• Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud
  • Davlatni boshqarish shakllari: respublika va monarxiya




    Download 40,82 Kb.
    bet2/8
    Sana23.05.2024
    Hajmi40,82 Kb.
    #251537
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Davlat va huquq nazariyasi 9-mavzu

    3.Davlatni boshqarish shakllari: respublika va monarxiya.
    Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida ahamiyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi va mazmunini, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini anglatadi. Davlat boshqaruvi shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bunda davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi degan masalalarga va uning boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu, Forobiy, Monteskye, Lokk, Russo va boshqa mutafakkirlar o‘z asarlarida alohida e’tibor qqaratganlar. Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o‘zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
    Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi. «Monarxiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib («monos» – bir, «arhe» – hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik degan ma’noni anglatadi.
    Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud:
    – monarx davlatni shaxsiylashtiradi;
    – monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi;
    – monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi;
    – monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi;
    – hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
    – monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi.
    Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo‘yilgan organlarga emas, balki meros tariqasida egallagan podsho-hukmdorga tegishli bo‘ladi. Monarxiya boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda mamlakat boshliqlari imperator, xon, podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh va boshqa shu kabi nomlar bilan ataladi.
    Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etar ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etadi. Ayni paytda, eng muhim davlat ishlari bo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. U davlat hokimiyatining to‘laqonli suveren egasidir. Monarx hokimiyati oliy maqomga ega bo‘lib, u mustaqildir. U – davlatdagi oliy hokimiyat sohibidir. Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo‘lmaydi, hokimiyatning hukmdor tomonidan egallanishi va uning faoliyat ko‘rsatishi maxsus marosimlar orqali amalga oshiriladi. Monarx muddatsiz, umrbod hokimiyat egasi hisoblanadi. Lekin, monarxlar ag‘darib tashlanganligi, o‘ldirilganligi, boshqa kishilar bilan almashtirilganligiga tarixda misollar ko‘p. Monarx siyosiy boshqaruvda mas’uliyatdan ozod hisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Hukmdor qoidaga ko‘ra, qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Masalan, 1809-yildagi Shvetsiya davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi qonunda Qirolning xattiharakatlari qonunga kirmaydi, deb ko‘rsatilgan.
    Monarxiyaning uch turi mavjud: mutlaq monarxiya, cheklangan monarxiya va noan’anaviy monarxiya.
    Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan yoki qonunlar asosida cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.
    Mutlaq monarxiya boshqaruv shaklida davlat boshlig‘i hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanadi, taxtni meros yoki qarindoshlik senzi bo‘yicha egallaydi hamda o‘z xatti-harakatlari uchun qonun yoki biror davlat organi oldida javobgar bo‘lmaydi, balki faqat xudo oldida mas’uliyatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, mazkur boshqaruv shakliga asoslangan davlatlar qonunlarida davlat boshlig‘i, ya’ni monarx tomonidan qabul qilingan qonun yoki boshqa turdagi huquqiy hujjatning biror-bir shaxs tomonidan bajarilmasligi holatida u faqat yuridik javobgarlikka tortilibgina qolmay, balki monarx xudoning yerdagi vakili hisoblangani uchun uning amrini bajarmaslik katta gunoh sanaladi va xudoning qahriga uchraydi hamda inson o‘limidan so‘ng narigi dunyoda xudo oldida ham javob berishi haqida uqtiriladi. Monarx hokimiyati ilohiylashtirilgan shaklda namoyon bo‘ladi.
    Cheklangan monarxiyada mutlaq monarxiyadan farqli ravishda monarx hokimiyatining vakolatlari konstitutsiya va qonun asosida yoki davlatning biron-bir vakolatli idorasi tomonidan cheklangan bo‘ladi. Cheklangan monarxiya, o‘z navbatida, dualistik va parlamentar turlarga bo‘linadi.
    Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Nepal kabi davlatlar kiradi. Dualistik monarxiyada hokimiyat monarx va parlament o‘rtasida bo‘linadi. Lekin bu bo‘linish noteng bo‘lib, unda monarx hokimiyati cheklangan bo‘lsa-da, parlament qabul qiladigan birorta ham qonun monarx roziligisiz kuchga kirmaydi. Ijro hokimiyati esa to‘laligicha monarx va u tayinlaydigan hukumat qo‘lida jamlanadi. Boshqaruvning bunday shakli XX asrning boshlarida ancha keng tarqalgan edi (jumladan, Germaniya birlashtirilgandan keyin 1871-yilda qabul qilingan Konstitutsiya bo‘yicha shunday boshqaruv shakllangan edi). Bugun rivojlangan G‘arb mamlakatlarida boshqaruvning bunday shakli mavjud emas. Faqat Lixtenshteyn bundan mustasno bo‘lib, 1921-yilgi Konstitutsiyaga bu yerda 2003-yilda o‘zgartirishlar kiritilgan. Yaqin Sharqning bir necha mamlakatlarida, masalan, Iordaniya va Marokashda esa, dualistik monarxiya hali ham mavjud.
    Dualistik monarxiyalarda saylanadigan vakillik organi – parlament (har bir davlatda turlicha nomlanadi, masalan, Iordaniyada «majlis») faoliyat yuritadi. U qonunlar qabul qilish va budjetni ma’qullash huquqiga ega.
    Monarx tomonidan tayinlanadigan hukumat faqat uning oldida javobgar sanaladi. Hukumatning parlament oldida mas’ulligi, javobgarligi instituti dualistik monarxiyalarda mavjud bo‘lmaydi. Monarx parlamentni tarqatib yuborish, favqulodda dekretlar chiqarish va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega. U qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondonidir.
    Dualistik monarxiya mutlaq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga o‘tishda oraliq, o‘tish shakli bo‘lib, hukmdor bilan bir qatorda, mutlaq monarxiya uchun xos bo‘lmagan boshqa oliy davlat hokimiyat organlari – parlament va hukumatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Amaldagi va yuridik hokimiyat monarx tuzadigan hukumat va qonun chiqaruvchi idora hisoblangan parlament o‘rtasida bo‘linadi.
    Dualistik monarxiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, parlament (yoki uning bir palatasi) va hukumat a’zolari hukmdor tomonidan tayinlanadi va uning oldida shaxsan javobgar bo‘ladi. Ushbu monarxiya shaklida davlat boshlig‘ining vakolatlari qisman cheklangan bo‘lsada, ammo u aslida davlat boshlig‘i funksiyasini amalga oshiradi. Hukumatni to`zish parlamentning partiyaviy tarkibiga bog‘liq emas.
    Parlamentar monarxiyada hokimiyat hukmdor bilan birga davlat hokimiyatining oliy organlari – parlament, hukumat va boshqa organlar o‘rtasida taqsimlangan bo‘ladi. Parlament xalq tomonidan ko‘ppartiyaviylik asosida saylash yo‘li bilan shakllantiriladi. Hukumatni parlamentda ko‘pchilik o‘rin egallagan partiya tuzadi, xuddi parlamentar respublikada bo‘lganidek, saylov natijalariga ko‘ra hukumat parlament oldida hisob beradi. Eng ko‘p deputatlik mandatiga ega bo‘lgan partiya rahbari huqumatga boshchilik qiladi.
    Parlamentar monarxiyada hokimiyatning taqsimlanishiga amal qilinadi. Hukmdor siyosiy hayotda ishtirok etadi, lekin uning hokimiyat funksiyalari juda kam bo‘lib, tantanavor marosimlar xususiyatiga ega (hukumatning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishini qabul qilish, xalqaro munosabatlarda davlat nomidan vakillik qilish, davlat nishonlarini taqdim etish va hokazo). Faqat ba’zi bir parlamentar monarxiya davlatlarida hukmdor qo‘lida davlatni boshqarishning real vositalari mavjud (masalan, Buyuk Britaniyada qirolicha parlamentni tarqatib yuboradi, u ayni vaqtda, sud hokimiyati va cherkov boshlig‘i hisoblanadi), lekin amalda hokimiyatni boshqarish vositalari qo‘llanilmaydi. Qonunlarni parlament qabul qiladi va monarx tomonidan imzolangach yuridik kuchga kiradi. Bunday imzolash ramziy ma’noga ega.
    Parlamentar monarxiya dualistik monarxiyaga qaraganda boshqaruvning ancha keng tarqalgan shakli. Bugun Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Yaponiya va boshqa ko‘pgina davlatlarda parlamentar monarxiya mavjud. Davlatni boshqarishda monarxning real hokimiyatga ega emasligi parlamentar monarxiyaga xos xususiyatdir. Uning, ya’ni monarxning vakolatlari asosan vakillik xususiyatiga ega. Bundan tashqari, u barcha muhim davlat hujjatlarini imzolab, o‘ziga xos davlat «notariusi» vazifasini ham bajaradi.
    Bunda monarx vakolatlari hujjatlar tayyorlanishi to‘g‘riligini rasmiy tekshirish bilan chegaralanadi. Odatda, muayyan hujjat mazmunini o‘zgartirishga monarx o‘zicha erisha olmaydi. Shu bois, «monarx javobgar emas» (monarx o‘z faoliyati uchun siyosiy va yuridik javobgar sanalmaydi) prinsipidan kelib chiqqan holda monarx imzosi yonida bosh vazir yoki mas’ul bir vazirning imzosi talab etiladi. Monarx imzolayotgan barcha hujjatlar amalda hukumat tomonidan tayyorlanadi. Monarx qonunchilik hujjatlariga ham imzo chekadi, lekin u parlament qabul qilgan qonunlarga nisbatan veto qo‘llash huquqiga ega emas.
