9-mavzu. Ip yigirishning mohiyati, maqsadi va vazifalari




Download 5.02 Mb.
bet14/26
Sana01.08.2021
Hajmi5.02 Mb.
#16761
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Pochatkaning tuzilishi

Yigirish mashinalarida shakllangan ipni keyingi bosqichlarda ishlatish, transportirovka qilish va saqlash uchun naychalarga o‘rab pochatka hosil qilinadi. Halqali yigirish mashinalarida ip naychalarga konussimon – silindrik shaklda o‘raladi. Yugurdak tezligining urchuqnikidan past bo‘lishi hisobiga ip naychaga o‘raladi. Pochatka uya (1 2 3 4 5 6), tana (2 7 10 5) va tumshuq (7 8 9 10) dan tashkil topgan.
















Halqali planka yuqoriga sekin harakatlanib ipni zich, pastga esa tez harakatlanib ipni siyrak joylashtirib boradi, natijada ora qatlamli pochatka hosil bo‘ladi. Halqali planka yuqoriga va pastga bir xil tezlikda harakatlanganda ora qatlamsiz pakovka hosil bo‘ladi. Pochatkaning uya qismini hosil qilish uchun halqali planka o‘rashning boshlanishida kichik masofada yuqoriga va pastga harakatlanadi. Bu masofa pochatkaning uya qismida o‘zgaruvchan – ortib boruvchi (tana qismida o‘zgarmas) bo‘lib, plankaning har bir ko‘tarilib tushishida yuqoriga qarab ma’lum miqdorda siljib boradi.

Natijada naychaning pastki qismida balandliklar ortib, bir - biriga nisbatan siljigan qatlamlardan tashkil topgan sferik shaklli “uya” hosil qilinadi. So‘ngra qatlamlarning balandligi o‘zgarmasdan, pochatkaning “tana” qismi hosil qilinadi.

Agar urchuqning o‘z o‘qi atrofida bir marta aylanishi ipga bitta buram bersa, yugurdakning halqa bo‘ylab bir marta aylanishi bitta o‘ralishni hosil qiladi. Yugurdak ipni o‘rasa, halqali planka urchuq o‘qi bo‘ylab ilgarilanma-qaytma harakat qilib ip qatlamlarini ma’lum masofaga siljitib turadi.



Download 5.02 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Download 5.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu. Ip yigirishning mohiyati, maqsadi va vazifalari

Download 5.02 Mb.