• Yugurdaklar
  • Ip ajratgich va ballon cheklagichlar




    Download 5.02 Mb.
    bet11/26
    Sana01.08.2021
    Hajmi5.02 Mb.
    #16761
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
    Ip ajratgich va ballon cheklagichlar. Ip yugurdak bilan birga urchuq atrofida turli kuchlar ta’sirida aylanganda fazoda ballon deb ataluvchi shakl hosil bo‘ladi. Ip o‘ralayotganda ballonning radiusini kamaytirish uchun hamda ipning chalkashib ketishiga yul kuymaslik maqsadida urchuqlar orasiga ajratkichlar o‘rnatiladi. Ajratkichlar plastinka, ballon cheklagichlar esa halqa shaklida bo‘ladi.

    Yugurdaklar – pishitish mexanizmining asosiy organlaridan biri hisoblanadi. U skoba shaklida bo‘lib po‘lat simdan yasaladi. Yugurdaklar ikki turda S –simon (a) va ellips shaklida(b) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari yugurdak ko‘ndalang kesimi turlicha bo‘lishi mumkin (v).

    Mingta yugurdakning grammlardagi massasi uning nomerini bildiradi. Naychaning diametri qancha kichik, yigirilayotgan ip ingichka, urchuqlarning aylanish tezligi yuqori, halqaning diametri katta bo‘lsa, yugurdak shuncha yengil bo‘lishi kerak.



    Yugurdakning ishlash muddati 150-200 soatgacha bo‘lib, ular maxsus grafik asosida muntazam almashtiriladi.



    a)



    b)



    v) g)

    Yugurdak turlari, S-simon a), ellips shaklida b), shakldor v), turli ko‘ndalang kesimli yugurdaklar g).

    Halqalar. Yigirish mashinalarida halqalar yugurdakning harakatlanishi uchun yo‘naltiruvchi yuza va tayanch hisoblanadi. Halqalar maxsus po‘latdan tayyorlanib, uglerod va azot moddalari yordamida nitrosementlanadi, natijada halqa sirtining 0,3 mm qalinlikdagi qattiqligi ortadi, ishlash muddati uzayadi.









    Bir bortli OG

    Ikki bortli KD

    Devori egilgan KRG

    Shakldor



    Urchuqlar. Urchuqlar yigirish mashinasinining pishitish va o‘rash vazifalarini bajaruvchi asosiy ishchi organlardan biri hisoblanadi. Ular yengil, tebranmasdan, bir tekis minutiga 25000 gacha chastota bilan aylanishi kerak.

    Urchuqlar eguvchi kuchlarga bardoshli, mustahkam, ko‘p energiya sarf qilmasligi va uzoq muddat ishlashi kerak. Urchuqlar yig‘ilgan birikma bo‘lib, nasadkali shpindel, vtulka, uya, blokcha, podshipnik kabi qismlardan iborat.




    Download 5.02 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




    Download 5.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ip ajratgich va ballon cheklagichlar

    Download 5.02 Mb.