|
9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar assortimenti va sifati marketing tizimida. Reja
|
bet | 4/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 18,75 Kb. | | #120194 |
Bog'liq 9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar asso-fayllar.org3-guruh
1. "Krokodil" va "Krokus" firmalari keng assortimentdagi charm-galantereya mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Quyida har bir firmaning assortimenti keltirilgan.
"Krokodil" firmasi assortimentiga quyidagilar kiradi:
1) hujjatlar uchun papka (charm, 4 ta bo‘linma, molniya-zanjir, qora rang, narxi 300 sum.);
2) "Prestij" keysi (yuqori sifatli charm, 5 ta bo‘linma, kodli qulf, qora rang, narxi 780 sum.);
3) sport sumkasi (sintetik material, 3 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, yorqin rang (har xil turlar), narxi 200 sum.);
4) "Elita" ayollar sumkasi (yuqori sifatli charm, 2 ta bo‘linma + cho‘ntakcha, rangi qora, suvenir sifatida yo‘ldosh tovarlar to‘plami — hamyon, firma savdo markasi tushirilgan ko‘zga, narxi 600 sum.);
5) chemodan (sun’iy charm, 2 ta bo‘linma, qulfli kalit, rang — jigar rangning har xil tuslari, narxi 450 sum.).
"Krokus" firmasi assortimentiga quyidagilar kiradi:
1) "Premera" ayollar sumkasi (biser tikilgan, har xil ranglar, 1 ta bo‘linma + cho‘ntakcha, narxi 600 sum.);
2) xo‘jalik sumkasi (sintetik material, 4 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, rangi — ko‘k, yashil, bordo, narxi 128 sum.);
3) yo‘l sumkasi (sintetik material, 4 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, rangi — ko‘k, yashil, bordo, narxi 240 sum.);
4) "Biznesmen" diplomat (sun’iy charm, surilma zanjir, 3 ta bo‘linma, rangi — qora, jigarrang, narxi 650 sum.);
5) "Tetrad" papkasi (sun’iy charm, 1 ta bo‘linma, rangi - qora, jigarrang, bordo, narxi 50 sum.).
Topshiriqlar:
a) Ushbu assortimentni tahlil qiling. Bu tovarlar iste’molchilari segmentlariga qisqacha tavsif bering. Raqobatchi tovar juftliklarini ko‘rsating. Raqobatchi tovar juftliklari ("Elita" ayollar sumkasi va "Premera" ayollar sumkasi) uchun iste’molchi uchun ahamiyatli bo‘lgan tovarning qator tavsiflarini aniqlang. Har bir tavsifning muhimligini baholang. Sizningcha eng muhim bo‘lgan tavsiflarni ko‘rsatilgan segmentga tegishli bo‘lgan iste’molchilarning xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating.
b) Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring:
-mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari,
-mahsulotning sifat darajasi,
-mahsulotning iqtisodiy tavsiflari;
-narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi.
2. "Petromebel" firmasining ish yo‘nalishlaridan biri — oshxona mebellari ishlab chiqarish. Iste’molchi mebel tanlashiga ta’sir etuvchi qator asosiy omillarni (tovar tavsifini) aniqlang va ularning iste’molchi uchun muhimligini baholang.
Bir nechta eng muhim tavsiflarni tanlang va ularni iste’molchilar xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating. Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring:
a) mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari, mahsulotning sifat darajasi, mahsulotning iqtisodiy tavsiflari;
b) narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi;
v) talabni rag‘batlantirish usullari;
g) tovarni harakatlantirish va sotuv usullari.
Iste’molchilar xohish-istaklari muhimligini baholash va joylashda quyidagi segmentga e’tibor qarating: 35 yoshgacha bo‘lgan, daromad darajasi yuqori, alohida kvartirada yashaydigan yolg‘iz erkaklar.
3. "Svet" firmasi keng assortimentdagi yoritgich apparaturalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Firmaning barcha iste’molchilarini segmentlarga ajrating. Istalgan bir tovarni tanlang va uning uchun eng chegaralangan belgilar bo‘yicha ichkariga segmentlashni o‘tkazing. Siz eng istiqbolli deb hisoblagan segmentlardan biriga yo‘naltirilgan tovar tavsiflari to‘plamini taklif eting. Tanlab olingan tavsiflarning muhimligini baholang va ularni ko‘rsatilgan segmentga tegishli bo‘lgan iste’molchilarning xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajratin.
Ushbu tovar va raqobatchi firmaning o‘xshash tovari tavsifini tasavvur qilish uchun o‘yin tariqasidagi misol keltiring. Iste’molchining ushbu tovar va raqobatchi tovar tavsiflaridan qoniqqanlik darajasini baholang. Ikkala tovarning raqobatbardoshli darajasini aniqlang va agar zarur bo‘lsa, "Svet" firmasi tovarini takomillashtirish bo‘yicha marketing tadbirlari to‘plamini ifodalang.
|
| |