A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat 
hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda
avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro 
o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot texnologiyalaridan 
maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida 


378 
«Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat 
tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani 
mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina 
qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv 
shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.
Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda 
interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari veb -
saytlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 49ta 
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 
94taga kengaytirilgan bo‘lib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod ko‘rinishni qamrab 
oladi. 
O‘zbekiston matbuot markazida “Elektron hukumat tizimi va interaktiv 
davlat xizmatlarining rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Shermatov OAV 
vakillariga Elektron hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga 
oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi kunda 
ushbu yo‘nalishda Korea Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib 
borilayotganiga to‘xtaldi. 
Qo‘mitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi 
boshlig‘i Olimjon Umarov mavzu bo‘yicha batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi 
Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haq ida to‘xtalar ekan, davlat data-
markazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali hamda davlat organlari 
axborot tizimi majmuasini tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan 
ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv 
davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi. 
Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 
yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 2013 
yil 18 yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda 


379 
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini 
ishlab chiqish muhimligini qayd etib o‘tgandi. 
Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus ishchi 
guruhi tomonidan mazkur yo‘nalishda dunyo yetakchisi bo‘lmish Korea 
Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi 
ilg‘or tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish 
bo‘yicha Konsepsiya va Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish 
Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. 
Loyihalarni ishlab chiqishda koreyalik va boshqa xorijiy ekspertlar faol 
qatnashmoqdalar, ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistonning turli vazirliklari va 
idoralari mutaxassislari bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar va 
yig‘ilishlar o‘tkazilapti. 
Ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasida 2013-2017 yillarda 
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va Kompleks 
dastur davlat organlarining o‘zaro va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan 
munosabatlarining bugungi holati va yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, 
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha asosiy 
vazifalarni belgilaydi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha taklif 
etilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash uchun davlat organlari 
interaktiv xizmatlarining turli sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli 
ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan. 
«Elektron hukumat» tizimi joriy etilishi natijasida to‘liq tranzaksiyalangan 
xizmatlarga o‘tilishi kutilmoqda, bu esa, aholi va biznes vakillarining davlat 
xizmatidan foydalanishda turli instansiyalarga qatnashni va davlat xizmatchilari 
bilan bevosita muloqotda bo‘lishni istisno etadi. Bu, o‘z navbatida, aholiga 
qo‘shimcha qulayliklar yaratishga va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga 
xizmat qiladi. 
Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20dan 
oshiq loyihalar amalga oshirildi. Ular sirasida: 


380 
Gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali, u tashkilotlar, 
shuningdek, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi elektron-axborot 
munosabatlari infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. Har qanday 
fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili bu yerdan O‘zbekiston davlat 
hokimiyatining barcha unsurlari haqida to‘liq ma'lumot olishi, shuningdek, 
bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu hokimiyat organiga elektron shaklda 
rasmiy so‘rov yuborishi mumkin. Bu portalda, shuningdek, Bazaviy interaktiv 
davlat xizmatlari to‘liq reestri chop etilgan. 
“Elektron hukumat” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng 
qo`llash hisobiga tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari hamda 
davlat organlarining faoliyati natijalari to`g`risida axborot olish tezkorligi va 
qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi.
Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisobiy barqarorligini 
mustahkamlashning 
muhim 
omili 
sifatida 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati 
siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, 
maqsadi va istiqboldagi rivoji O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy 
axborot-kommunikatsiya 
tizimini 
yanada 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi qarorida ham o‘z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-
2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, 
tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, 
tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va 
tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va 
sifatini yanada oshirishdan iborat. 
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya 
texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli 
ravishda yana ikki dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston 


381 
Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini 
rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – “elektron hukumat” tizimining axborot 
tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish. 
Telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
tarmoq 
va 
infratuzilmasini 
rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida simli va simsiz 
aloqani, ma’lumotlar uzatish hamda ovozli trafik kommutatsiya markazlarini 
yanada rivojlantirish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va 
kengaytirish, multimedia xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani 
yaratish vazifalari belgilab olingan.
Misol uchun, 2020 yigacha keng polosali optik aloqa tarmoqlarini 
rivojlantirish va kengaytirish, undan so‘ng mamlakatning barcha hududlarida 
EVDO, 3G, 4G LTE baza stansiyalarini o‘rnatish ishlarini olib borish 
rejalashtirilgan. Korporativ sohalar uchun multimedia xizmatalrini ko‘rsatish 
studiyalarini ishga tushirish, axborot-ma’lumotnoma markazlari, ma’lumotlarni 
saqlash va qayta ishlash, keshlash markazlari faoliyatini takomillashtirish ko‘zda 
tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son 
Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish 
bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va 
ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati 
Kompleks dasturi tasdiqlangan.
Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy 
etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks 
dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil 
qilingan. 
Shu bilan birga Vazirlik qoshida 2 ta yirik “Elektron hukumat” tizimini 
rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil 


382 
etish belgilangan.
O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab 
chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni 
amalga oshirish belgilangan: 
Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish, bunda interaktiv xizmatlar 
bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini o‘rganish, va takliflar ishlab 
chiqish. 
Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish. 
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish. 
Texnik topshiriq ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish. 
Loyihani amalga oshirishdan iboratdir. 
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 
2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi 
amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini 
birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan 
foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot 
almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 
2013 yilda ishga tushirilgan 
Yagona portal
 orqali amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini 
identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan identifikatsiya 
tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma’lumot 
va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot 
tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi 
hisoblanadi.
Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan 


383 
elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, 
samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya 
texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 
O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon 
axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning 
yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish