsin (1 - rasm).
1 - rasm. Magnit maydonida erkin harakatlanadigan tokli silindrik o‘tkazgich
Silindrik doimiy magnit qutblari orasiga joylashtirilgan bo‘lib, tsilindrni harakatga keltiruvchi kuch tok yo‘nalishiga va magnit qutblarining joylashishiga bog‘liq bo‘ladi.
3. Tok o‘tayotgan ikkita parallel o‘tkazgichlar, ulardagi tok yo‘nalishlari bir xil bo‘lganda tortishadi, tok yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘lganda itarishadi (2, 3 - rasmlar). Paral-lelo‘tkazgichlar b masofada joylashgan , ulardan I1 va I2 tok o‘tayotgan bo‘lsa, o‘tkazgichning ℓ uzunlikdagi bo‘lagiga ta’sir etuvchi kuchni Xalqaro birliklar tizimida quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:
, (1.1)
bu yerda 0 – magnit doimiysidir.
Tok kuchi XBT da Amperda o‘lchanadi. Amper,miqdor jihatidan vakuumda bir-biridan 1 metr masofada joylashgan, ikkita parallel tokli o‘tkazgichlar orasida 210-7 Nyutonga teng o‘zaro ta’sir kuchini hosil qiluvchi tok kuchiga tengdir. Ikkinchi tarafdan,tok kuchi 1 Amper bo‘lganda, 1 sekund ichida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasidan o‘tayotgan zaryadlar miqdori 1 Kulonga teng bo‘ladi.
Agar =b=1 m bo‘lsa, u holda, (1) ifodadan magnit doimiysini hisoblash mumkin
, (1.3)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent kimyo texnalogiyalari institute Yangiyer filiali Sirtqi bo’lim
|