|
Birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi
|
bet | 5/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 40,82 Kb. | | #251537 |
Bog'liq Davlat va huquq nazariyasi 9-mavzuBirinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikki pog‘onali bo‘ladi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlari federatsiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yiladi.
Uchinchidan, ikki fuqarolik mavjud bo‘lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi.
To‘rtinchidan, federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali to`zilishga ega: quyi palata butun mamlakatning manfaatini, yuqori palata federatsiya subyektlari manfaatlarini ifoda etadi.
Beshinchidan, markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi yagona qurolli kuchlar, politsiya, xavfsizlik xizmatlari, bojxona tizimi mavjud bo‘ladi.
Oltinchidan, federatsiyaning subyektlari davlat belgilariga – o‘z konstitutsiyasiga, oliy davlat hokimiyat organlariga (subyekt boshlig‘i, parlament, hukumat), o‘z ramzlariga ega bo‘ladi.
Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zo subyektlar nomidan markaziy idoralar ish olib boradi va uning manfaatlarini ifoda etadi.
Federatsiyaning bir-biridan farqlovchi uch turi mavjud: hududiy, milliy va milliy-hududiy federatsiya.
Hududiy federatsiya mamlakatni hududiy belgisi bo‘yicha taqsimlash prinsipiga asoslangan. Bu qoidaga ko‘ra, hududi juda katta bo‘lgan davlatlarda, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida federatsiya to`ziladi. Federatsiyaning ushbu turini tashkil etuvchi davlat to`zilmalari suveren bo‘lmaydi. Subyektlar xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya bilan mahrum etilgan bo‘lib, ularning ittifoqdan bir tomonlama chiqishi taqiqlangan. Qurolli kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi. AQSh, Braziliya, Meksika hududiy federatsiyalarga misol bo‘ladi. Milliy federatsiyalarda subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi asosida to`ziladi. Qoidaga ko‘ra, milliy federatsiya mustahkam to`zilma bo‘lib hisoblanadi.
|
| |