Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? – degan savolga
quyidagicha qilib javob berish mumkin:
➢
raqamli texnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga
asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini
barpo etishini tushunamiz;
➢
raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari
sifatida ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy
tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy
intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin;
➢
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” obekt va
jarayonlarni
(aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va
tadbirkorlik)yaratishga imkon beradi.
Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa
quyidagilami keltirishimiz inumkin:
1.
Bosqich:
•
boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning
amalga oshirilishi;
•
telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan, simli va
simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi.
2.
Bosqich:
•
Online platformalarning hayotga tadbiq qilinishi
(qidiruv tizimlari, elektron
savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar);
•
bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga kirib kelishi.
3.
Bosqich:
•
Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti,
robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi
(shu jumladan,
3D-printerlar),sun’iyintellekt
(shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni).