• Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish
  • Bulut – tejamkorlik manbaasi bo‘lishi shart emas.
  • Xususiy bulut doim ham buyurtmachida joriy etilavermaydi
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish modellarini 
    barchasini o‘z ichiga oladi (xususiy, ommaviy). Odatda, korxonalarda yaratiladi, 
    ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona va ommaviy bulutni etkazib 
    beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi 
    xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Odatda, bunday turdagi 
    bulutlar mavsumiy faollik davriga ega tashkilotlarda foydalaniladi. Boshqacha 
    ifodalaganda, ichki AT-infratuzilma joriy masalalarni echish xususiyatiga ega 
    bo‘lmay qolishi bilan quvvatning bir qismi ommaviy bulutga tashlanadi (masalan, 
    ishlov berilmasa korxona uchun xech qanday qiymatga ega bo‘lmaydigan kat ta 
    hajmdagi statistik axborotlar), shuningdek, ommaviy bulut orqali korxona 
    resurslariga (xususiy bulutga) foydalanuvchilar kirishini taqdim etish uchun ilmiy-
    amaliy asoslangan gibrid bulut mijozlardan va ikkinchi darajali to‘lovlarni olishda 
    ham xavfsizlikni talab qiluvchi o‘ta muhim jarayonlarda xizmat ko‘rsatishi 
    mumkin. 
    Hybrid cloudning asosiy kamchiligi bunday echimlarni samarali yaratish va 
    ularni boshqarishni murakkabligi hisoblanadi. Turli manbaalardan xizmatlar olish 
    uchun ularni yagona manbaa sifatida tashkil etilishi zarur bo‘ladi. Xususiy va 
    ommaviy komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik echimni yanada 
    murakkablashtirib yuboradi. Bu bulutli hisoblash sohasida yangi arxitekturali 
    konsepsiya hisoblanadi, bu model uchun yangidan-yangi amaliy tavsiya va 
    instrumentlar paydo bo‘ladi, uni keng tarqalishi to‘liq tadqiq etilmaguncha 
    cho‘zilib ketadi. 
    Amerika “Gartner” tadqiqot va konsalting kompaniyasi vitse prezidenti va 


    61 
    etakchi analitigi Tom Bittman fikriga ko‘ra
    10
    , yuqorida sanab o‘tilgan uch turdagi 
    tarqatish modellari orasida ayni damda biznes uchun eng dolzarb bo‘lgan 
    texnologiya xususiy bulut hisoblanadi. T. Bittman xususiy bulut to‘g‘risida yanada 
    aniq tasavvur olish uchun yordam beradigan beshta asosiy lahzani ajratib berdi: 
    1. Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish. Server va infratuzilishni 
    virtuallashtirish xususiy bulutli hisoblashning asosi hisoblanadi, virtuallashtirish va 
    virtuallashgan muhitni boshqarish o‘z-o‘zidan xususiy bulut bo‘lib qolmaydi. 
    Virtuallashtirish serverlarni, desktoplar, saqlash hajmlari va boshqalarni 
    samarali tuzilmalashtirish, birlashtirishga imkon beradi. Ammo, texnik bulut bulut 
    hisoblanishi uchun, ya’ni, virtual mashina, ot yoki Otni bog‘lovchi konteynerlar, 
    yuqori bardoshli OT, grid-hisoblash DT, saqlash resurslarini abstaktlovchi DT
    ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi DT kabilardan tashkil etuvchilar bo‘lishi zarur.
    “Xususiy bulut” atamasi ommaviy yoki gibbriddan farqli ravishda yagona 
    tashkilot tomonidan foydalaniladigan resurslarga tegishli, yoki tashkilotning bulut
    resurslari bulutdagi boshqa komponentlardan to‘liq izolyasiya qilinganligini 
    aniqlab beradi. 
    2. Bulut – tejamkorlik manbaasi bo‘lishi shart emas. Bulut pul 
    mablag‘larini tejaydi degan tushuncha eng katta va asosiy aldanish hisoblanadi. 
    Tejamkorlik bo‘lishi mumkin, ammo bu majburiy atribut hisoblanmaydi. 
    Bulut korporativ talablarni qondirishi uchun resurslarni yanada samarali 
    taqsimlashga imkon beradi va qurulmalarga qilinadigan kapital xarajatlarni 
    kamaytirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ammo, xususiy bulut avtomatlashtirishga 
    sarmoyalar kiritishni talab qiladi va tejab qolish to‘liq qiymatini qoplay olmasligi 
    mumkin. Demak, xarajatlarni tushirilishi bu modelning bosh ustuvorligi 
    hisoblanmaydi. Shu nuqtai-nazardan, bulutli modelni joriy etishdagi bosh rag‘bat 
    tejab qolish emas, balki bozorga chiqish, yangi xizmatlarni joriy etish tezligini 
    oshirishga imkon beruvchi talabga mos holda tezda moslashish va dinamik 
    ko‘lamlanuvchanlik imkoniyati bo‘lishi kerak. 
    10
    Облачные вычисления (Cloud computing). 2012. URL: 
    http://www.tadviser.ru/index.php/Статья:Об-
    лачные_вычисления_(Cloud_computing)
    , Ga rtner призывае т к правильному пониманию частного облака . 
    2012. URL: http://www.c rn.ru/news/ detail.php?ID=73064 


    62 
    3. Xususiy bulut doim ham buyurtmachida joriy etilavermaydi. Xususiy 
    bulut atamasi aniq bir joyda joylashuvni emas, konfidensiallik, resurslarga egalik 
    qilish yoki mustaqil boshqaruvni aniqlab beradi. 
    Ko‘plab etkazib beruvchilar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadi, 
    ya’ni, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. “bulut o‘zining qaerda 
    ochilganligiga emas balki, maxfiyligi, unga kim egalik qiladi va boshqarishga kim 
    mas’uliyatni olishiga ko‘ra xususiy hisoblanadi. Masalan, o‘zining ma’lumotlarga 
    ishlov berish markazlarini (MIBM) xosting-provayderda joylashtirish yoki turli 
    buyurtmachilar resurslarini birlashtirib, virtual xususiy tarmoqlari (Virtual Private 
    Network – VPN) yordamida bir-biridan ximoya qilishi mumkin. 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish