O’z-o’zini tekshirish uchun savollar




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
1.G’aznachilik nima va u qanday funktsiyalarni bajaradi? 
2.G’aznachilik organlarining avtomatlashtirilgan axborot texnoloyasi qanday 
vazifalarni hal etishga mo’ljallangan? 
3.G’aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil etishda 
qanday sxemalar qo’llaniladi? 
4.G’aznachilikda AAT terminal arzitekturasiga tavsif bering? 
5. “Mijoz-server” arxitekturasining moxiyati nimada? 
6.G’aznachilik organlari alova tizimi qanday tashkil etiladi? 
7.G’aznachilik AATyaratish va ishlab chiqishga asosiy xarajatlarni sanab 
o’ting? 
 
 
 
 


367 
5-BOB. IQTISODIYOTDAGI AXBOROT KOMPLEKSLARDA
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
 
5.1. Raqamli iqtisodiyotda kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash
texnologiyasi 
 
Butun jahonda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlanishi barcha 
sohalarni tubdan o‘zgarishlarga olib keldi, shu jumladan iqtisodiyot sohasida ham 
turli xil ish yuritish faoliyatlari rivojlana boshladi. Internet tarmog‘ining 
rivojlanishi bizga web texnologiyalarini, avtomatlashtirilgan ish joylarini, ekspert 
tizimlarini, intellektual tizimlarini va bir qancha boshqa tizimlarni kirib kelishiga 
sabab bo‘lmoqda. German Gref o‘zining ochiq ma’ruzasida “2015 yil – bu axborot
texnologiyalari asridan raqam lashtirish asriga o‘tish yilidir”. Shuning uchun ham 
hozirgi kunda internet iqtisodiyot tushunchasi raqamli iqisodiyot deb kirib 
kelmoqda.
Raqamli iqtisodiyot (elektron, raqamli, web, Internet-iqtisodiyot) - bu 
sohani samaradorligini oshirish va rivojlantirishda intellektual va axborot 
tizimlarni ham ohang foydalanishdir. Bunga korxonalarni boshqaruv faoliyatlarini 
internet orqali amalga oshirishi va elektron tijorat bilan bog‘liq raqamli 
texnologiyalarga asoslanishi, elektron mahsulotlar va xizmatlar bilan ishlab 
chiqarilgan va sotadigan xo‘jalik faolityatini kiritish mumkin.
Raqamli 
iqtisodiyotning 
shakllanishi 
mamlakatimiz 
strategik 
rivojlanishining asosiy maqsadlaridan biridir. Bu alohida, qo‘shimcha sanoatni 
yaratish emas, balki u hayot tarzidagi tub o‘zgarishdir, Rossiyada biznesni va 
ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun yangi mustahkam poydevorni barpo 
etishdir. 
Faol texnologik transformatsiya bu jarayonning inkor etilmaydigan 
mexanizmi hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiy jarayonlarni optimallashtirish 
uchun qanday raqamli vositalar qo‘llaniladi va ertaga faol ravishda joriy qilinadi - 
to‘lqinlar platformasi yaratuvchisi va bosh direktori Aleksandr Ivanovga ma’lum 


368 
qiladi. 
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning 
iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli texnologiyalarning 
jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv 
jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turdi. Ulardan foydalanish samaradorligi 
ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tobora kengayib 
bormoqda. Bozor sub’ektlarining faoliyatida raqamli transformatsiyalarning asosiy 
omili raqamli madaniyatni rivojlantirishdan iborat. Jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy 
isloh qilishning hozirgi bosqichida atrof-muhit jamiyatning institutsional 
tuzilishiga xos xususiyatlarini keltirib chiqarmoqda va bu asosda yangi 
tushunchalar va yondashuvlarni shakllantirishga zarurat tug‘diradi.
Iqtisodiyot va jamiyatning "raqamlashtirish" jarayoni (ingliz tilida – 
digitization ya’ni, raqamlashtirish, ba’zan esa digitalization ya’ni raqamlashtirilishi 
ma’nosini bildiradi.) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik 
kiritish kerak. Eng keng ma’noda "raqamlashtirish" jarayoni odatda raqamli 
texnologiyalarni keng qo‘llash va assimilyasiya qilish tashabbusi bilan boshlangan 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishni anglatadi. axborotni yaratish, qayta ishlash, 
almashish va uzatish texnologiyalaridir
16
.
Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan. Jumladan, 
iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi 
V.Ivanov "Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to‘ldiradigan virtual muhit" - deb ta’rif 
bergan.
Tomsk davlat universitetining professori, R. Meshcheryakovning fikricha 
"raqamli iqtisod" atamasiga ikkita yondashish mavjud deb hisoblaydi. Raqamli 
texnologiyalar asosida iqtisodiyotning va elektron tovar va xizmatlar eksklyuziv 
domen tavsiflovchi raqamli iqtisodiyot: birinchi yondashuv "klassik" deb 
nomlanib, klassik misollar - teletibbiyot, masofaviy ta’lim, dori-darmonlarni sotish 
(filmlar, televizorlar, kitoblar va boshqalar). Ikkinchi yondashuv: "raqamli iqtisod" 
16
Данное определение приводитс я, в частнос ти, экспертами UNCTA D (The Transformative Econo mic Impact 
of Digital Technology,http://unctad.org/meetings/en/Presentation/ecn162015p 09_ Katz_en.pdf)


