9-mavzu. Ip yigirishning mohiyati, maqsadi va vazifalari




Download 5.02 Mb.
bet13/26
Sana01.08.2021
Hajmi5.02 Mb.
#16761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
O‘rash mexanizmlari

Yigirish mashinasining o‘rash mexanizmlari halqali plankaga urchuq o‘qi buylab ilgarilama-qaytma harakat uzatishga va belgilangan pakovka shaklini hosil qilishga xizmat qiladi. Tuzilishi va ishlashiga ko‘ra kulachokli va inkodorli o‘rash mexanizmlari mavjud.





Kulachokli o‘rash mexanizmi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, harakatni boshqarish mexaniq tarzda amalga oshiriladi. Ushbu mexanizm detallari massasining og‘irligi va qiyin harakatlanishi ipning bir tekis o‘ralmasdan o‘rash nuqsonlarining sodir bo‘lishiga olib keladi.







Inkodorli o‘rash mexanizmi

1- tasmali uzatma vali; 2-ip o‘tkazgichlar uzatmasining shkivi; 3-halqali planka uzatmasining shkivi; 4-balloncheklagichlar uzatmasining shkivi; 5- halqali planka uzatmasining asosiy tasmali tortgichi; 6-yo‘naltiruvchi shkivlar vali; 7-ipo‘tkazgichlar uzatmasining asosiy tasmali tortgichi; 8- balloncheklagichlar uzatmasining asosiy tasmali tortgichi; 9,10-shkivlar; 11-mutloq qiymat datchigi; 12,13-halqali plankaning saqlagich knopkalari;




Ushbu mexanizm kompyuter yordamida boshqariladi. Mexanizmning servomatori dastur asosida xarakat yo‘nalishini o‘zgartirib tasmalar va maxsus moslamalar yordamida ilgarilama-qaytma harakatni mashinaning ikki tomonidagi halqali planka, ip o‘tkazgich va ballon cheklagichlarga uzatadi. Tasmali tortgichlar va maxsus moslamalar har bir seksiyaga o‘rnatilgan bo‘lib, ilgarilama-qaytma harakatning mashina uzunligi bo‘yicha uzatilishini ta’minlaydi. Halqali planka va urchuq tezligi o‘zgaruvchan bo‘lib, pochatkaning turli qismlarida inkodor signaliga muvofiq dastur asosida boshqarilib turiladi. Halqali plankaning yuqoriga va pastga harakatlanishi, siljishi ham kompyuter orqali boshqarilib, o‘ralayotgan pochatka shaklini hosil qiladi.


Download 5.02 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Download 5.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu. Ip yigirishning mohiyati, maqsadi va vazifalari

Download 5.02 Mb.