• Milliy-hududiy federatsiyalar
  • 9-Mavzu. Davlat shakllari tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja




    Download 40,82 Kb.
    bet6/8
    Sana23.05.2024
    Hajmi40,82 Kb.
    #251537
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Davlat va huquq nazariyasi 9-mavzu

    Milliy federatsiyanng asosiy xususiyati ko‘ra, federatsiya subyektlari – milliy davlatlar va milliy davlat to`zilmalaaridan iborat bo‘lib, ular asosan subyektlarning ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va kichiq millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya subyektlarining vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan barcha millatlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ladilar. Sobiq Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va Chernogoriyaning ittifoqi edi), Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovakiyaga ajralib ketgan) ittifoqlari milliy federatsiyalarga misol bo‘ladi oladi.
    Milliy-hududiy federatsiyalar federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, ittifoqni shakllantirish asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliyhududiy federatsiyalarga: Rossiya Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi millatlar, xususan, subyektda ko‘pchilikni tashkil etmaydigan millatlar asosida tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57 subyekt – hududiy to`zilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o‘tmishda nemis millatiga yaqin bo‘lgan aholidan iborat 16 hududiy to`zilma – yerlardan iborat).
    Davlat to`zilish shaklining yana bir turi – bu konfederatsiyadir.
    Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat to`zilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida to`ziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki to`zilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin.
    Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya shakllari subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, federatsiya subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi.
    Konfederatsiya muvaqqat, beqaror to`zilma. Odatda, u mustaqil davlatlarning federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo‘linib ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveysariya 1815–1848-yillarda federatsiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani birlashtirishga urinishdan so‘ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatning kuchsizligi uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari – mustaqil armiya, fuqarolik, qonunchilik, sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo‘ladi.
    Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo‘q yoki ular bo‘lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega. Konfederatsiya tarkibidan xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega.
    Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
    1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlarning ittifoqi;
    2) barqaror bo‘lmagan siyosiy to`zilma;
    3) yagona hududning bo‘lmasligi;
    4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;
    5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
    6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik huquqiga egaligi;
    7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish kirishi;
    8) konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
    Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisining qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz berdi. «Breksit» – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga cho‘zilishi, London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirgacha ta’kidlanmoqda. Yevroittifoqning boshqa a’zo-davlatlari orasida ham Buyuk Britaniyadan ibrat olishni o‘ylayotganlari bor. Chamasi, Yevropa Ittifoqi jiddiy islohotlarga muhtoj bo‘lib qoldi.

    Download 40,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-Mavzu. Davlat shakllari tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja

    Download 40,82 Kb.