|
9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar assortimenti va sifati marketing tizimida. Reja
|
bet | 5/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 18,75 Kb. | | #120194 |
Bog'liq 9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar asso-fayllar.org4-guruh
1. Fototovarlar magazinida ko‘rgazma-sotuv bo‘lib o‘tdi. Yangilik – raqamli fotoapparat taklif etildi. Keng assortimentda oddiy fotoapparatlar, shuningdek: almashtiriladigan fotoob’ektivlar, shtativlar, fotoplenka, fotoqog‘oz va h.k. sotiladi. Magazinda xarid qilingan fotoapparat uchun chek ko‘rsatishda plenka yuvish va surat chiqarish uchun 25% chegirma tashkil qiligan. «Kichik sinf o‘quvchilari uchun» fotoapparat arzon narxda sotilgan.
Tovarlarni ularning talabni shakllantirishdagi roli bo‘yicha tasniflang.
Qaysi tovarlar «yetakchi-tovar», qaysilari «karvonboshi-tovar» va «qo‘llab-quvvatlovchi tovar», shuningdek, «chorlovchi tovar» sinfiga kiritilishini ko‘rsating.
2. A korxona bir nechta o‘xshash tovar guruhlardan bittadan model chiqaradi, B korxona esa - bir nechta farq qiluvchi tovarlar guruhidan ko‘plab modellar chiqaradi. Ularning assortimenti kengligi va chuqurligini tavsiflang.
3.Oziq-ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligini aniqlashda birinchi navbatda organoleptika bahosi natijalarini hisobga olish zarur. Tadqiqot ob’ektlari sifatida 5 ta choy namunasini olamiz: Pickwick (Hindiston), Dilmah (Seylon), Lipton (Hindiston), Milford (Hindiston), Yuan (Xitoy).
Jahon amaliyotida choy sifatining organoleptik ko‘rsatkichlari (hidi va ta’mi), damlamasi, damlangan choy bargining rangi, quruq choyning tashqi ko‘rinishi 10 balli shkalada baholanadi. Biroq choy uchun o‘ziga xosliklar mavjud. «Unikum» choyini istisno qilganda hech qaysi choy 10 ball olmaydi. «Unikum» bu – intilish lozim bo‘lgan idealdir.
Bunday o‘ta yuqori sifatli choy dunyoda yiliga atigi 100 kg ishlab chiqariladi. Qolgan choylar ancha kam ball oladi. Masalan, krasnodar choyi va gruzin choyi bu shkalada ko‘pi bilan 5-5,5 ball oladi. Eng yaxshi import navlar - 7 va kamdan-kam hollarda 8 ball oladi.
Biroq boshqa, ball bahosining oddiy shkalasidan ham foydalanish mumkin bo‘lib, unga ko‘ra har bir ko‘rsatkich bo‘yicha olish mumkin bo‘lgan maksimal ball 5 ga teng.
Aytaylik, tadqiq etilayotgan choy namunalari ball baholari natijalari quyidagicha:
Tadqiq etilayotgan choy namunalari ball baholari natijalari
Tadqiq etilgan choy markalari
|
Ko‘rsatkichlar *
|
Picwick
|
Dilmah
|
Lipton
|
Milford
|
Yuan
|
Hidi va ta’mi
|
3
|
4
|
5
|
3
|
3
|
Damlamasi
|
4
|
4
|
5
|
4
|
4
|
Damlangan choy rangi
|
4
|
5
|
5
|
4
|
3
|
Quruq choyning tashqi ko‘rinishi
|
3
|
5
|
5
|
4
|
3
|
* ko‘rsatkichlar «Qadoqlangan qora choy» GOST 1938-90 dan olingan. Tovar raqobatbardoshligini ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholang.
http://fayllar.org
|
| |