• Ochiq uchli yigirish usullari
  • «ochiq uchli yigirish»
  • 9-mavzu. Ip yigirishning mohiyati, maqsadi va vazifalari




    Download 5.02 Mb.
    bet15/26
    Sana01.08.2021
    Hajmi5.02 Mb.
    #16761
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
    Mashina unumdorligi

    Mashinaning nazariy unumdorligi deb vaqt birligi ichida mashinada ishlab chiqariladigan mahsulotning kilogramlardagi miqdoriga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.


    Bu yerda: – mashinaning nazariy unumdorligi, kg/soat;

    nu – urchuqning aylanish chastotasi, min-1.

    Tipipning chiziqiy zichligi, teks.

    K – ipning pishitilganligi, bur / metr.

    m - mashinadagi urchuqlar soni


    Ochiq uchli yigirish usullari

    Halqali yigirish mashinalarida pishitish va o‘rash jarayonlarining birgalikda bajarilishi tezlikning ko‘rsatkichlarini cheklanishidagi asosiy sabab hisoblanadi. Mashina unumdorligini oshirish uchun pishitish va o‘rash jarayonlarini ajratib (pishitish va o‘rash jarayonlari tezliklarini oshirish uchun), ushbu vazifalarni alohida mexanizmlarda bajarish yigirish texnologiyasi taraqiyotining asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanmoqda.



    Tadqiqotlar, izlanishlar asosida ip shakllantirish va o‘rash vazifalarini alohida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yigirish usullari yaratildi va ular «ochiq uchli yigirish» deb atalmoqda.








    Halqali

    Ochiq uchli

    Ochiq uchli

    Ochiq uchli yigirish usulida tayyorlangan iplarga OYE shartli belgisi berilgan. Ingliz tilida OYE «open-end», ya’ni ochiq uchli yigirish ma’nosini bildiradi. (Karda yigirish sistemasida tayyorlangan to‘quv iplari SD «card», qayta tarash sistemasida tayyorlangan to‘quv iplari SM «combing» shartli belgilari bilan yuritiladi. Trikotaj iplarini nomlashda CD va CM oldiga K «knitting» harfi qo‘shilib, KCD yoki KCM belgilari qo‘yib ishlatiladi).

    Ochiq uchli yigirishda halqali usuldan farqli o‘laroq quyidagi qo‘shimcha texnologik operatsiyalar (jarayonlar) bajariladi:



    1. Taminlanuvchi piltani diskretlash (bir - biriga bog‘liq bo‘lmagan alohida tolalar oqimini hosil qilish);

    2. Hosil bo‘lgan diskret tolalar oqimini ip shakllantirish zonasiga transportirovkalash (etkazish).

    3. Belgilangan chiziqiy zichlikni hosil qilish uchun diskret tolalarni siklik qo‘shish.

    Ochiq uchli yigirishning quyidagi turlari mavjud:



    1. Mexaniq (ipning erkin uchlariga diskret tolalarni birlashtirish mexaniq tarzda amalga oshiriladi).

    2. Pnevmomexaniq (diskret tolalar kameraga havo yordamida yo‘naltiriladi va mexaniq tarzda buramlar beriladi).

    3. Pnevmatik (ajratilgan tolalarni uzatish va pishitish havo girdobi yordamida amalga oshiriladi).

    4. Elektromexaniq (tolalarni to‘g‘rilash, parallellashtirish elektr maydoni yordamida pishitish esa mexaniq usulda amalga oshiriladi).

    5. Gidravlik (tolalarni uzatish va pishitib ip xosil qilishda suyuqlik oqimi qo‘llaniladi).

    Ochiq uchli yigirishning pnevmomexaniq turi dunyo to‘kimachilik korxonalarida yuqori samara bilan ishlatilmoqda.


    Download 5.02 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




    Download 5.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Ip yigirishning mohiyati, maqsadi va vazifalari

    Download 5.02 Mb.