• Mablag’larning o’tkazmalari reestrlari
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet202/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
     
     
     
     
     
    4.6.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi gaznachilik mablaglarini o’tqazish 
    reestri tuzilishi 
     
    Ko’rsatib o’tilgan funktsiyalarni bajarish uchun nafaqat g’aznachilik 
    organlarining ierarxik darajalarida, shuningdek, bank to’lov tizimlarida, davlat 
    Moliya Vazirligi 
    g’aznachilik bosh 
    boshqarmasi 
    O’zbekiston Respublikasi
    Markaziy bankining 
    operatsiyalar
    boshqarmasi 
    Vazirliklar, 
    idoralar 
    to’lov topshi-
    riqno mala ri 
    pul mablag’lari 
    Davlat 
    g’aznachilik 
    boshqarmasi 
    Davlat sub’ektlari 
    bo’yicha Bosh 
    Markaziy bankining 
    PFM 
    Mablag’larni 
    taqsimlovchilar 
    to’lov topshi-
    riqno mala ri 
    пул 
    маблағлари 
    Viloyat 
    g’aznachilik 
    bo’linmalari 
    PFM tijorat banklari 
    (PFM bo’lmaganda) 
    Mablag’larni 
    taqsimlovchilar 
    to’lov topshi-
    riqno mala ri 
    pul mablag’lari 
    pul o’tkazish 
    reestri nusxasi 
    to’lov 
    topshiriq-
    nomala ri 
    reestrlari, 
    nusxalari 
    tezkor 
    hisobot, 
    moliya-
    lashti-rish 
    hi-soboti, 
    byudjet-
    ning ba-
    jarilish 
    hisoboti 
    o’tkazmalar 
    xara jatlarn ing 
    tasdiqlangan 
    smetasi 
    o’tkazmalarning 
    nusxasi 
    tezkor 
    hisobot, 
    moliya-
    lashti-rish 
    hi-soboti, 
    byudjet-
    ning ba-
    jarilish 
    hisoboti 
    to’lov 
    topshiriq-
    nomala ri 
    reestrlari, 
    nusxalari 
    xara jatlar-ning 
    tasdiqlangan 
    smeta-la ri oy-
    lik, kvarta l, 
    yillik h isobot-
    lar 
    ўтказмалар
    xara jatlarn ing 
    tasdiqlangan 
    smetasi 
    харажатлар 
    сметаси 
    xara jatlar 
    smetasi 
    xara jatlarn ing 
    tasdiqlangan 
    smetalari, oylik, 
    kvarlat, yillik 
    hisobotlar 
    Mablag’larning o’tkazmalari reestrlari 


    355 
    soliq tizimida, hamma darajadagi byudjetlarning shakllanish va ijroiya tizimlarida 
    byudjetdan mablag’ oluvchilar va soliq to’lovchilarning rivojlangan funktsional va 
    axborot aloqalari bilan murakkab ko’pqirrali tizimi harakatlanadi. Ushbu tizimning 
    murakkabligi uning turli idoralarga tegishli ko’p sonli qatnashchilarni qamrab olib, 
    tarmoqli hududlarga yoyilganligi bilan kuchaytirilganligidadir.
    O’zbekiston g’aznachilik organlari tizimi juda juda jadal shakllantirilmoqda. 
    G’aznachilik tizimini rivojlantirish borasida viloyat strukturasida Davlat 
    g’aznachilik organlari tashkil etilib, ularni xo’jalik ta’minoti va orgtexnika 
    vositalari, jumladan, hisoblash texnikalari, aloqa va axborot uzatish vositalari bilan 
    jihozlash boshlanadi. G’aznachilik organlarining ishlash metadalogiyasi 
    rivojlanishining qisqa muddatda sezilarli o’zgarishlarni boshidan o’tkazish va jadal 
    sur’atda rivojlanishni davom etmoqda. G’aznachilik tizimini shakllantirishda 
    qo’llanilgan chora-tadbirlar majmui texnik jihozlanganlik bo’yicha ham, 
    metadalogik va texnalogik qo’llab-quvvatlashning rivojlanish dinamikasi bo’yicha 
    ham bu strukturani davlat muassasalari va moliyaviy soha tashkilotlari ko’lamida 
    etakchi mavqeiga olib chiqishga ishkin yaratadi.
    Ishni tashkil etish va axborotlarni qayta ishlash metodlari bo’yicha 
    g’aznachilik organlari moliyaviy sohasini qamrab olgan infrastrukturaning 
    rivojlanish darajasiga to’la mos keladi. Hisoblash texnikasi uskunalari cheklash 
    operatsiyalarni boshlang’ich avtomatlatirilishini o’tkazishga va turli darajada 
    byudjet ijrosi jarayoniga axborot xizmati ko’rsatish muammolarini majmuaviy hal 
    etish uchun baza tayyorlash imkon beradi. 
    G’aznachilik tizimi rivojlanishi muammosini hal etilishi ustuvorligi bo’yicha 
    ikkita asosiy yo’nalishga ajratiladi:
    1) Davlat byudjet daromad va xarajatlar ijrosining avtomatlashgan yagona 
    hisob tizimini yaratish va bu tizimni Markaziy bankning to’lov-hisob tizimi bilan, 
    soliq xizmatining axborot tizimi bilan integratsiyalash.
    2) Davlat g’aznachilik organlarning avtomatlashgan yagona depozitlar 
    tizimini yaratish va uni qimmatli qog’ozlar bozori bilan integratsiyalash. 
    Ikkala yo’nalish nafaqat g’aznachilik organlarida munosib dasturiy apparat 


    356 
    vositalari yaratilishi bilan, balki aralash tizimlarni takomillashtirish bilan ham 
    bog’liq. 
    Binobarin, banklararo to’lov-hisob-kitob tizimi va g’aznachilik organlarining 
    axborot majmuining mutanosib rivojlanish byudjet daromadlari yig’imining 
    mavjud sxemasi va davlat byudjet mablag’larini oluvchilarga etkazilishi ijrosi va 
    hisobni operativlik oshirilishi maqsadida o’zgartirishga imkon beradi. Yagona 
    hisob-kito markazida elektron to’lovlarning samarali tizimidan foydalanish bir 
    integratsion kun mobaynida byudjet daromadlari hisoblanishi va qayd qilinishini 
    to’langan byudjetlararo hisob-kitob bilan to’liq tsiklda tashkil etishga imkon 
    beradi. Bunda daromadlar tushishi hisobi byudjet tasnifla ri, hududlar, soliq 
    to’loqchilari va boshqalar bo’yicha avtomatik ravishda to’liq analitik razvyorstika 
    bilan amalga oshirilida. Tartibga soluvchi daromadlar taqsimoti va mahalliy 
    byudjetlarga mablag’ o’tkazish ham elektron to’lovlarni qo’llagan holda yagona 
    hisob-kitob markazidan amalga oshiriladi.Buning ustiga bu operatsiyalar davlat 
    byudjet daromadlari hisobi va qayd qilinishining to’liq tsikliga kiradi. Bunday 
    tashkilotchilik davlat byudjet va boshqa darajadagi byudjetlar daromadlari ijrosi 
    operativligini oshirishga, shuningdek, barcha darajadagi byudjetlar daromadga 
    kelib tushgan mablag’lar haqida axborotlar aniqligi va aperativligini oshirishga 
    imkon beradi. 
    G’aznachilik organlari mehnat samaradorligini oshirishning sharoitlaridan 
    biri ular barcha darajadagi axborot ta’minotida istiqbolli va samarali tizim yaratish
    hisoblanadi. Axborot majmuini ishlab chiqish yagona metadalogik -asosida olib 
    borilib, nafaqat miqdoriy ko’rsatkichlar – soliq to’lovlar soni, davlat byudjetdan 
    mablag’ oluvchilar soni, balki hududlarning jami moliyaviy va komunikatsion 
    ifrastrukturasi rivojlanishiga ham hisobga ouvchi o’xshash loyhaviy echimlardan 
    foydalaniladi. 
    G’aznachilik orginlarining majmui ban tizimi bilan uyg’unlikda nafaqat 
    g’aznachilik orginlari tomonidan davlat byudjeti funktsional ijrosini ta’sinlashga 
    qodir, balki bu jayonda turli darajadagi moliyaviy orginlar va boshqaruv 
    muassasalari, shuningdek, bank va soliq tizimining o’zaro samarali 


    357 
    munosabatlashuvini tashkil etish ham mo’ljallangan. Bunday majsuani yaratish 
    negiziga yuqori texnalogiyali operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish 
    tizimlari 
    (MBBT) 
    va 
    shovqindan, 
    noqonuniy 
    kirishdan 
    imoyalangan 
    telekomunikatsion tizimlarni qo’llash asosidagi markazlashga va taqsimlangan 
    qarorlar texnalogiyasi yotadi. Bunday yagona texnalogiyani qo’llash va
    rivojlantirish, uning asosida korporativ tizimlar yaratish murakkab himoyalangan 
    infarmatsion-texnik 
    majmualarning o’zaro vedometvenniy harkatlanish 
    muammosini hal etishga imkon beradi.
    Davlat g’aznachilik orginlarining axborot majmuasini yaratishdan asosiy 
    maqsad davlat byudjet ijrosi samaradorligini sezilarli oshirish hisoblanadi. Bu 
    Davlat g’aznachilik orginlariga cheklangan personal bilan tizim oldiga qo’yilgan 
    vazifalarning jami hajmini aniq, samarali va tezkor hal etishga imkon beradi.
    - Davlat byudjet daromadlarining aniq va tezkor hisobi; 
    - Davlat byudjet, Davlat sub’ektlari byudjeti va barcha darajadagi mahalliy 
    byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabat; 
    - Davlat byudjet mablag’larini yakuniy oluvchigacha aniq va tez etkazish;
    - byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy to’liq 
    tezkor va kesik nazorat; 
    - davlat byudjeti ijrosini tezkor va ob’ektiv tahlili va daromad tushishi hamda 
    ixtiyoriy berilgan davr uchun harajatlarni prognozlash; 
    - davlat ichki qarzlari va boshqalarni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish. 
    G’aznachilikda axborot texnalogiyalarini tashkil etishning ikki sxemasi 
    mavjud: 
    - davlat byudjeti mablag’larini oluvchilarning shaxsiy hisoblarini va O’zR 
    banki yoki uning vakolatli agentlari xarajatlarining yagona joriy hisobi bilan hisob -
    kitolarni yuritish bilan; 
    - mintaqada yagona samarali qimmatli qog’ozlar bozori va bunday 
    bozorning markaziy – markaziy registrator, depozitariy, hisob-kitob-kpiring 
    markaziy tashkil etish va O’zR Moliya vazirligi topshirig’iga ko’ra mintaqaviy 
    qimmatli qog’ozlar bozorida davlat qimmatli qozozlar emitenti funktsiyasini 


    358 
    bajarish. 
    G’aznachilikda axborot texnalogiyalarini tashkil etishning ikkala sxemasi 
    ijobiy va salbiy jihatlarga ega.
    Birinchi holda tizimning qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlangan 
    infrastrukturasi bilan to’liq avtonomlikka, uning muassasalararo munosabatlar 
    muammosidan nisbatan mustaqilligiga erishildi. 
    Ikkinchi yo’nalish bo’yicha echimda g’aznachilik orginlarining ishni ko’p 
    jihatlardan bir necha muassasalar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishning umumiy 
    tashkiliy-huquqiy xarkateriga ega va bunday bozorning ishlashi uchun havfsiz 
    sharoit ta’minlanadi. 
    G’ag’nachilik organlarida avtomatlashtirilgan axborot texnalogiyalarini 
    yaratishning bosh maqsad davlat byudjeti ijrosi samaradorligini amalga oshirish 
    hisoblanadi. Shunga bog’liq ravishda G’aznachilikning tizimiga quyidagi talablar 
    qo’yiladi: 
    - G’aznachilik orginlari tizimi oldiga qo’yimlgan vazifalarning jami hajmini 
    cheklangan personal bilan tezkor, aniq va samarali hal etish;
    - davlat byudjet daromadlari hisobi bo’yicha vazifalarni tezkor, aniq va 
    ishonchli hal etish; 
    - davlat byudjet, barcha darajadagi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro 
    munosabatni tashkil etish; 
    - Davlat byudjet mablag’larining yakuniy oluvchigacha tez va aniq etkazish;
    - byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy
    to’liq, tezkor va qattiq nazoratni ta’minlash; 
    - davlat byudjeti ijrosining tezkor va ob’ektiv tahlilini ta’minlash va 
    byudjetga daromadlar tushishi hamda ixtiyoriy berilgan davr uchun pirovard 
    xarajatlarni prognozlash; 
    - davlat ichki qarzini boshqarish va unga xizmat ko’rsatish;
    - O’zbekistonda amalda bo’lgan qonunchilik amaliyoti va O’zR Moliya 
    vazirligining me’yoriy talablarina munosib bo’lishi; 
    - vakolatli orginlar ttalablarigan muvofiqlikda konfendentsiya va maxfiy 


    359 
    axborotlarga xizmatlar ko’rsatish; 
    - birlamchi xizmatlar va uning elektron nusxasi yuridik vorisiyligini, 
    shuningdek, ularning ish yuritsh va boshqlar haqidagi yo’riqnomalar va qonunlar 
    bilan aniqlanuvchi tartibot mavjudligining barcha davri mobaynida saqlanganligini 
    ta’minlash. 
    G’aznachilik orginning avtomailashtirilgan asosiy maqsadlariga uni 
    shakllantirish jaryonida qator talablarni bajarish bilan erishish mumkin: 
    Davlat byudjeti ijrosiga xizmat qiluvchi axborot tizimi detallashuv darajasi 
    bo’yicha hisoblar rejasi tuzilmasi bilan muqobil bo’lgan avtomatlashtirilgan 
    buxgalterlik hisobi bazasida qurilishi lozim. Davlat byudjeti ijrosining buxgalterlik 
    hisobi byudjet tasnifining jami maqyosida, jumladan, byudjet mablag’larini 
    yakuniy oluvchilari kesimida analitik jihatdan olib borilishi lozim.
    Bunday tamoyil axborot majmuining hisob registirida davlat byudjetining 
    ixtiyoriy darajadagi faktni holatini operativ va ishonchli aks ettirishga imkon 
    beradi. 
    - G’aznachilikning axborot tizimi an’anaviy bank operatsiyalari bilan 
    bo’lgani kabi elektron bank hisob-kitoblari tizimi bilan ham ishlashga 
    moslashtirilgan bo’lishi lozim. Shuningdek, Davlat va mahalliy byudjet ijrosining 
    axborot tizimlari bilan o’zaro faol munosabatni qo’llab quvvatlash talab etiladi. 
    Majmua bilan qorishiq tizimlar byudjet ijrosining to’liq masshtabli, 
    avtomatlashgan va operativ buxgalterlik hisobiga asoslangan, birlamchi hujjatlar, 
    jumladan, bank tizimidagi to’lov hujjatlarni qayta ishlashda axborotlarni bir 
    martada shakllantirishni ko’zda tutishi lozim (bu tizimga axborotlarni ikkilamchi 
    kiritishda ma’lumotlar nomuvofiqligi va xatoliklarni istesno etadi). 
    - Operatsion kun, hafta, oy, kvartal va yil mobaynida byudjet ijrosining 
    asosiy jarayonlarini muvofiqlashtirish va sinxronlash. 
    - turli darajadagi byudjetlar ijrosini bajaruvchi orginlarning yagona 
    texnalogik axborot – kommunikatsion tizimini shakllantirish.
    - U yoki bu qorishiq muassasaviy tizimiga kiruvchi axborotlarni ularning 
    o’zaro munosabatlashuvi jarayonida ishonchliligi – noqonuniy kirishdan yagona 