369 
ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir.
M.L. Kalujskiy raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, 
shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir deb
ta’riflagan.
Manbalarda keltirilishicha “Raqamli iqtisodiyot” iqtisodiyotning bunday turi 
ma’lum darajada amalda ishlaydigan turdagi model hisoblanadi. Raqamli iqtisod - 
bu ishlab chiqarish kompleksi, inson uchun hayot va qulaylikni ta’minlaydigan 
mahsulot va xizmatlarni yaratadigan ishlab chiqarish tizimi bo‘lib, u erda ma’lum 
bir kiber-jismoniy(kiberfizicheskaya) tizim paydo bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan fikirlardan kelib chikan holda raqamli iqtisodiyotga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin. 
Raqamli iqtisodiyot - bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar uchun 
qulayliklarni ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit 
bo‘lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish 
tizimidir.
Shuningdek, raqamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan barcha 
narsani qamrab olishi mumkin, ya’ni mantiqiy sxemalarda namoyon bo‘ladi. 
Hayotning o‘zi esa bu "narsalarni" ishlab chiqarish, tarqatish, almashtirish va 
iste’mol qilish tizimiga aylantirishga imkoniyat yaratadi. Xaqiqatdan ham 
insonning ruhiy haqiqatida joylashgan dunyoning virtual qismidan oldin ishlab 
chiqarish kuchi bo‘lmagan, yangi g‘oyalar va mahsulotlar yaratilgan muhit emas 
edi.
Raqamli iqtisodiyot eng avvalo elektron tijorat tizimida qo‘rib chiqishimiz 
mumkin, keyinchalik internet texnologilari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni 
raqamlashtirishga korxona va tashkilotlarni ish faoliyatlarini internet orqali amalga 
oshirish jarayonlari kiritamiz. Chunki korxonalar nafaqat xizmatini balki 
boshqaruv tizimlarini ham internet orqali amalga oshiradi. Raqamli tovarlarni 
rivojlantirish ulardan samarali foyda olish, elektron, raqamli pul o‘tkazmalarini 
amalga oshirish tizimlarini tadbiq qilish jarayonlari ham raqamli iqtisodiyotni 
asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Xozirgi kunda jahonda kriptovalyuta to‘lov 


370 
tizimlari rivojlanmoqda. Rossiya, SNG davlatlari,shu jumladan bizning 
mamlakatimizda kriptovalyutalarni o‘rganish davr talabi ekanligi aytilib 
o‘tilmoqda. Yaponiya, AQSH va qo‘pchilik Evropa davlatlari kriptovalyutani 
blokcheynlari bilan faoliyat yuritishadi. Iqtisodiyotni va zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi elektron tijorat tizimini yanada 
rivojlantirishga olib keladi. 
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishidagi iqtisodiy statistik 
ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Raqamli iqtisodiyot faoliyati yaqindan o‘rganildi va 
ma’lumotlar bazasi yig‘ildi. To‘plangan ma’lumotlar asosida kuzatish va iqtisodiy 
tahlilni qiyoslash, tizimli yondashuv hamda mantiqiy yondashuv kabi uslublardan 
samarali foydalanildi.

Download 8.25 Mb.
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish