A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Franchayzing.
 
Validatsiya. 
 
Uzoqlashgan auditoriyalar. 
 
Loyihalar. 
 
 


439 
 Masofadan o’qitish tizimi tashkil qilish texnologiyasi 
 
Masofadan o'qitish
bu Internet tarmog'i orqali sizga qulay bo'lgan vaqtda 
o'qishdir. Masofadan o'qitishning tarkibiy belgilari: o'qituvchi, o'quvchi, 
kommunikatsiyadir. 
 
Masofali ta'lim G'arbda an'anaviy bo'lib qoldi: har bir yuqori mavqega 
ega bo'lgan universitet hozirgi kunda albatta, masofali ta'lim dasturiga ega. Ko'plab 
maxsus "masofali o'quv yurtlari" ochilmoqda, ulardan ko'pchiligi dunyoda 
mashhur va turli mamlakatlarda o'zlarining bo'limlarini ochmoqdalar (misol uchun, 
Britaniyada Open University). Tahminlarga qaraganda, aynan masofali ta'lim 
(an'anaviy o'qish shakllari bilan birgalikda) keng tarqalib boradi, ta'limning bu 
shaklini "kelajak ta'limi" deb atamoqdalar.
Ko'pchilik chet el davlatlari masofali ta'limni ustuvor yo'nalish deb e'lon 
qildilar va ushbu yo'nalishni rivojlantiirshga katta mablag'lar ajratmoqdalar. Ushbu 
jarayonni amerikaliklar boshlab berdilar Hozirgi kunda masofaviy ta'lim AQShda 
mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib 
taqaladi. Avvalida masofaviy ta'lim sohasida o‘quv muassasalari yakka holda 
faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo‘ldosh teleko‘rsatuvlar rivojlanib borishi 
bilan, bu o‘quv kurslari ustida bir necha o‘quv muassasalari hamkorlikda ish olib 
bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson 
faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta'lim olish sohasiga ham katta ta'sir 
ko‘rsatdi. So'nggi paytlarda ta'limning ushbu turi Yevropada ham faol 
rivojlanmoqda; Avstraliya ta'lim dasturlarini ommaviy ravishda kompyuter tiliga 
o'tkazib, ularni faol eksport qilmoqda.
Mamlakatimizda 
masofali ta'limni rivojlantirishga 
katta e'tibor 
qaratilmoqda.
Ko'pchilik masofali ta'lim - bu shunchaki bizga ma'lum sirtqi ta'limning 
yangi shakli deb hisoblaydilar. Ma'lum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson 
uyidan chiqmasdan o'qishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart 
dastur bilan zamonaviy kompyuteri bo'lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni 


