|
9-sinflar uchun i-tur olimpiada savollari
|
bet | 5/6 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 103 Kb. | | #106687 |
Bog'liq 1- kimyoTOPSHIRIQLAR
1.Kuzatilgan tajribalarda sodir bo`lgan kimyoviy jarayonlarni izohlang
2.Bajarilgan ishlar uchun hisobot tuzing
Kimyo fanidan 9-sinflar uchun yozma ish savollari
II-variant
1-masala 60g ohaktosh qizdirilganda 32 g kalsiy oksidi olindi. Ohaktoshdagi kalsiy karbonatning massa ulush nechaga teng?
2-masala Massasi 20 g bo`lgan temir plastinka СuSO4 eritmasiga tushurilda. Plastinka massasi 22 g ga teng bo`lgan vaqtda eritmaga temirning qanday massasi o`tgan?
3-masala Kristal soda tarkibida 62.94% kristalizatsiya suvi bor. Kristal gidratning formulasini aniqlang?
4-masala Quyidgi o`zgarishlarni amalga oshiring.
Fe – FeO – FeSO4 –Fe2(SO4)3 – Fe(OH)3 – Fe2O3 – Fe
Savollar yangi tahrirdagi DTS asosda tuzilgan
Monitoring guruhi N.Orziyeva
N.Usmonova
A.Ravshanova
D.Murodova
S.Halimova
Kimyo fanidan 9-sinflar uchun amaliy mashg ulot
III-variant
Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish
Probirkaning ¼ qismiga kaliy permanganate solinadi gaz o`tkazish nayi o`rnatilgan tiqin bilan probirka berkitiladi Asbob Temir shitativiga o`rnatiladi. Probirkaning kaliy permanganate turgan qismi qizdiriladi. Kislorod ajralib chiqayotganligini cho`g`I yallig`lanib turgan cho`p bilan tekshirib ko`riladi.
Cho`g`lanib turgan cho`g`ning alangalanib ketishi kislorod ajralib chiqayotganini tasdiqlaydi
Temir qoshiqchada bir bo`lak pista ko`mir solib u spirt lampasi alangasida cho`g` bo`lguncha qizdiriladi. Yallig`lanib turgan ko`mir bo`lakchasini kislorodli idishga tushiriladi ko`mir yonib bo`lgach idishga ohakli suv quyilib chayqatiladi
Yig`ilgan kislorodning boshqa zahirasidan cho`g`langan cho`p, oltingugurt, fosfor kabi moddalarning yonishi kuzatiladi
TOPSHIRIQLAR
1.Sodir bo`lgan hodisalar yuzasidan xulosalar yozing
2.Sodir bo`lgan reaksiya tenglamalarni yozing
|
| |