9-Mavzu. Davlat shakllari tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja




Download 40,82 Kb.
bet4/8
Sana23.05.2024
Hajmi40,82 Kb.
#251537
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi 9-mavzu

Oddiy (unitar) davlat to`zilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat to`zilmasi maqomiga ega bo‘ladi.
Unitar davlatlar (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy to`zilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida davlat belgilariga ega alohida hududiy to`zilmalar, ya’ni, «davlat ichidagi davlatlar» bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya kredit va soliq siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy to`zilishga ega davlatlar misol bo‘la oladi.
Unitar davlatlarning alohida turi bo‘lib, avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom to`zilmalar bo‘ladi. Avtonom hududli unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega – Tibet, Ichki Mo‘g‘uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), Daniya (Farer orollari va Grenlandiya) misol bo‘ladi. Federativ davlat (lotincha «foederare» so‘zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash» ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir.
Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat to`zilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi.
Tarixda yirik davlatlar vujudga keliishining ikki yo‘li bo‘lgan. Har ikki yo‘l bir necha yoki ko‘pchilik alohida davlatlarning birlashuvidan boshlanadi. Birinchi yo‘l muayyan iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish maqsadida shartnomaviy birlashuv (federatsiya yo‘li); ikkinchisi – unitar davlatga iqtisodiy va madaniy chatishib ketadigan siyosiy qo‘shilish yo‘li. Federatsiya tushunchasi haqida ko‘pchilikning tasavvuri va tushunchasi noxolis yoki mavhum bo‘lib, ayrimlarning fikricha, federatsiyaga birlashish go‘yoki, federatsiya tarkibidagi mavqeyi yuqori bo‘lgan davlatga qaram bo‘lib qolishni nazarda tutadi. Aslida, federatsiya turli tarixiy davrlarda bir necha kichiq davlatlarning tashqi xavfdan mudofaalanish maqsadida birlashuvi natijasida yuzaga kelgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari bir necha mustaqil shtatlarning 1775-yilda Angliya mustamlakasiga qarshi kurashishda strategik maqsadlarda yagona federatsiyaga birlashganligi asosida tashkil topgan. Federativ davlatlar yer yo`zida kecha yoki bugun paydo bo‘lgan yangi davlat to`zilmasi bo‘lmay, balki uning vujudga kelish tarixi XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga borib taqaladi. AQSh, Kanada, Meksika, Germaniya davlatlari shular jumlasidandir.
Davlatlarning yagona federatsiya tarkibiga birlashuvi ayrim hollarda ularning bitta davlat tarkibiga singib ketishi natijasi, davlatning to`zilishi shakli dastavval federatsiya bo‘lsa, keyinchalik unitar siyosiy shaklga aylanib ketishi hollari uchrab turadi.
Fransiya misolida ko‘radigan bo‘lsak, mazkur davlat tarixda bir necha ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘lgan alohida kichiq mustaqil davlatlar, jumladan, bir qirollik, bir kurf-yuretlik, 26 gersoglik, 6 knyazlik, bir markgraflik, 77 graflik, 19 vitsegraflik, 14 mulk, bir markizlik, bir «kaptalat» va 13 vaqf yerlaridan tashkil topgan edi. Ular dastlab federatsiya tarkibiga birlashdilar, keyinchalik bu kichiq davlatlarning barchasi yagona Fransiya davlati sifatida birlashib, o‘zida unitar siyosiy shaklni tashkil etdi.
Federativ davlat to`zishning o‘ziga xos asoslari bo‘lib, ularning inkor etilishi kelajakda bu kabi to`zilmaning barham topishiga olib kelishi mumkin: birinchidan, federatsiya tashkil etilishi uchun ikki yoki undan ortiq davlatlarning bo‘lishi talab etiladi; ikkinchidan, davlatlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan shaklda to`zilgan bo‘lishi lozim, chunki federatsiyani markazdan turib boshqarish imkoniyati va unga qulaylik yaratilishi talab etiladi. Agar federatsiya tarkibida juda ko‘p davlatlar birlashtirilsa, bunday federatsiya samarasiz bo‘lib qolishi mumkin; uchinchidan, shartlashayotgan davlatlar bir-biriga haqiqatan ham strategik, ham xo‘jalik, ham siyosiy jihatdan aniq ehtiyoj sezishi lozim. Aslida ham federatsiyaning yuzaga kelishida davlatlarning o‘zaro tabiiy ehtiyoji asosiy o‘rin egallaydi. Ehtiyojsiz birlashuv esa, o‘z navbatida, zo‘ravonlik, bosqinchilik, qolaversa, buyuk davlatchilik shovinizmiga xos xususiyatdir; to‘rtinchidan, xalqda o‘z burchini anglash hissi tarbiyalangan, majburiyatlar va shartnomalarga xolis va sadoqat bilan qarash, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini bilish, davlat sifatida o‘zini o‘zi boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan xalqlar bor joydagina federatsiya to`zish maqsadga muvofiqdir. Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada va federatsiya subyektlari darajasida. Federativ davlat o‘z tarkibiga kiruvchi subyektlarining qonun chiqaruvchi organlari, hukumati, alohida sud organlari kabi qator davlat to`zilmalarining ittifoqidan iborat bo‘ladi.
Federativ davlatning belgilari quyidagilardan iborat:

Download 40,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 40,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-Mavzu. Davlat shakllari tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja

Download 40,82 Kb.