• (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) foydalanish” mavzusida ma’ruza matni Ma’ruzaсhi
  • 4-Mavzu:Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy tarmoq (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) foydalanish.
  • Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati
  • A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti




    Download 174.19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana27.05.2023
    Hajmi174.19 Kb.
    #65612
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1667796392 (5), Axborot tizimlarining integratsiyasi, AMDP majuma 2-k MAG, Mavzu415646546, Договор (ГНК) 20 от 14.12.2023 , 33 14 12 2023, contractDoc 6576b6b99c3efdfa1f62c69a, Mavzu Aholi daromadlari uning turlari va shakllanish manbalari.


    A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
    O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
    INSTITUTI 
     
     
     
     
    “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
     
     
     
    Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
    moduli bo‘yicha 
     
     

    Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda 
     yangicha yondashuvlar

     
     
    o‘quv kursining
     
    Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy tarmoq 
    (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) 
    foydalanish” mavzusida ma’ruza matni 
     
     
    Ma’ruzaсhi:
    PhD Askarov M.M. 
    Toshkent-2022



    4-Mavzu:Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy 
    tarmoq (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan 
    (academia.edu) foydalanish. 
    Reja: 
    1. Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati 
    2. Mahalliy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
    3. Xorijiy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
     
    Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati. Zamonaviy 
    ta’lim tizimi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, ularda 
    mustaqil 
    o‘qib-o‘rganish, izlanish, axborotlar yig‘ish, ularni saralash, 
    umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. Aynan mana shu 
    talablarni o‘quv jarayonida tadqiqotlar yoki tadqiqotlar texnologiyasidan 
    foydalangan holda bajarish mumkin.Tarix darslarida tadqiqotlar texnologiyasidan 
    foydalanish juda keng doiradagi manbalar bilan ishlashni taqozo etadi. Barcha 
    kerakli manbalarni Axborot-resurs markazi kutubxonasidan topib bo‘lmaydi.
    Bunday holatlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga axborot-kommunikatsion 
    texnologiyalar, xususan global internet tarmog‘i yordamga keladi. Axborot 
    kommunikativ texnologiyalari avvalboshdan turli xil axborot mahsulotlarini 
    yaratishga qaratilgan bo‘lib, foydalanuvchi bu jarayonda o‘zining ijodiy 
    potensialini to‘liq namoyon eta oladi.
    Interrnet undan foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
    Internet birinchi navbatda axborot tarmog‘idir. Katta hajmdagi axborotlar ichidan 
    kerakli ma’lumotlarni topishda maxsus Internet qidiruv tizimlari ta’lim sohasida 
    o‘qituvchi uchun ham o‘quvchi uchun ham birday qulaydir.
    Internet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga 
    shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, 
    almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya 
    (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga 
    ohanrabodek tortmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil dunyo bo‘yicha 
    internetdan foydalanuvchilar salkam 1 milliard 734 million nafarga yetgan. 
    Vaholanki, 2000 yilda global tarmoqdan 361 millionga yaqin odam foydalangan. 
    Yana to‘qqiz-o‘n yildan keyin bu raqamlar yana necha million nafarga ortishini 
    tasavvur qilish qiyin emas. Chunki taraqqiyot misli ko‘rilmagan shitob bilan 
    ilgarilamoqda. 
    O‘z tarkibiga elektron pochtani ham olgan butun dunyo tarmog‘i grafik va 
    multimediyali tarkibli Web dan foydalanish imkoniyatini beradi. Internetda yana 
    turli xil qidiruv tarmoqlari, o‘yinlar, yangiliklar, bahs-munozara olib borish uchun 
    tarmoqlar mavjud. Virtual resurs markazi esa o‘z tarkibida doimiy ravishda 



    jahondagi yetakchi davlatlaridagi muzeylarning ekspozitsiya va ko‘rgazmalarini 
    namoyish etib boradi. Uydan chiqmasdan, kutubxonalarga bormasdan Internetdan 
    doimo turli yangi axborotlarni olish mumkin, chunki unda ulkan miqdorda pulli va 
    bepul axborotlar va bilimlar to‘plami jamlangan. Internet yordamida ko‘pgina 
    sirtqi kurslarga qatnashish, bahs-munozaralarda ishtirok etish va insoniyat 
    faoliyatining xohlagan sohasi bo‘yicha axborot olish mumkin. 
    Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari 
    vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, 
    xususan: 
    axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llash ko‘nikmasini 

    Download 174.19 Kb.
      1   2   3   4




    Download 174.19 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

    Download 174.19 Kb.
    Pdf ko'rish