• Mashg’ulot davomida talaba
  • Zarur jihozlar
  • Botanikadan tuzilgan DTS tahlili
  • Mavzu: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining botanikadan dts, o'quv dasturi va darsliklarning fahlili. Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi




    Download 228,02 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana12.01.2024
    Hajmi228,02 Kb.
    #135778
    Bog'liq
    1 лабарат (1)



    1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
    Mavzu: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining botanikadan DTS, o'quv
    dasturi va
    darsliklarning fahlili.
    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi:Talabalani umumiy o'rta ta'lim
    maktablarining botanikadan DTS, o'quv dasturi bilan tanishtirish, darsliklarda
    berilgan mavzulari tahlil qilishga o'rgatish;
    Mashg’ulot davomida talaba:
    • Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tuzilgan davlat ta'lim standartini
    bajarish Respublika hududida faoliyat ko'rsatayotgan barcha ta lim muassasalari
    uchun majburiy ekanligini bilishi;
    •Umumiy o'rta ta'lim maktablarining botanikadan tuzilgan davlat ta'lim
    standartining mazmuni va mohiyati, ulari ishlab chiqish va joriy etish asoslarini
    anglashi;
    •Botanikadan tuzilgan davlat ta'lim standarti mazmunining o'quv dasturi bilan
    uzviyligini tushunishi;
    •Botanikadan tuzilgan davlat ta'lim standartida o'quvchilaring bilim va
    ko'nikmasiga qo'yilgan minimal va maksimal talablari o'rganishi, ulari nazorat
    qilish va baholash ko'nikmalari;
    •Umumiy o'rta ta'lim maktablarining botanikadan DTS, o'quv dasturi va
    darsliklari tahlil qilish ko'nikmasini egallashi;
    •Botanikadan tuzilgan davlat ta'lim standartini amaliyotga joriy etish yo'llarini
    belgilashi lozim.
    Zarur jihozlar: Biologiyadan tuzilgan davlat ta'lim standarti, o'quv dasturi, 5 va
    6-sinf uchun “Botanika” darsliklari,“Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturining
    uzviyligi” jadvali.
    Laboratoriyp mashg’ulotida foydalaniladigan pedagogik texnologiya:
    Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.
    Laboratoriya mashg'uiotining borishi:
    1.Tashkiliy qism.
    2.Talabalari laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil
    bajariladigan o'quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
    3. Botanikadan tuzilgan davlat ta'lim standartining mazmuni va mohiyati bilan
    tanishtirish.
    4.Botanikadan tuzilgan davlat ta'lim standartida berilgan o'quvchilaring
    egallagan bilim va ko'nikmasiga qo'yilgan minimal va maksimal talablari
    o'rganish.
    5.Umumiy o'rta ta'lim maktablarining botanikadan o'quv dasturi va darsliklari
    tahlil qilish.


    6.Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash. 
    O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limni joriy etishning ilmiy-nazariy asosi 
    bo'lgan “Ta'lim to'g’risida”gi Qonunning 7-moddasida “Davlat ta'lim standartlari 
    umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga 
    qo'yiladigan talablari belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston 
    Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir” deb belgilab 
    qo'yilgan. 
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning birinchi bosqichida 
    yuqorida qayd etilgan ta'lim muassasalari uchun DTS ishlab chiqildi va 
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi 
    Qaroriga binoan amaliyotga joriy etildi. 
    Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini ishlab chiqishda quyidagi 
    printsiplar asos qilib olingan: 
    ……………………………………………………. 
    Umumiy o'rta ta'lim maktablarida biologiyani o'qitish 5-sinfda “Botanika” ni 
    o'rganishdan boshlanib (haftasiga 1-soatdan, jami 34-soat), 6-sinfda “Botanika”ni 
    o'rganish (haftasiga 2-soatdan, jami 68-soat) davom ettiriladi. 
    Biologik ta'limning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 
    •o'quvchilari asosiy biologik tushunchalar, etakchi g’oyalar, ilmiy dalillar, 
    qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olarning manzarasini shakllantirishga oid 
    bilimlar bilan tanishtirish; 
    •tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan moslanishlarning 
    mexanizmlari haqida ma'lumot berish; 
    •o'quvchilari organizmlaring hayoti, ularning individual va tarixiy
    rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, tur 
    darajalaridagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, 
    ularing biologiyani o'rganishga bo'lgan qiziqish va qobiliyatlarini o'stirish 
    kelgusidagi uzluksiz ta'lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin tayyorlashi; 
    •o'quvchilari o'zlarining va o'zgalarning salomatligini saqlashga, sog’lom 
    turmush tarzini tarkib toptirishga yo'naltirish; 
    •biologiya ta'limi mazmuni hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika taraqqiyoti
    bilan mustahkam bog’lanishini ta'minlash asosida o'quvchilari ongli ravishda
    kasb tanlashga yo'naltirish; 
    •tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo'lish fazilatlarini 
    yosh avlod ongiga singdirish; 
    •biologiya ta'limi mazmunini o'lkashunoslik materiallari bilan boyitish
    biologiya bilimlar zaminida mahalliy o'simlik va hay von turlari, selektsiya
    yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi 
    olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o'quvchilari


    vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 
    Umumiy o'rta ta'lim maktablarining biologiyadan davlat ta'lim standarti o'quv 
    fani bo'yicha o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan
    ko'nikma va malakalaring hajmini (BKM-bilim, ko'nikma va malaka) ko'rsatuvchi 
    me'yor bo'lib, u umumiy o'rta ta'lim maktablarida biologiya ta'limi mazmunining
    negizini belgilovchi ko'rsatkichlar hamda o'quvchilaring biologik tayyorgarlik 
    darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasidan iborat bo'lgan rasmiy hujjat bo'lib 
    hisoblanadi. 
    Biologiya ta'limi standartidagi “O'quvchilaring tayyorgarlik darajasiga 
    qo'yiladigan minimal talablar” o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi shart bo'lgan 
    ko'rsatkichlari ifodalaydi. Bunda o'quvchilaring bilishi, anglashi, amaliy ishlari 
    bajara oladigan ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlarini ta'minlash va ularing 
    sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko'rsatkich va talablar biologiya 
    ta'limining asosiy sifatlarini baholashda o'lchov bo'lib xizmat qiladi. 
    Umumiy o'rta ta'lim maktablarining biologiyadan davlat ta'lim standartida
    keltirilgan ko'rsatkich va talablar maktab biologiya ta'limi mazmunini to'liq qamrab 
    oladi va o'zaro bog’lanuvchi uch yo'nalishga bo'linadi: 
    1. Organizm - biologik sistema; 
    2. Ekologik sistemalar; 
    3. Organik olar evolyutsiyasi; 
    Ushbu ta'lim standartining “Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi 
    ko'rsatkichlar” va “O'quvchilaring tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal 
    talablar” biologiya ta'limi mazmunining yuqorida keltirilgan har bir yo'nalish 
    bo'yicha umumiy o'rta ta'lim uchun ko'rsatkich va talablar ifodalanadi. 
    Biologik ta'limning dastlabki o'quv fani bo'lgan “Botanika”dan o'quvchilaring 
    bilim malakasiga bo'lgan asosiy talablar etib quyidagilar belgilangan. 
    O'quvchilar:……………………………….. 
    Botanikadan tuzilgan DTS ida o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar 
    bilan bir qatorda ular egallashi kerak bo'lgan ko'nikma va malakalar ham berilgan. 
    Jumladan, botanikani o'rganish davomida o'quvchilar quyidagi ko'nikma va 
    malakalarni 
    egallashi 
    qayd 
    etilgan:………………………………………………………………………. 
    Yuqorida qayd etilganidek, botanikadan tuzilgan DTS bajarish majburiy bo'lib 
    biologiya o'qituvchilarining zimmasiga yuklanadi. Umumiy o'rta ta'lim 
    maktablarida botanikadan tuzilgan DTS bajarilishi “O'quvchilarning o'zlashtirgan 
    bilimlarini nazorat qilish va baholashning Reyting tizimi” orqali aniqlanadi. 
    Umumiy o'rta ta'lim maktablarida botanikadan tuzilgan DTS da qayd etilgan 
    maksimal talablar asosida o'quv dasturi tayyorlanadi. O'quv dasturida o'quv fani 
    bo'yicha o'rganiladigan bob va mavzular o'quvchilarning yoshlik va psixologik 