    360 
    texnalogiyalash va elektron imzoni himoyalashda yagona texnalogiyani qo’llash.
    - G’aznachilikda avtomatlashgan axborot texnalogiyalarini shakllantirish va 
    joriy etishda butun tizimni yoki uning yadrosini bo’lgani kabi, boshqa tizimlar 
    joriy ishga umuman tegmagan holda aholida avtomatlashgan ish joylarini va ish 
    joylaridagi alohida vazifalarni modefikatsiya o’tkazilishiga imkon beruvchi 
    texnalogik va metodik qarorlarni qo’llash. 
    G’aznachilikning avtomatlashgan axborot tizimi uchun sanab o’tilgan 
    talablardan va bu tizimni qurish shartlaridan kelib chiqib, avtomatlashgan axborot
    texnalogiyalarining ikki arxitekturasi foydalaniladi.
    1. “Terminal” – yuqori mahsuldor meynfreym (mainframe) markazlashgan 
    hisoblash majmuasi va lokal hamda masofaviy, jumladan, intellektual terminallar
    tizimini qo’lalsh asosida. 
    2. “Mijoz-server” – bo’lim, tashkilotlar ko’lamidagi lokal hisoblash 
    tarmoqlarida ma’lumotlar bazasi bilan jamoaviy yuqori mahsuldor mehnatni 
    tashkil etish asosida. 
    Meynfreymuan foydalanib terminal arxitekturasida axborot tizimini yaratish 
    sezilarli darajada tarixiy an’analarga ega. Xorijda va mamlakatimizda yaqin 
    vaqtgacha bunday majmualar yuqori samarali elektron-hisoblash mashinalari 
    negizidan keng foydalanilgan. Bunday tizimning afzalligi axborot tizimida mavjud 
    barcha axborotlarning markazlashgan ko’p oqimli va ko’p vazifali qayta ishlanish 
    hisoblanadi. Bu qimmatbaho hisoblash resurslaridan foydalanish va markaziy 
    mashinalar yuqori maxsuldorligini optimallashtirishga imkon beradi. Meyfreyda 
    ishlashda har ibr foydalanuvchi va har bir jarayonga qo’yilgan vazifalarni hal 
    etishga imkon beruvchi axborot resurslar majmuasi ajratiladi. Foydalanuvchi 
    mashina Bilan meynfreym bazasida hisoblash majmuasiga tegishli bo’lgan 
    axborot kiritish-chiqarish tezkor qurilmalari yordamida ham, majmuaning 
    markaziy mashinasiga ulangan terminllarda ishlash vositasida ham muomala qilish 
    mumkin. Meynfreymlar operatsion tizimi ishlashi barqarorligi, xotira resruslaridan 
    foydalanish himoyalanganligi va samaradorligi, markaziy protsessori (bir yoki bir 


    361 
    nechta) va axborot kiritish-chiqarish periferiya qurilmalari bilan ajralib turadi. 
    Ushbu arxitektura boshidanoq vaqt taqsimlash tartibida bir vaqtda bir nechta
    (yoki) ko’plab turli vazifalarni samarali echishga yo’naltirilgan. Shuning uchun 
    axborotlarni himoyalash vositalari va to’xtalishlardan himoya rivojlangan. 
    Operatsion tizimning katta miqdorda (bir necha mingcha) foydalanuvchilar 
    ishlashiga mo’ljallanganligi meynfreymlar apparat qismi va operatsion tizimlarga 
    sozlangan tezkor va rivojlangan telekommunikatsion vositalarni yaratish, barcha 
    asosiy, jumladan, ko’p oqimli kommunikatsion protokollarni qo’llashni belgilab 
    berdi. Axborotlarni qayta ishlashning shiddatli rejimida ko’p yillab to’xtovsiz
    ishlash sharoiti uchun yaratilgan tizimning apparat qismi yuqori ishonchliligi va 
    barqarorligi bilan farqlanadi. Faqatgina markaziy mashinaga o’rnatuvchi dasturiy 
    mahsulotlar tizim foydalanuvchilari uchun zararsiz tarzda modifikatsiya va 
    almashtirishni etarlicha oson va tez bajarishga imkon beradi. 
    Biroq so’nggi yillarda jahon amaliyoti shunga guvohlik beradiki, 
    meynfreymlar asosidagi asosiy iste’molchilar tizim yangi komp’yuter 
    texnologiyalardan foydalanib, yanad arzonroq qarorlarni qo’llashga sezilarli 
    darajada qayta yo’nalgan. 
    Bu quyidagi qator sabalarga ko’ra yuz bermoqda. 
    1. 
    Terminal tizimlarini yaratish ko’pincha etkazib beruvchi 
    tomonidan 
    barcha 
    boshlang’ich tizimlarni rivojlantirish bo’yicha 
    monopollashtirishga olib keladi. 
    2. 
    Yuqori samarli protsessor majmualari asosisda shaxsiy 
    komp’yuterlar va mini kompyuterlarning intensiv rivojlanishi va axborot
    texnologiyalari bozorining ular bilan jihozlanishi qimmat bo’lmagan 
    raqobat echimlari paydo bo’lishiga olib keladi. Mahsuldorligi va eenrgiya 
    iste’molchi tejimkorligi ortishi barobarida kuchli mikroprotsessorlar 
    bazasida hisoblash tizimlariga narxlar pasayishi bu tizimlarni
    meynfreymlar uchun an’anaviy - banklar, kommunikatsiya, moliyaviy 
    faoliyat, murakkab korporativ tizimlar kabi sohalarda keng qo’llash uchun 
    juda diqqatga sazovor qiladi. 


    362 
    3. 
    Shaxsiy komp’yuter operatsion tizimi va uning negizidagi 
    tizimlar takomillashuvi ularni mahsuldorlik va ko’p oqimlikni tutib turish 
    miqyosida ham meynfreymlarga yaqinlashtiradi. Amaliy dasturiy ta’minot 
    va 
    instrumental holatiga qaraganda kamroq malakali personalga 
    mo’ljallanib, foydalanuvchilarga ko’proq yo’naltirilgan mahsulot
    chiqaradilar. Katta bozorda o’zaro raqobat olib borib, bu mahsulotlarga
    superkomp’yuter tizimlarining monopol ishlab chiqaruvchilarga qaraganda 
    sezilarli darajada past narx belgilaydilar. 
    Superkomp’yuter va ularni qo’llovchi tizimlarning muhim ahamiyatini 
    inkor etmagan holda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini
    yaratuvchilar hamda integratorlar umumiy va yopiq lokal hisoblash tarmoqlari 
    bazasida qo’llash qulay va oson yoyiluvchi tizimlardan foydalanishga asosiy 
    urg’u beradilar. Bunda UNIX, Windows NT va Netware kabi istiqbolli
    tizimlarga alohida e’tibor qaratiladi. Meynfreymlar kuchli fayl serverlari, 
    global ma’lumotlar bazasi serverlari va bu tarmoqlarning kommunikatsion 
    serverlari sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Sotib olinishi va ekspluatatsiyasi 
    qimmat turadigan bunday hisoblash mashinalarini qo’llash istiqbollari ularning 
    hizmatiga real ehtiyoj bilan qat’iy muttnosiblikni ko’rib chiqilishi lozim. 
    “Mijoz-server” arxitekturasi davlat g’oyalari lokal hisoblash tarmoqlari 
    birlashtirilishi bilan tashkil qilinadi. Birlashtirish masofaviy fodalanuvchilarga 
    axborot ayirboshlash va masofaviy foydalanuvchilarga axborot ayirboshlash va 
    masofaviy ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash bo’yicha zarur amallarni 
    samarli va xavfsiz bajarishga imkon beruvchi kommunikatsion jihozlar va dasturiy 
    ta’minotni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
    ishchi stantsiyalarida avtomatlashtiilgan ish joyi ham etuvchi vazifalar majmuidan
    tashkil topadigan dasturiy ta’minot joylashadi. Foydalanuvchilar Davlat 
    g’aznachilik organlari ma’lumotlar bazasi bilan ishlashida AIJ vazifalarining 
    mijoz qismini o’zida jo etadi. Ularning faoliyatini foydalanuvchi interfeysi, 
    ma’lumotlar bazasiga so’rovlarni shakllantirish va so’rovnoma jo’natish 
    ta’minlaydi. Bunday arxitektura markazlashgan ma’lumotlar ma’lumotlar bazasi 


    363 
    va nisbatan arzon shaxsiy kompyuter texnikasidan foydalangan holda ergonomik, 
    o’zgaruvchan sozlanishga ega AIJlari hosil qilishga imkon beradi. 
    G’aznachilik avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tuzilishiga oid
    arxitektura tanlovi axborot majmuasining apparat qismiga o’z talabalarini 
    belgilaydi. Masalan, markazlashtirilgan va ierarxiya tamoyili bo’yicha 
    G’aznachilikning markazlashtirish ma’lumotlar bankini tashkil etish sharoitida
    axborotlar oqimlari hajmi va hujjatlar yaratish mahsuldor serverlar va kuchli 
    korporativ ma’lumotlar bazasini qo’llashni talab qiladi. Bunda shuni hisobga olish 
    joizki, fayl-serverga muntazam murojaat qilishga asoslangan tizimlar reaktsiya 
    vaqtining 3 sekundgacha ortishi operativ sabrsizligi ancha oshiradi. Shuning uchun 
    G’aznachilik organlarida axborotlarni qayta ishlash texnologik jarayonida 
    buxgalterlik tizimi operatorlarining ishi alohida mas’uliyatli joy ekanini hisobga 
    olib, ishchi stantsiyalar uchun tipik komp’yuter sifatida Intel Pentium 100 dan 
    kam bo’lmagan tipdagi mikroprotsessor bazasida sh/k qabul qilinadi. Chunki 
    bundan kam mahsuldorlikka ega mikroprotsessorlar barcha tizimlarning
    inertsiyaviyligini oshiradi. G’aznachilik xodimlarining aijlarini jihozlash uchun 
    bunday shaklardan foydalanish foydalanuvchilar joriy ishlashi uchun zamonaviy 
    ergonomik grafik interfreyslar API Microsoftni qo’llashga imkon yaratadi. U lokal 
    hisolash tarmog’ida foydalanuvchilarning samarli jamoaviy va individual ishlashni 
    ason tashkil etadi. Jamoaviy yaratish va xujjatlardan foydalanish texnologiyasi 
    negizida LHTda ishlashi g’oyalariga qog’oz tashuvchida ortiqcha yoki keraksiz 
    hujjatlar ishlab chiqarishni qisqartirishga imkon berda.i Bunday te xnologiya 
    elektron ofis rejimida g’olari ishining qog’ozsiz texnologiyasini tashkil etadi. 
    G’aznachilik tashkilotlarida LHTni tuzishda tarmoq operatsion muhiti sifatida 
    “mijoz-server” toifali ob’ekt texnologiyalarini qo’llashga yo’naltirilgan Windows 
    NT operatsion tizimidan va tarmoi foydalanuvchilarining alohida fayllar 
    majmuidan emas, balki ob’ekt-hujjatlar bilan ishlashidan foydalanish mumkin. 
    G’aznachilik tashkilotlari fayl-serveri “Oracle” MBBT asosida tashkil etilishi 
    mumkin. Bu MBBT uchun platforma sifatida UNIX ham, Windows NT ham 
    namoyon bo’lishi mumkin. Axborot uzatish tarmoq protokollari sifatida – TCP/IR, 


    364 
    IRX/SPS qatnashadi. Bu amaliy dasturlarning keng spektridan, jumladan, 
    MSDOS, Novell, Windows Z.X. uchun bajarilgandan ham foydalanishga imkon 
    beradi. 
    Umuman 
    olganda, 
    «mijoz-server» arxitekturasi bazasidan tuzilgan 
    g’oyalarining aat-si o’z tarkibida ofis tizimlarining administratorlari aijlari, axborot 
    xavfsizligi xizmati, turli darajadagi byudjetlar ijrosida aniq funktsiyalar bajaruvchi 
    g’aznachilik organlari va g’aznachilar ma’muriyatiga ega bo’lishi lozim. 
    Yaxlit ofis ishini va bank tiimlaridagi to’lovlar bilan ishlash, jumlaan, 
    elektron va davlat qimmatli qog’ozlar bozoriga xizmat ko’rsatish tizimi bilan 
    ishlashga bog’liq uning texnologik qismlarini tashkil etish an’anaviy hujjat 
    aylanasida qabul qilingan qog’oz hujjatlarini to’laqonli yuridik muqobili 
    hisoblanuvchi ob’ektlar – elektron xujjatlar bilan jamoaviy ishlash tamoyili 
    asosiga quriladi. Bunday yondashuv taqsimlangan
    tizimlar 
    ishini 
    murakkablashtiradi, lekin tizimda axborotlarning yuridik yaxlitligi va axborotlarni 
    jamoaviy qayta ishlashda ishonchliligini ta’minlaydi.
    Bunday ofisdagi ish joyi hujjatlar yaratish va qayta ishlashining qayta ishlash 
    yo’nalishini ro’yxatga olish va tashkil etishdan to qaror qabul qilinganligi qayd 
    qilinguncha barcha me’yoriy talablarini qoniqtirishi lozim. Odatda, bunday 
    tizimlar hujjat fayllari transporti vositasida AIJdan boshqasiga axborot 
    o’tkazishning yo’nalishli oqimlariga bog’langan konkret avtomatlashtirilgan ish 
    joylarida qat’iy takomillashtirilgan protsedura asosida faoliyat yuritadi.
    G’aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini shakllantirish 
    uchun maxsus kommunikatsiya tizimlari tashkil etiladi. Ma’lumotlar uzatilish 
    telefon va telegraf aloqa kanallari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. 
    Mamlakatning ulkan hududi bo’ylab tarqalgan tashkiliy strukturalar uchun 
    korporativ kommunikatsion qarorlar tuzish doirasida telefon aloqa tizimi va 
    umumiy foydalanishdagi regional komp’yuter-tarmoq qarorlari juda istiqbolli 
    hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalqaro aloqa tizimi “Kvant” seriyali nisbatan 
    zamonaviy kvazi elektron stantsiyalar qo’llanishiga asoslangan. Ular yagona 
    xalqaro kodlardan foydalangan holda, operator ishtirokisiz abonent nomerini 


    365 
    terishga imkon beradi. Bu stantsiyalardan foydalanish kommutirlanuvchi kanallar 
    bo’yicha avtomatlashtirilgan axborot ayirboshlashni takshil etishga imkon hosil 
    qiladi. Bunda telefon modemlari bilan jihozlangan va amaliy aloqa dasturiy 
    ta’minotiga mutanosib komp’yuterlardan foydalaniladi. Ayirboshlash tezligi ancha 
    sezilali kattalikda – 12000 dan 28 000 bod va undan yuqoriga erishadi (ajratilgan 
    aloqa kanallarida ma’lumort uzatish tezligi 1,5 Mb ga etishi mumkin). 
    Masofaviy obonentlar shchrtasida axborot ayirboshning sezilarli trofigida 
    yoki ishtirokchilari o’rtasida bog’lanish mumkin. Bunda axborot uzatish bor-
    yo’qligidan qat’iy nazar aloqa liniyasi fizik darajada krossirovka orqali jamlangan 
    va doimo mavjud bo’ladi. Shaharlararo va shahar (tuman) telefon ekspluattsiyasi 
    tashkilotlari ijara shartnomasi shartlarida doimiy foydalanishdagi kanal sig’imini 
    ajratib ko’rsatadi. Bunday kanallar ijarasining salmoqli qiymatini hisobga olib, 
    ularni texnik-iqtisodiy asoslash bilan tasdiqlangan zarur hollardagina qo’llash talab 
    etiladi. 
    Shaharlararo telefon alosasining kommutatsiyalangan kanallaribo’yicha 
    axborot ayirboshlani takshil etishdauzatish xarakteristikasi barqarorligiga 
    obonentlarni bog’lashda tizim tomonidan avtomatik ravishda ajratiluvchi fizik 
    aloqa kanallari sifati sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Biroq, shuni e’tiborga olish kerakki, 
    aloqa liniyasining g’oyat uzunligi, uskunaning va alohida uchastkalarda uzatish 
    liniyalarining jismoniy eskirishi kommutatsiyalanuvchi kanallar bo’yicha telefon 
    modem aloqasi ishonchliligini ancha pasaytiradi. Hozirgi vaqtda sifatli modemlar 
    va ixtisoslashtirilgan kommunikatsion amaliy dasturiy ta’minot bazasida Davlat 
    g’aznachilik organlari axborot texnologiyalarini shakllantirish uchun samardor 
    maydon sifatida foydalaniladi. Bunda ular ma’lumot uzatishning yo’naltirilgan 
    virtual kanallarida real vaqt bo’yicha ish yuritadilar, jumladan, masofaviy 
    terminallardan markaziy ma’lumotlar serveriga ma’lumot uzatishdaaxborotni 
    noqonuniy kirishdan himoyalash bilan shug’ullanadilar. 
    Shunday qilib, g’aznachilikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi 
    integratsiyalangan apparat-dasturiy tizimining tarkibiy qismi bo’lib, alohida 
    axborot – texnologik apparat – dasturiy vositalarni va turli darajadagi Davlat 


    366 
    g’aznachilik organlari tizimini, jumladan. Lokal hisoblash tarmog’, alohida 
    avtomatlashtirilgan ish joylari va terminallar, bu muassasalar tasarrufida bo’lgan 
    kommunikatsion komp’yuter tizim va vsoitalarini birlashtiradi.
    G’aznachilikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi byud jet jarayonining jami 
    ishtirokchilari o’rtasida kelishilgan formatdagi ma’lumotlar operativ va samarali 
    axborot ayirboshlanishini amalga oshirish imkonini taqdim etadi.
    Bunda Davlat g’aznachiligi Bosh boshqarmasi, Respublika sub’ektlari 
    bo’yicha Davlat g’aznachiligi boshqarmasi, Davlat g’aznachilikning hududiy 
    organlari kabi davlat g’aznachiligi organlari, byudjet mablag’larini olish, o’tkazish 
    va nazorat qilishda ishtirok etuvchi boshqa muassasa, tashkilot va korxonalar xam 
    ishtirok etadi. 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish