• 3-guruh topshirig‘i.
  • Rolli o‘yin loyihalari.
  • Izlanish xarakteridagi loyihalar.
  • A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti




    Download 148.38 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana15.05.2023
    Hajmi148.38 Kb.
    #59790
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Далолатнома, fotografiya-kak-yazyk-k-voprosu-o-spetsifike-prochteniya
    1-guruh topshirig‘i. O‘rta yoshli aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan 
    shug‘ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga 
    muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 
    2-guruh topshirig‘i. O‘rta yoshli og‘ir jism oniy mehnat bilan 
    shug‘ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga 
    muvofiq holda ulaming ovqat ratsionini tuzing. 
    3-guruh topshirig‘i. Boshlang‘ich sin f o‘quvchilari uchun bir kecha-
    kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ulaming ovqat 
    ratsionini tuzing. 
    4-guruh topshirig‘i. O‘smir yoshdagi o‘q uvch ilar uchun bir kecha-
    kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat 
    ratsionini tuzing. 
    Rolli o‘yin loyihalari. Ushbu loyihalarda struktura aniqlanmaydi va ish 
    tugagunga qadar ochiq bo‘ladi. Loyiha qatnashchilari muayyan rollarni bajaradilar. 
    Rollarga muvofiq holda ulaming vazifalari aniqlanadi. O‘yin sujetiga muvofiq ular 
    rollarni bajarishi, tegishli hollarda “mansabdor shaxs” sifatida muloqotga kirishishi, 
    bunda mavjud qobiliyat va iste’dodlari, o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va 
    malakalarini safarbar etishlari lozim. Loyihani hal etish jarayonida ko‘zlangan 
    natijaga erishishlari uchun juda ko‘p mehnat qilishlari, izlanishlari, mustaqil va 
    ijodiy fikr yuritishlari, mustaqillik va onglilik talab etiladi. Bu yerda ijodiy izlanish 
    mavjud, lekin o‘quvchilar ma’lum rollarni bajarish orqali loyiha hal etilganligi 
    sababli rolli o‘yin loyihalar sanaladi. 
    Izlanish xarakteridagi loyihalar. Loyihalarning bu tipi muayyan bir mavzu 
    bo‘yicha axborot va material to‘plash, to‘plangan axborot va materiallar bilan loyiha 
    qatnashchilarini tanishtirish, ulam i tahlil qilish, faktlami umumlashtirish, olingan 
    natijalarni rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur loyihalar tadqiqot 
    xarakteridagi loyihalar bilan uyg‘unlashib ketadi va uning bir qismiga aylanishi 
    mumkin. Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanishi 
    mumkin. Bular jumlasiga “O‘zbekiston qizil kitobi”ga kirgan o‘simliklar va 
    hayvonlar, “O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi”, “O‘zbekistonning dorivor 
    o‘simliklari” kabi mavzulardagi loyihalarni kiritish mumkin. 

    Download 148.38 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 148.38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

    Download 148.38 Kb.
    Pdf ko'rish