Tayyor mahsulotning tavsifi. Oq yoki och sariq rangli surtma uchun asos.
Biroz oʻtkir hidga ega.
Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarga qadoqlanadi.
Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Surtma uchun emulsion asos.
2 — laboratoriya ishi.
Atopik dermatit uchun surtma tayyorlash.
Ushbu surtma tarkib va texnologiyasi Farmakognoziya va dori vositalarini
standartlash kafedrasi assistenti M.N.Ergasheva va farmatsevtika fanlari
doktori, dotsent Foziljonova Malika Shuxratjanovna tomonidan ishlab
chiqilgan.
Vazifa.
1. 100,0 gr Atopik dermatitda mahalliy qoʻllash uchun moʻljallangan surtma
tayyorlang.
Tarkibi.
Qoraqiz quruq ekstrakti – 2,0 gr
Qizilmiya quruq ekstrakti – 2,0 gr
Kutumova asosi – 96,0 gr
Spirt 70% — 1,0 ml
Glitserin – 3,0 ml
Tozalangan suv 6,0 ml
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
1. Xovoncha dastagi bilan, tosh va tarozi.
2. Qoraqiz quruq ekstrakti, qizilmiya quruq ekstrakti, Kutumova asosi.
3. Spirt, Glitserin, Tozalangan suvning 1:3:6 nisbatdagi aralashmasi.
4. Tayyor mahsulotni solish uchun idish.
5. Sochiq, tibbiyot dokasi va sovun
6. Slyuda, etiketka tayyorlash uchun qogʻoz.
7. Suv hammomi.
8. Chinni kosacha.
9. Pergament qogʻozi.
Ishni bajarish tartibi.
Kerakli miqdordagi tortib olingan Kutumova asosi chinni kosachaga solinib suv
hammomiga qoʻyiladi. Aniq tortib olingan qoraqiz va qizilmiya quruq ekstraktlari
spirt glitserin suvning 1:3:6 nisbatdagi aralashmasida eritib olinadi. Kutumova asosi
yumshaganidan soʻng xovonchaga oʻtkaziladi va soat strelkasiga toʻgʻri yoʻnalishda
toʻxtovsiz aralashtirilib turgan holatda ekstraktlar eritmasi oz-ozdan surtma
tarkibiga kiritiladi. Massa gomogen holatga kelgunicha emulgirlanadi.
Tayyor mahsulotning tavsifi. Yashil, qoʻngʻir rangli, biroz oʻtkir hidga ega
gomogen massa
Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarga qadoqlanadi.
Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Atopik dermatitni davolashda qoʻllaniladi.
|