    xususiyatlari, mavzular o'rtasidagi uzviylik va izchillik asosida mantiqiy bir 
    tizimga keltirilgan holda beriladi. O'quv dasturida o'rganiladigan boblar ulari 
    o'rganish uchun ajratilgan soatlar ko'rsatiladi, mazkur boblar tarkibiga kiradigan 
    mavzularing qisqacha mazmuni yritiladi. Botanikadan tuzilgan o'quv dasturi 
    mazkur o'quv fanining mazmunini belgilab beradigan va bajarilishi majburiy
    bo'lgan meyoriy hujjat sanaladi. 
    Belgilangan qoidaga muvofiq ba'zi hollarda biologiya o'qituvchisi mahalliy 
    sharoit, umumta'lim maktablarining moddiy-texnika bazasi, o'quvchilarning o'quv 
    faniga bo'lgan qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular ketma-ketligi, ularga 
    ajratilgan soatlari 10 foizgacha o'zgartirishi mumkin. 
    O'quv fani bo'yicha tuzilgan dastur darslik yozishga asos bo'ladi. 
    Respublikamiz maktablarining 5-sinfida O'. Pratov, A.S. To'xtaev, F.O'. 
    Azimovalar tomonidan nashr etilgan darslikdan foydalaniladi. Umumta'lim 
    maktablarining 6-sinfida shu mulliflar tomonidan nashr etilgan darslikdan 
    foydalaniladi. 
    Botanikani o'qitish mazmunida o'quvchilarda morfologik, anatomik, fiziologik, 
    genetik, sistematik, ekologik, evolyutsion, gigienik tushunchalari shakllantirish 
    nazarda tutilgan. Mazkur tushunchalar har bir mavzuni o'rganishda bir-biri bilan 
    uzviy shakllantiriladi. Mavzularing tahlili, ularda mazkur tushunchalaring nisbati
    teng emasligini ko'rsatadi. Ba'zi mavzulari o'rganishda morfologik tushunchalar 
    etakchi o'rinni egallaydi. Masalan, “Ildizning tashqi tuzilishi”, “Oddiy va 
    murakkab barglar”, “Poyalaring xilma-xilligi”. Bunday mavzulari morfologik
    mazmundagi mavzular va mos ravishda mazkur mavzulari o'rganishga 
    bag’ishlangan darslar morfologik mazmundagi darslar deyiladi. 
    “Hujayra”, “Ildiz zonalari”, “Poyaning ichki tuzilishi”, “Barglaring hujayraviy 
    tuzilishi” mavzularida anatomik tushunchalar ustunlik qiladi. Shu sababli bu 
    mavzular anatomik mazmundagi mavzular va mos ravishda anatomik mazmundagi 
    darslar deyiladi. Xuddi shunday misollari fiziologik, genetik, sistematik, ekologik 
    evolyutsion, gigienik mazmundagi darslarga ham keltirish mumkin. 
    Xulosa qilib aytganda botanikadan tuzilgan DTS “Ta'lim mazmuni negizini 
    belgilovchi ko'rsatkichlar” va “O'quvchilaring tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan 
    minimal va maksimal talablar” ni o'z ichiga olib, u dastur va darslik yaratishga 
    asos bo'lib xizmat qiladi.


    TALABALARNING BILIMLARINI MUSTAHKAMLASH UCHUN O'QUV
    TOPSHIRIQLARI 
    O'F

    O'quv materialini mustaqil o'zlashtirish uchun o'quv 
    topshiriqlari 
    Topshiriqni bajarish 
    bo'yicha ko'rsatma 
    1-
    O'F

    Maqsad: Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tuzilgan 
    DTS ning mazmun va mohiyatini o'rganish. 
    Laboratoriya mashg’uloti matnini o'rganing va quyidagi 
    savollarga javob toping: 
    1.Umumiy o'rta ta'lim maktablarida DTSni joriy etishning 
    nazariy va huquqiy asoslarini aniqlang. 
    2.Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun DTS ishlab 
    chiqishda qaysi printsiplar asos qilib olingan? 
    3.DTS nimalari belgilashini aniqlang. 
    Kichik gurah a'zolari 
    bilan hamkorlikda 
    ishlang Talabalar bilan 
    o'tkaziladigan savol-
    javobda faol ishtirok 
    eting 
    2-
    0'FE 
    Maqsad: DTS ning tarkibiy qismlarini o'rganish. 
    Laboratoriya mashg’uloti matnini o'rganing va quyidagi 
    savollarga javob toping: 
    1.O'quv fanlari bo'yicha tuzilgan DTS nimalar uchun asos 
    bo'lib xizmat qilishini aniqlang. 
    2.O'quv fanlari bo'yicha tuzilgan DTS nimalari o'zida 
    mujassamlashtiradi? 
    3.DTS ning “Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi 
    ko'rsatkichlar” tarkibiy qismi qanday vazifani bajaradi? 
    4.DTSning “O'quvchilaring tayyorgarlik darajasiga 
    qo'yiladigan minimal va maksimal talablar” nimalari 
    ifodalaydi? 
    Kichik guruh a'zolari 
    bilan hamkorlikda 
    ishlang 
    Talabalar bilan 
    o'tkaziladigan savol-
    javobda faol ishtirok 
    eting 
    3-
    O'F

    Maqsad: Botanikadan tuzilgan DTS ni tahlil qilish. 
    Laboratoriya mashg’uloti matnini o'rganing va quyidagi 
    savollarga javob toping: 
    1.Biologiyadan tuzilgan DTS da “Ta'lim mazmuni negizini 
    belgilovchi ko'rsatkichlar” va “O'quvchilaring tayyorgarlik 
    darajasiga qo'yiladigan talablar” qanday yo'nalishlari o'z 
    ichiga oladi? Mazkur yo'nalishlaring mazmuni va 
    mohiyatini tushuntiring. 
    2.Botanikadan tuzilgan DTS da “O'quvchilaring tayyor-
    garlik darajasiga qo'yilgan talablar”ni o'rganing. 
    3.Mazkur talablari ta'lim-tarbiya jarayonida amalga 
    oshirish yo'llarini belgilang va 1-jadvalni to'ldiring. 
    Kichik guruh a'zolari 
    bilan hamkorlikda 
    ishlang Talabalar bilan 
    o'tkaziladigan savol-
    javobda faol ishtirok 
    eting 
    4-
    O'F

    Maqsad: Botanikadan tuzilgan o'quv dasturi va darslikni 
    tahlil qilish. 
    Botanikadan tuzilgan o'quv dasturi va darsliklari quyidagi 
    tartibda ko'rib chiqing: 
    1.O'quv dasturidagi mavzularing ketma-ketligida uzviylik 
    mavjudmi? 
    Kichik guruh a'zolari 
    bilan hamkorlikda 
    ishlang Talabalar bilan 
    o'tkaziladigan savol-
    javobda faol ishtirok 
    eting 


    2.Darslikdagi mavzular ketma-ketligi o'quv dasturiga mos 
    ravishda berilganmi? 
    Darslikni tahlil qiling uning yutug’i va kamchiliklarini 
    ko'rsating. 
    1-jadval 
    Botanikadan tuzilgan DTS tahlili 
    № Botanikadan o'quvchilarning bilimiga 
    qo'yilgan talablar 
    Qaysi mavzularda 
    tarkib toptiriladi 
    Qaysi mavzularda 
    rivojlantiriladi 
    1 Gulli o'simliklar organlarining tuzilishi 
    2 O'simliklaring hujayraviy tuzilishi 
    3 O'simlik hujayrasining tarkibiy qismlari 
    4 O'simlik to'qimalari 
    5 O'simliklaring hayotiy shakllari 
    6 Kuzda va bahorda o'simliklar hayotida 
    ro'y beradigan o'zgarishlar 
    7 Gul, uning tuzilishi, xillari. 

    Download 228,02 Kb.




    Download 228,02 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining botanikadan dts, o'quv dasturi va darsliklarning fahlili. Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi

    Download 228,02 Kb.
    Pdf ko'rish