• Birinchi shaklga
  • 9-mavzu: ta’limda innovatsion jarayonlar. Reja




    Download 71,43 Kb.
    bet2/26
    Sana20.05.2024
    Hajmi71,43 Kb.
    #244681
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    9-Mavzu

    Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
    Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir.
    Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar.
    Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
    Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
    1.Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
    2.Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
    3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
    4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
    5.Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.

    1. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi.

    V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
    Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.
    Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
    Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
    Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
    Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.

    Download 71,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 71,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu: ta’limda innovatsion jarayonlar. Reja

    Download 71,43 Kb.