Bunga tushunish uchun asosiy buyumdagi rangni ko‘rsatish kerak. Dastur shu
zahotiyoq unga mos
keladigan ranglarni tanlaydi, Uni virtual kiyim sifatida kiyib
ko‘rsa bo‘ladi. Ilovada 150 turdagi ranglar uyg‘unligi mavjud. Ularda eng ekzotik
uyg‘unlik hatto, modaga ashaddiy berilganlarni ham hayratga sola oladi.
“Kiyim rangi” reklama ko‘rsatmaydi, sotib olishni taklif etmaydi, Shu bois u
App Store do‘konida yaxshi reytingga ega: “Ilovani
shunchaki qiziqishdan sotib
olgandim, kutilmaganda u juda foydali chiqib qoldi: obrazimga mos rangni
tanlayman va shu zahotiyoq unga mos aksessuarlar ham ma’lum bo‘ladi”– deb
yozadi foydalanuvchi o‘z izohida.
Goodlook – ob-havoga qarab kiyim tanlash.
Goodlook – yashashingizga qarab kiyim-bosh tanlash qo‘llanmasi. Ilova har
kuni yangi tayyor luklarni taklif etadi: ko‘ylakka mos oyoq kiyim, shim o‘ziga mos
aksesssuarlari va hatto kosmetikasi bilan taqdim etiladi.
Ayniqsa, dasturni sozlash orqali ob-havo va haroratni ham ko‘rsatishingiz
mumkin va shunga kura ilova kiyim tanlaydi. Kuz oylari ayniqsa, o‘z obrazingizni
issiqroq kiyim-boshda, deylik kashemir sviterda namoyon bo‘lish ancha qiziqarliroq
bo‘lsa kerak.
Bundan tashqari, Goodlook ijtimoiy tarmoq orqali blogerlar va
stilistlarning tayyor obrozlarini taklif etib, yangi g‘oyalarni ham o‘rtaga tashlaydi.
Ishlab chiqaruvchining saytiga kirib sizga yoqqan barcha kiyimni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ilovaning o‘zida xarid qilishingiz mumkin.
The Hunt – tanlagan stilingizga boshqa foydalanuvchilar baho beradi.
Agar istagingiz faqat o‘zingizning stilingizni yaratish bo‘lmay, boshqalarga
ta’sir qilmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga “The Hunt” juda mos tushadi.
Bu yerda
o‘zingizga yoqqan obraz rasmini e’lon qilishingiz mumkin va boshqalarning ham
shunday rasmlarini tomosha qilsangiz bo‘ladi. Hatto ularga maslahatlar berib, eng
qiziqarli variantlarga ovoz ham berasiz. Ilovada sotib olmoqchi bo‘lgan
kiyimlarning ro‘yxatini tuzib chiqsangiz bo‘ladi.
Dastur foydalanuvchilari o‘zlariga yoqqan buyum yoki aksessuarlar topishda
bir-biriga yordam berishi mumkin. Obroz suratini yuklaysiz va tarmoqdagi
do‘stlaringiz uni baholaydi hamda maslahatlarini beradi. Kiyimni qismlarga bo‘lib
chiqadi va ularni qayerdan xarid qilishni aytib beradi.
Eng qulayi, uni so‘rashda
ko‘ngilsizlik kelib chiqmasligi uchun xaridga ajratilgan pul miqdorini, aniqrog‘i
byudjetingizni ham ko‘rsatsangiz bo‘ladi.