• Tanbeh berish
  • O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish
  • O’z-o’zini baholash
  • Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari




    Download 71,43 Kb.
    bet22/26
    Sana20.05.2024
    Hajmi71,43 Kb.
    #244681
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    9-Mavzu

    Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari: rag’batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish.




    Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usulidir. O’qituvchi har bir o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni anglash olishi zarur.
    Tanbeh berish – eng muhim jazo chorasi. O’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin.
    Uyaltirish – o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun mas’ul bo’lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg’ularni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
    O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari.
    O’quvchida o’z-o’zini tarbiyalashga, ya’ni, o’z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o’z-o’zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
    O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
    O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish uchun o’quvchi o’zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
    O’z-o’zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o’z shaxsiga baho berishga yo’naltirilgan faoliyat usuli.
    O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin. Shu bois o’quvchi irodali bo’lishi, o’z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo’lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o’zini o’rtoqlari, atrofdagilarning ko’zi bilan ko’rish va o’z-o’zini takomillashtirishga intilishi lozim.
    Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o’quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hamda o’smirlar ishonuvchan bo’lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko’rsatmani qabul qilishi zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.

    Download 71,43 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 71,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari

    Download 71,43 Kb.