A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Yagona 
Davlat 
Interaktiv 
Xizmatlari 
Portali 
(YIDXP)- 
www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida 
ish boshladi: 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
 
1. Elektron huqumatni rivojlanish boskichlari? 
2. Elektron huqumatga ta’rif bering? 
3. O’zbekistonda elektron huqumatning qanday modellari mavjud? 
4. O’zR elektron huqumatining arxitektura tuzilishini ifodalang? 
5. Dov.uz nima? 
6. My.dov.uz nima? 
7. Huqumat portalida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? 


390 
 
5.3. Elektron tijorat texnologiyasi 
Shuni aytish lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat’iy ta’rif berish 
bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot 
vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat tovarlarni Internet ishlatish 
orqali sotib olish, deya ta’riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan 
nashriyotlarda elektron tijoratni juda kо‘p ta’riflari keltiriladiki, ularda ushbu 
global xodisaning u yoki bu hususiyati qirralari qayd etiladi. Umumiy holda bu 
yerda "elektron" va "tijorat" sо‘zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan 
qanday ma’no berishini bilib olish lozim. Shundan kelib chiqib, elektron tijorat 
tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. 
Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, tо‘lovni 
amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda 
qatnashuvni о‘z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli 
texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va 
elektron vositalar yordamida о‘tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir 
yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga о‘tishi ta’minlanadi. 
Keltirilgan ta’rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa 
sо‘zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bо‘lgan 
maqsadni о‘zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan 
elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar tо‘liq yopiq amallarni 
(operatsiyalar) elektron yо‘l bilan о‘tishini ta’minlaydi. Keyinchalik esa biz 
shunga amin bо‘lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan 
tizimlarning asosiy qismi operatsiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy 
usullari, masalan tovar va xizmatlar tо‘lovini о‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan 
ta’rifda "savdo" va "Internet" sо‘zlari yо‘q bо‘lishiga sabab shuki, elektron 
tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bо‘yicha axborot 
texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet 
imkoniyatlari 90 -yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning о‘zi esa 
bundan uzunroq tarixga ega. 


391 
Elektron tijorat tushunchasining paydo bо‘lishi 1948 yilda G‘arbiy Berlinni 
kerakli material -texnik xom ashyo bilan ta’minlash uchun G‘arbiy mamlakatlar 
tomonidan bunyod etilgan avia kо‘prikni tashkillashgirish ishlarida qо‘llanilgan 
amaliyot bilan bog‘lanadi. Ushbu kо‘prik deyarli 11 oy faoliyat kо‘rsatib, shahar 
ehtiyojlari tо‘g‘risida juda tez va aniq ma’lumotlar uzatilishini talab qilgan. 
Agar Berlin avia kо‘prigini elektron tijoratning paydo bо‘lish nuqtasi yoki 
alohida epizodi hisobida kо‘rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish 
faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya 
hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g‘oyasi AT&T korporatsiyasi telefon 
chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun 
chaqirilgan abonentlar shaharlararo sо‘zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli 
kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu о‘z navbatida, 800 
talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bо‘ldi.
AQShda, misol uchun, 
har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi. 
2006 yil hisob-kitoblariga kо‘ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard 
dollardan oshib ketgan. Yevropada esa bu kо‘rsatkich 130 milliard dollarga 
yetganligi taxmin qilinmoqda.
Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali 
unchalik katta emas. Ekspertlarning baholashicha, 2006 yil sо‘ngida u 1,55 
milliard dollarga tenglashgan bо‘lsa-da, о‘sish sur’ati yiliga 30-50 foizni tashkil 
etmoqda.
Internet tarmog‘i paydo bо‘lguncha bir necha yillar davomida elektron 
tijorat turli xil ma’lumotlarni uzatish elektron tizimlarida asoslangan. EDI 
(Yelestronic Data Interchange - ma’lumotlar elektron almashinuvi), YEFT 
(Electronic Funds Transfer-fondlarning elektron almashinuvi), YE -Mail 
(Yelestronic Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir 
qatorida yuqoridagi ma’lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham 
foydalaniladi. Internet elektron tijoratning butun dunyoda tarqalishi uchun eng 
istiqbolli vosita bо‘lishiga qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot 
texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik о‘rnini egallab olmaydi. 


392 
Biroq aynan global tarmoq elektron tijoratning rivojlanishiga qattiq turtki 
berdi va u katta korporatsiyalargagina emas, balki kichik va о‘rta tadbirkorlarga 
hamda alohida shaxslarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Bu bilan esa 
yetkazib beruvchilar va iste’molchilarning tobora kengroq doirasini elektron 
tijoratga jalb etish mumkin bо‘ldi. Elektron tijorat kundan - kunga tovar va 
xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, 
sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga 
birlashtirib, hamkorlarning о‘zaro ta’siri axborot va telekommunikatsion 
texnologiyalar yordamida samarali va tо‘siqlarsiz rо‘y berishiga imkon berdi. 
Elektron biznes – bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori 
iqtisodiy 
samaradorlikni 
ta’minlash maqsadida eng ilg‘or axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir. 
Elektron tijorat о‘z - о‘zidan tovar va xizmatlarni realizatsiyalash va 
yetkazib berish shartnomalarini tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim 
xizmati bilan bog‘liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta’minot, 
bino loyihalari va b.) ni tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar 
(transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning 
tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar
yetkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli 
hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va telekommunikatsion
qо‘llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu 
virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba’zida esa juda 
katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat kо‘rsatishda 
elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron 
tijoratning rivojlanishiga olib keladi. Hozirgi elektron tijorat yuritishning turli xil 
andozalari qariyb hamma mamlakatlarda, iqtisodiyotlarning turli sohalarida, turli 
xil hajmdagi korxonalarda, shuningdek davlat muassasalari va turli darajadagi 
vakolatli qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu 
andozalarning umumiy -qabul qilingan tasnifi asosiga shartli ravishda mol 
yetkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin bо‘lgan elektron tijoratning 


393 
о‘zaro aloqador tomonlari turlari qо‘yilgan. Bu tavsifning mazmuni shundan 
iboratki, elektron tijoratni yuritish andozalari mol yetkazib beruvchi va 
xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi. 
Tovar yetkazib beruvchi va xaridorlar turkumiga quyidagilar kiradi: 
Davlat (Government)
Korxona (Business) – Yuridik shaxs 
Mijoz, iste’molchi (Consumer)- Jismoniy shaxs 
Hamkor (Partner) 
Korxona xodimi (Executive, Employee). 
Andoza belgilanishi tovar yetkazib beruvchi va xaridor nomlanishidan 
tuziladi. Misol: Ingliz tilida (Business to business) yoki о‘zbek tilida (korxona-
korxona) Business to consumer-korxona-iste’molchi. Andozaning qisqartirilgan 
belgilanishi sotuvchi va xaridorning ingliz tilidagi nomlari bosh xarfidan tuziladi 
va ular о‘rtasida 2 raqam qо‘yiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatda turli xil darajada quyidagi andozalardan foydalaniladi: B2B, B2C, 
B2P, B2E, C2B.C2C, B2G, G2P, G2B: (davlat - korxona) va P2G (hamkor -
davlat). 

Download 8.25 Mb.
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish