|
9-mavzu: ta’limda innovatsion jarayonlar. Reja
|
bet | 4/26 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 71,43 Kb. | | #244681 |
Bog'liq 9-MavzuUchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e'tiborini o‘ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi:
faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - metodlar - metodika komponentlari yig‘indisi;
sub'ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub'ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub'ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
mazmun tuzilmasi - o‘quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi va o‘zlashtirilishi;
bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi – yangilikning paydo bo‘lishi - ildam o‘sish - yetuklik – o‘zlash tirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) – boyish (to‘yinish) – qoloqlik - inqiroz – irradiatsiya(aldanish) – zamo naviylashtirish;
boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o‘zaro aloqasi: rejalashtirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;
tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
|
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
nihoyat amalga oshish qonuni;
qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni;
|
| |