Pnevmomexaniq yigirish mashinalari




Download 5.02 Mb.
bet16/26
Sana01.08.2021
Hajmi5.02 Mb.
#16761
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Pnevmomexaniq yigirish mashinalari

Pnevmomexaniq yigirish mashinalarida ishchi organlarning katta tezlikda ishlashi hisobiga yuqori unumdorlikda 2,5 - 5,0 kilogramm og‘irlikdagi bobinalarda o‘rtacha chiziqiy zichlikdagi iplar tayyorlanmoqda.

Yigirish kamerasining uyiq qismida diskret tolalarning siklik qo‘shilishi natijasida ipning shakllanishi, chiziqiy zichlik va pishiqligi bo‘yicha notekislikni 30-40 foizga kamayishiga olib keldi.

Pnevmomexaniq ip ravonroq, silliqroq, g‘ovakroq, tozaroq hamda uzayishi yuqori bo‘lganligi tufayli turli xil mahsulotlar tayyorlashda keng miqyosda ishlatilmoqda.

Pnevmomexaniq yigirishda mahsulotning pastdan yuqoriga harakatlanishi tufayli operator mashinaga tik holatda xizmat ko‘rsatadi. Bu esa uning afzalliklaridan biri hisoblanadi.

Pnevmomexaniq ip assortimentining cheklanganligi va pishiqligining halqali usulda yigirilgan ipga nisbatan 15-20 foizga kam bo‘lishi uning kamchiligi hisoblanadi.

Pnevmomexaniq yigirish mashinalari tezlik ko‘rsatkichlari, kameralarning soni, tayyorlanayotgan ip assortimenti, sifatni boshqarish qurilmalari va o‘rash mexanizmlari bilan bir-biridan farq qiladi.

Yetakchi firmalarning pnevmomexaniq yigirish mashinalarida shakldor va chirmovuqli iplar xam tayyorlanmoqda. Bu mashinalarda silindrik yoki konussimon shakldagi bobinalarni hosil qilish qurilmalari mavjud.

Pnevmomexaniq yigirish mashinalari kamerali, rotorli va kondersorli turlarga ajratiladi. Kamerali yigirish mashinalari tabiiy va kimyoviy tolalardan keng assortimentdagi iplarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Rotorli yigirish mashinalari esa past navli paxta tolasi va chiqindi tolalardan yo‘g‘on iplar yigirishda ishlatilmoqda. Kondersorli yigirish mashinalari asosan chiqindi tolalardan, ayniqsa, zig‘ir tolalari chiqindilaridan foydalanib chirmoviqli iplar olishda foydalanilmoqda.

Pnevmomexaniq yigirish mashinalarining texnik tavsiflari



T/r

Texnik ko‘rsatkichlar


Oerlikon-Schlafhorst

Rieter

Oerlikon- CZech

Autocoro-S360

Autocoro-480

VT 923

R-40

BD-330

BD-416

1

Ishlatiladigan tola uzunligi mm

60,0 gacha

60,0 gacha

60,0 gacha

60,0

60,0

60,0

2.

Ta’minlanadigan piltaning chiziqiy zichligi, kteks

7,0-2,5

7,0-2,5

3-7,0

2-7,0

3-7,0

2,5-7

3.

Ip chiziqiy zichligi, teks

14,7-145

10-145

14,5-200

10-200

10-250

15-150

4.

Diskret barabanchaning aylanishlar chastotasi, min-1

6000-9000

6000-9000

6000-10000

6000-10000

6000-10000

6000-10000

5.

Kameralar orasidagi masofa, mm.

230

230

220

220

210

210

6.

Yigirish kamerasining aylanishlar chastotasi, min-1

40000-130000

40000-150000

40000

110000


150000

31000-100000

25000-120000

7.

Ipning chiqish tezligi, m/min

230,0

300,0

170-200

255

150-170

180

8.

Cho‘zish miqdori

20-450

20-450

11-350

35-300

11-350

40-350

9.

Pishitilganlik, bur/m

250-1600

250-1600

200-1700

200-1700

200-1700

200-1700

10.

Bobina o‘lchamlari, mm

Sil-320

Kon-280


Sil-320

Kon-270


320x150

300x150

300x150

Sil-300

Kon-280


11.

Mashinadagi kameralar soni, dona

360

480

192-320

320

330

416

O‘zbekiston korxonalarida Riter, Erlikon-Shlafxorst, Erlikon-Chex firmalarining pnevmomexaniq yigirish mashinalari samarali ishlatilmoqda.

«Riter» firmasining RU-14, R-20, R-40, VT 905, VT-923 pnevmomexaniq yigirish mashinalarida yigirish kameralari 80000 dan 150000 min-1 gacha, Erlikon-Shlafxorst firmasining Autocoro-S360, va Autocoro-480 mashinalarida yigirish kameralari 150000-1 min «Erlikon-Chex» firmasining BD-330, BD-340, BD-350, BD-380, BD-416 mashinalarida esa 25000 dan 120000 min-1 gacha tezlikda ishlatilmoqda.

Pnevmomexaniq yigirish mashinalarining texnologik parametrlari kompyuter dasturlari yordamida boshqariladi.




Download 5.02 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Download 5.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pnevmomexaniq yigirish mashinalari

Download 5.02 Mb.