440 
aynan masofali ta'lim va zamonaviy tehnika hamda texnologiya bir-biridan 
ajralmasligidan iborat. Bugungi kunda talaba o'z mamlakatidan chiqmay turib, 
deyarli, barcha G'arb universitetlari dasturlari bo'yicha ta'lim olishi mumkin. Ta'lim 
siyosiy va iqtisodiy birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy 
foydalaniladigan 
bo'lib 
bormoqda.
Masofali ta'lim g'oyasida aynan ta'lim an'anaviy turlarida qabul qilingan 
(ham kunduzgi, ham sirtqi) "o'quvchilarning bilimga intilishlaridan" "bilimlarni 
o'quvchilarga qarab harakatlanishi" juda muhim. Dastavval masofali ta'lim oliy 
ta'limga ega insonlarning malakalarini oshirishlari uchun mo'ljallangan edi. Uning 
eng oddiy turi - bu avvallari ham mashhur bo'lgan televizion ko'rsatuvlar seriyasi 
hisoblanadi: butun bir kanal maxsus ta'lim dasturi uchun ishlaydi. Hozirgi kunda 
yanada kuchliroq texnikalar paydo bo'lishi bilan masofali ta'lim imkoniyatlari 
kengaymoqda. Rossiyada siyosiy va iqtisodiy islohotlar sababli uning ba'zi oraliq 
bosqichlari o'tkazib yuborildi va eng ilg'or - Internet tarmog'i orqali ta'lim olish turi 
keng tarqaldi. 
Jahon amaliyotida masofali ta'lim barcha kurslari uchun albatta sertifikat 
beriladi, uni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. Barcha kurslarda ham albatta 
bunday ishlar yaqin vaqtlarda amalga oshirilishi lozim. Bugungi kunda taklif 
etilayotgan ko'pchilik masofali ta'lim kurslari - bu qiziqishga asoslangan 
mashg'ulotdir. 
Faqatgina 
izlash 
serverlarining 
o'zi 
"masofali 
ta'lim" 
so'rovnomangizga 
minglab 
manzillarni 
ko'rsatib 
beradi.
Bu dastur o'quvchiga faylda ma'lum bilimlar hajmi ko'rinishida kelib tushadi. Uni 
o'rganib chiqqandan keyin "talaba" dasturni "tekshirishni" ishga tushiradi -dastur 
unga savollar beradi.
Savollarga javoblar asosida o'quvchiga keyingi bosqichga o'tish taklif 
etiladi yoki uning tayyorgarligi yaxshiroq bo'lishi kerakligi xabar qilinadi. Aniq 
fanlarda bilimini baholash masalasi nisbatan oson hal qilinadi va bu yerda testlar 
qo'llanilishi o'zini oqlaydi, lekin gumanitar fanlarda albatta javobning matni kerak 
bo'ladi. Ko'plab oliy o'quv yurtlari tajribalari nazorat o'tkazishni sirtqi ta'lim 
shaklida bo'lgani kabi, kunduzgi o'qish mashg'ulotlari ko'rinishida o'tkazish yaxshi 


441 
bo'lishini ko'rsatadi. Lekin, misol uchun, oliy o'quv yurti AQShda, o'quvchi esa - 
Rossiyada bo'lgan hollarda nima qilish kerak? Bu yerda albatta yozma imtihon 
yagona yo'li hisoblanadi. Mana shu sababli mamlakatimizda videokonferensiyalar 
usuli keng tarqalgan, bugungi kunda qo'llaniladigan o'qitish usullaridan biri 
quyidagicha bo'lishi mumkin: "Talaba" axborotni oladi, uni o'rganib imtihon 
topshiradi. Boshqa usul ham mavjud. O'quv materiallari serverga kiritiladi, ularni 
o'zlashtirib ma'lum vaqtdan so'ng nazorat ishini yozadilar. Shunday qilib, bloklar 
bilan o'quvchilar butun dasturni o'zlashtiradilar, keyin esa tashkilotchilar 
imtihonlar 
topshirish 
vaqtini 
belgilaydilar. 
G'arbda 
ko'chirib 
olishga 
odatlanishmagan: 
agarda 
bilim 
olishni 
xohlasangiz 
o'qish 
kerak.
Endi uyda o'tirish va g'arb namunasidagi diplom olish imkonidan tashqari 
masofali ta'lim nimasi bilan afzal ekanligini tushunib olish qoldi.
Uning xususiyatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda, 
moslashuvchanligi to'g'risida ta'kidlab o'tish zarur. Masofali ta'lim tizimida bilim 
oluvchilar odatda, leksiyalar va seminarlar kabi muntazam mashg'ulotlarga 
qatnamaydilar, balki o'ziga qulay vaqtda, qulay joyda hamda qulay sur'atlarda 
ishlaydilar. Haqiqatda bilim olishni istovchilar. Odatiy hayot tarzini buza 
olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun katta ustunliklari mavjud. Bundan 
tashqari, o'qishga kirish uchun talabadan ma'lum bilim darajasi talab qilinmaydi va 
har kim fanni o'zlashtirishi va baholanishi uchun qancha kerak bo'lsa, shuncha 
o'qishi 
mumkin.
Masofadan o'qitish
uslubiy materiallari
quyidagilardir:
- Darslik
- Audio va video darsliklar
- On-line darslar (Internet sahifa)
- Elektron kutubxonalar
- Testlar
- Multimedia
- elektron darsliklar.
Hozirgi kunda
Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn 


442 
darsliklar
rasmga kirmoqda. Misol sifatida quyidagi darslik bilan tanishib 
chiqishingiz mumkin. Bu 

Download 8.25 Mb.
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish