infografikalarni joylashtirish boshlandi. Ayni paytda raqamli texnologiyalar ildam
rivojlanishi,
QR-kod belgilarning kashf etilishi bosma nashrlarga elektron
resurslarni bog‘lash imkoniyatini yaratdi.
QR-kod – inglizcha “Quick Response” so‘zidan olingan bo‘lib, Quic – tez,
Response – javob, ya’ni “tezkor javob” ma’nosini bildiradi. Bitta QR-kod o‘rtacha
7089 ta raqam,
4296 ta raqam harf,
ikkilik sanoq sistemasiga 2953 bayt yoki
1817 ta iyerogliflarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda
QR-kod – bu maxsus tarzdagi kodlardan iborat
bo‘lgan, qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko‘rinishdagi tasvirdir. Unda oddiy matn,
audio
yozuvlar, videoroliklar, 3D formatdagi shakllar va boshqa shu kabi internet
resurslari bo‘lishi mumkin.
Respublikada birinchilardan bo‘lib, Texnologiya fani 8-sinf darsligi raqamli
texnologiya asosida nashr qilindi. Darslikka kiritilgan amaliy mashg‘ulotlar
videoroliklari QR-kod orqali biriktirib berildi. Bu esa o‘z navbatida yillar davomida
ma’lumotlarni o‘quvchilarga masofadan turib yetkazib berish imkoniyatini yaratib
berdi.
Darslikda berilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi,
ishlab chiqarish va
ro‘zg‘orshunoslik, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi
boblari bo‘yicha jami 20 ta amaliy mashg‘ulotlarga alohida QR-kodlari
joylashtirilgan. Mazkur belgi amaliy mashg‘ulotlarga oid qo‘shimcha
saralangan
videoroliklardan foydalanish imkonini beradi.
QR-kod belgilarni kiritilishi darslikni nafaqat boyitdi, shu bilan birga keyingi
chop etilgunicha o‘tadigan 5 yil davomida bo‘ladigan o‘zgarishlarni davriy ravishda
internet resurslari hisobiga to‘ldirib borish imkoniyatini yaratdi.
Texnologiya fani darsligining
hayot amaliyotigi mosligi o‘quvchilarni milliy
xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari hamda inson
mehnatini yengil qilishga qaratilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarning
rivojlanishidan kelib chiqqan holda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasi uzviyligini ta’minlashga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy
mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni
rivojlanishi mamlakatimizda
tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilinishida o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari,
qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligiga asoslangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarda buyum va mahsulot
turlarini, ularni tayyorlash va ishlov
berish usullarini bilish, texnologik loyihalash
hamda amalga oshirish, psixomotor, funksional hamda
amaliy faoliyat turlarini
bajarish, to‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish
kompetensiyalari shakllanadi.
Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik
jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar
yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, ongli ravishda kasb-hunar
tanlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga
joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o‘ynaydi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga jaxon hamjamiyatida muhim o‘rin egallashimizni ta’minlaydi.