    Parlamentar monarxiyaning hammasida ham monarxlarning vakolatlari bir xil emas. Ayrim davlatlarda u davlat faoliyatida ishtirok etishdan mutlaqo chetlatilgan bo‘lsa, ayrimlarida (masalan, Shvetsiya) tashqi ishlar bo‘yicha vakil sanaladi. Ayrimlarida monarx (masalan, Ispaniyada 1978-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga binoan qirol ispan armiyasining bosh qo‘mondonidir) ancha keng vakolatlar egasidir.
    Noan’anaviy monarxiya cheklangan monarxiya shakli sifatida ko‘p uchramaydigan davlat shakli bo‘lib, davlat boshqaruvi amaliyotida faol rivojlanmagan. Ushbu boshqaruv shakli monarxiyaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Noan’anaviy monarxiyada ham respublika, ham monarxiya shaklining elementlari uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Birlashgan Arab Amirligi yetti amirlik – Abu Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Um mul-Qayvayn, Al-Fujayra va Ra’s ul-Xaymadan iborat bo‘lib, hokimiyatning oliy organi – amirliklarning shayxlaridan iborat Oliy kengash hisoblanadi. Mazkur kengash a’zolari 5 yil muddatga davlat boshlig‘i – Oliy amirni saylaydilar. Uning monarxiya boshqaruv shakliga xos xususiyati shundaki, Oliy amir faqatgina yetti amirlik rahbarlaridan va kelajakda shu amirlarning taxt merosxo‘rlaridan saylanadi. Amir lavozimi esa faqatgina yagona avlod va uning merosxo‘rlariga tegishlidir. Hukmdorning taxtni egal jarayoni xalqning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllantiriladi, bu esa, o‘z navbatida, monarxiyaga xos xususiyat kasb etadi.
    Mazkur boshqaruv shaklining respublikaga oid jihati shundaki, Oliy amir saylov yo‘li bilan belgilanib, u muayyan davrgacha vakolatli hisoblanadi. Demak, saylovning mavjudligi va muayyan muddatning o‘rnatilganligi respublikaga xos bo‘lgan xususiyatdir.
    Malayziya davlati misolida quyidagilarni ko‘rish mumkin: davlat boshlig‘i – Oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12-dekabrdan Sulton Tuanku Said Nutra Jamolullayl) 9 malayya shtati sultonlari kengashida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bunda uning tor doiradagi shaxslar tomonidan saylanishi hamda davlat boshlig‘i lavozimiga faqat sulton va uning qavm-qarindoshlari tarkibidan nomzodlar taqdim etilishi monarxiyaning belgisi sifatida e’tirof etilsa, saylov institutining mavjudligi hamda muayyan davriy muddatga vakolat berilishi esa respublika boshqaruv shaklining ko‘rinishi hisoblanadi.
    Davlat boshqaruvining respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy organlari bevosita xalq tomonidan yoki xalq saylagan organlar tomonidan saylab qo‘yish yo‘li bilan to`ziladi va uning vakolati muayyan muddatga belgilanadi. «Respublika» lot. respublika – «jamoa ishi», «xalq ishi», davlat degan ma’noni anglatadi. Respublikaning asosiy belgilari – hokimiyat oliy organlarining saylab qo‘yilishi, hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi, qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ – sudlarning mavjudligi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok etishi.
    Jamiyat taraqqiyoti tarixida respublika shaklidagi davlat boshqaruvining bir necha ko‘rinishlari ma’lum. Afina davlatida (mil. av. V – IV asrlar) boshqaruvning demokratik respublika shakli mavjud bo‘lgan. Unda afinalik erkin fuqarolarning qulga aylanishiga yo‘l qo‘yilmasdi. Bu respublikada ijtimoiy raqobat, qulga egalik qilishning maxsus tartibi, jamoa qulchiligi mavjud edi. Shuningdek, Afinada davlat boshqaruvining birmuncha samarali tizimi faoliyat ko‘rsatgan.
    Sparta (mil. av. V – IV asrlar) va Rim davlatlari (mil. av. V – II asrlar) aristokratik respublikalar bo‘lgan. Ular davlat sifatida aksariyat aholining aristokratiya, nufuzli kiborlar qismining manfaatlarini ifodalagan. Shuningdek, shahar-respublikalar ham mavjud bo‘lib, ularda fuqarolarning erkinliklari va xususiy mulk munosabatlarining erkinligi tan olingan. Shahar-respublikalar Florensiya, Venetsiya – Italiyada; Novgorod, Pskov – Rossiyada va Germaniya, Fransiya, Angliyada ham bo‘lgan.
    Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi mavjud:

    Download 40,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlatni boshqarish shakllari: respublika va monarxiya

    Download 40,82 Kb.