• Topshiriqlar
  • 9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar assortimenti va sifati marketing tizimida. Reja




    Download 18,75 Kb.
    bet3/5
    Sana16.12.2023
    Hajmi18,75 Kb.
    #120194
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar asso-fayllar.org

    2-guruh
    1. "Krokodil" va "Krokus" firmalari keng assortimentdagi charm-galantereya mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Quyida har bir firmaning assortimenti keltirilgan.
    "Krokodil" firmasi assortimentiga quyidagilar kiradi:
    1) hujjatlar uchun papka (charm, 4 ta bo‘linma, molniya-zanjir, qora rang, narxi 300 sum.);
    2) "Prestij" keysi (yuqori sifatli charm, 5 ta bo‘linma, kodli qulf, qora rang, narxi 780 sum.);
    3) sport sumkasi (sintetik material, 3 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, yorqin rang (har xil turlar), narxi 200 sum.);
    4) "Elita" ayollar sumkasi (yuqori sifatli charm, 2 ta bo‘linma + cho‘ntakcha, rangi qora, suvenir sifatida yo‘ldosh tovarlar to‘plami — hamyon, firma savdo markasi tushirilgan ko‘zga, narxi 600 sum.);
    5) chemodan (sun’iy charm, 2 ta bo‘linma, qulfli kalit, rang — jigar rangning har xil tuslari, narxi 450 sum.).
    "Krokus" firmasi assortimentiga quyidagilar kiradi:
    1) "Premera" ayollar sumkasi (biser tikilgan, har xil ranglar, 1 ta bo‘linma + cho‘ntakcha, narxi 600 sum.);
    2) xo‘jalik sumkasi (sintetik material, 4 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, rangi — ko‘k, yashil, bordo, narxi 128 sum.);
    3) yo‘l sumkasi (sintetik material, 4 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, rangi — ko‘k, yashil, bordo, narxi 240 sum.);
    4) "Biznesmen" diplomat (sun’iy charm, surilma zanjir, 3 ta bo‘linma, rangi — qora, jigarrang, narxi 650 sum.);
    5) "Tetrad" papkasi (sun’iy charm, 1 ta bo‘linma, rangi - qora, jigarrang, bordo, narxi 50 sum.).
    Topshiriqlar:
    a) Ushbu assortimentni tahlil qiling. Bu tovarlar iste’molchilari segmentlariga qisqacha tavsif bering. Raqobatchi tovar juftliklarini ko‘rsating. Raqobatchi tovar juftliklari ("Prestij" keysi va "Biznesmen" diplomati) uchun iste’molchi uchun ahamiyatli bo‘lgan tovarning qator tavsiflarini aniqlang. Har bir tavsifning muhimligini baholang. Sizningcha eng muhim bo‘lgan tavsiflarni ko‘rsatilgan segmentga tegishli bo‘lgan iste’molchilarning xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating.
    b) Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring:
    -mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari,
    -mahsulotning sifat darajasi,
    -mahsulotning iqtisodiy tavsiflari;
    -narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi.
    2. "Petromebel" firmasining ish yo‘nalishlaridan biri — oshxona mebellari ishlab chiqarish. Iste’molchi mebel tanlashiga ta’sir etuvchi qator asosiy omillarni (tovar tavsifini) aniqlang va ularning iste’molchi uchun muhimligini baholang.
    Bir nechta eng muhim tavsiflarni tanlang va ularni iste’molchilar xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating. Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring:
    a) mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari, mahsulotning sifat darajasi, mahsulotning iqtisodiy tavsiflari;
    b) narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi;
    v) talabni rag‘batlantirish usullari;
    g) tovarni harakatlantirish va sotuv usullari.
    Iste’molchilar xohish-istaklari muhimligini baholash va joylashda quyidagi segmentga e’tibor qarating: 3 yoshli bolasi bor, daromad darajasi o‘rtachadan past, kommunal kvartirada yashaydigan oila.
    3. "Doka" firmasi keng assortimentdagi non-bulka mahsulotlari, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradi. "Doka" firmasi iste’molchilarini segmntlash uchun qaysi tasnifiy beliglarni taklif etgan bo‘lardingiz? Siz sanab o‘tgan segmentlardan biri uchun mo‘ljallangan bironta tovarni tanlang va ushbu tovar uchun marketing tadqiqoti to‘liq sikli sxemasini keltiring. Tovarga ushbu segment iste’molchilari uchun muhim bo‘lgan qator tavsiflar bering, bu tavsiflarning eng muhimlarini ko‘rsatilgan segmentga tegishli bo‘lgan iste’molchilarning xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating.
    Firmada o‘xshash tovarlar chiqaruvchi ikkita asosiy raqobatchi mavjud deb hisoblab, asosiy firma va raqobatchilar tovarlari tavsifini taxminiy tasavvur qiling. Har bir tovarning raqobatbardoshlik darajasini baholang va "Doka" firmasi tovarlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan marketing strategiyasini ishlab chiqing.



    Download 18,75 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 18,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar assortimenti va sifati marketing tizimida. Reja

    Download 18,75 Kb.