• 9.1.Standartlar kategoriyalari va ularning turlari.
  • 9-Ma’ruza 9-mavzu: Standartlar kategoriyalari va ularning turlari. Texnik jihatdan tartibga solish, texnik reglament haqida tushuncha




    Download 58.5 Kb.
    bet1/2
    Sana06.05.2023
    Hajmi58.5 Kb.
    #56972
      1   2
    Bog'liq
    9-Ma’ruza
    Rustamova Malika Ne’matovna

    9-Ma’ruza


    9-mavzu: Standartlar kategoriyalari va ularning turlari. Texnik jihatdan tartibga solish, texnik reglament haqida tushuncha.
    Reja:
    9.1.Standartlar kategoriyalari va ularning turlari.
    9.2.Texnik jihatdan tartibga solish, texnik reglamenr haqida tushuncha.
    9.1.Standartlar kategoriyalari va ularning turlari. DST standartlarning quyidagi kategoriyalarini nazarda tutadi: O‘ZDST, OST, STP. Davlat standartlari barcha tashkilotlar va muassasalar uchun ular amal qiladigan soha doirasida majburiy hisoblanadi. Tarmoq standartlarini faqat ushbu tarmoq tashkilotlari va korxonalari ishlatishadi, korxonalar standartlari esa - faqat mazkur standartni tasdiqlagan korxonalar uchun moljallangan. Muvofiqlik standartini quyidagilar tasdiqlashadi:
    0 ‘ZDSTni - 0 ‘zR Davstandarti.
    OSTni - ushbu turdagi mahsulotning ishlab chiqarilishiga yetakchilik qiladigan vazirlik (idora).
    STPni - korxonalar rahbariyati.
    0 ‘ZDSTlar asosan ommaviy va yirik seriyada ishlab chiqariladigan mahsulotlarga, davlat attestatsiyasidan o‘tgan buyumlarga, eksportga yuboriladigan tovarlarga nisbatan talablarni belgilaydi, shu munosabat bilan umumiy texnik, tashkiliy-uslubiy qoidalar va me’yorlami, buyumlaming aniqligi me’yorlarini, ulami nazorat qilish uslublarini, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlarini, fizik birliklar tizimlarini, oichovlaming yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlarini, konstruktorlik, texnologik, ekspluatatsion va ta’mirlash hujjatlari, texnik-iqtisodiy axborotlar tizimlarini o‘z ichiga oladigan davlat standartlashtirish obyekdarini ko‘rsatish mumkin. OSTlar davlat standartlashtirish obyektlariga kirmaydigan mahsulotlarga, texnologik jihozlarga, ushbu tarmoq uchun asboblarga, shuningdek, tarmoq korxonalarining ishlab chiqarishtexnik faoliyatidagi o‘zaro bogiiqlikni ta’minlash va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatining optimal darajasiga erishish uchun zarur me’yorlar, qoidalar, belgilar va atamalarga nisbatan talablami belgilaydi. Mashinalar, uskunalar, asboblar, seriyali ishlab chiqariladigan buyumlar, xom-ashyo, materiallar, yonilg‘i, yarim tayyor mahsulotlar, tarmoq ichida qoilaniladigan tipovoy texprotsesslar tarmoqdagi standartlashtirish obyektlari hisoblanadi. STP faqat muayyan korxonada qoilaruladigan me’yorlar, qoidalar, uslublarga, shuningdek, ishlab chiqarislmi tashkil qilish va boshqarish sohasidagi me’yorlarga tegishli boiadi va ular davlattarmoq standartlari da nazarda tutilgan detallar, materiallaming qoilaniladigan nomenklaturasi bo'yicha cheklashlami belgilashi mumkin. Obyektlarga va standartlaming mazmuniga qarab standartlar quyidagi turlarga boiinadi:
    • texnik shartlar;
    oichamlar parametrlari;
    • tiplar;
    • markasi;
    • sortamentlar;
    • konstmksiyalar;
    • qabul qilish qoidalari;
    • sinash uslublari;
    • o’lchovlar va oichovchi asboblami tekshirish uslublari va vositalari;
    • foydalanish vata’mirlash qoidalari;
    • tipovoy texprotsesslar va boshqalar.
    Hozirgi bosqichda barcha kategoriyalar va turlardagi standartlami ishlab chiqish tartibi amal qiladi, u ayrim me’yoriytexnik hujjatlarning ishlab chiqilishining aniq mahsulotga, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida o'zaro bir-biriga bogiiq boigan komplekslar, standartlar va texnik shartlaming yaratilishiga o‘tkazilishidan iboratdir. Har qanday obyektning ishlab chiqilishi xalq xo‘jaligimng ehtiyojlariga va, eng asosiysi, kutilayotgan texnik va iqtisodiy samaraga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Buning uchun adabiyotlardagi va ishlab chiqarishdagi maiumotlar oldindan tanlab olinadi va tahlil qilinadi, standartlashtirish obyektlari bo‘yicha tashkilotlarning rivojlanish tendentsiyalari va ehtiyojlari belgilanadi, shuningdek, xorijdagi tajriba va u yerda erishilgan standartlashtiriladigan obyektlarning ko‘rsatkichlari darajasining astoydil tahlili o‘tkaziladi. Ishlab chiqariladigan buyumlaming sifat ko‘rsatkichlari nafaqat ishlab chiqaruvchining o‘zini qondirishi, shu bilan birga barcha iste’molchilar uchun ham iste’mol qilinadigan darajadaboiishi kerak. 0 ‘zDST belgilaydigan standartlami ishlab chiqishning oltita bosqichi amal qiladi:
    • Standartni ishlab chiqishning tashkil etilishi, textopshiriqning tuzilishi va tasdiqlanishi.
    • Standart loyihasining ishlab chiqilishi va uning fikrmulohazalarni olish uchun tarqatilishi.
    • Fikr-mulohazalarning tahlil qilinishi va eng oxirgi variantning ishlab chiqilishi.
    • Standartning tayyorlanishi, kelishilishi va tasdiqlash uchun taqdim qilinishi.
    • Standartning ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va ro'yxatdan o'tkazilishi.
    • Standartning nashr qilinishi.

    Download 58.5 Kb.
      1   2




    Download 58.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-Ma’ruza 9-mavzu: Standartlar kategoriyalari va ularning turlari. Texnik jihatdan tartibga solish, texnik reglament haqida tushuncha

    Download 58.5 Kb.