Tarkibi.
Vazelin – 60,0 gr
Tozalangan suv – 30,0 gr
Emulgator T-2 – 10,0 gr
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
1. Xovoncha dastagi bilan, tosh va tarozi.
2. Emulgator T-2 va vazelin.
3. Tayyor mahsulotni solish uchun idish.
4. Sochiq, tibbiyot dokasi va sovun
5. Slyuda, etiketka tayyorlash uchun qogʻoz.
6. Suv hammomi.
7. Chinni kosacha.
8. Pergament qogʻozi.
Ishni bajarish tartibi: Kerakli miqdorda tortib olingan Emulgator T-2 chinni
kosachaga solinib suv hammomiga qoʻyiladi. Emulgator T-2 toʻliq erigandan soʻng
aniq tortib olingan vazelin qoʻshilib komponentlar aralashtirib turilgan holatda toʻliq
eritib olinadi va xovonchaga oʻtkaziladi. Tozalangan 30,0 ml suv termo idishga
qoʻyilib 90 C gacha qizdiriladi va xovonchadagi massaga asta sekinlik bilan
qoʻshilib gomogen massa hosil boʻlguncha emulgirlanadi. Massa usti pergament
bilan yopilib toʻliq soviguncha olib qoʻyiladi. Massa xona haroratiga kelganidan
soʻng pergament ochilib pergamentda hosil boʻlgan suv tomchilari qayta asosga
kiritiladi va emulgirlanadi.