|
A-guruh iii-bosqich talabasi Toshtemirova Sabohatning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi
|
bet | 1/12 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #261073 |
Bog'liq Toshtemirova Sabohat
Termiz muhandislik-texnologiya instituti
Sanoat texnologiyalari fakulteti
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (sohalar va tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi EKO-21A-guruh III-bosqich talabasi Toshtemirova Sabohatning
Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan
Kurs loyihasi
Bajardi: Toshtemirova S.
Tekshirdi:___________
Qabul qildi:__________
Vertikal g’ilofsimon issiqlik almashinish qurilmasini hisoblash
G=25 t/soat, t1=20o C t2=95oC Rabc=0,16MPa
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
Toluol va uning fizik, kimyoviy xossalari
1.2 Toluolning olinishi va sanoatda ishlatilishi
II. TEXNOLOGIK QISM
2.1 Issiqlik almashinish jarayoni va qurilmalari
Truba ichida truba topidagi issiqlik almashinish qurilmasi haqida
2.3 Vertikal g’ilofsimon issiqlik almashishish qurilmasi
III. HISOB QISMI
3.1 Texnologik hisob
3.2 Shtuntserlar hisobi
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni kimyo sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati habar qiladi. Qayd etilishicha, mamlakatda uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlab, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha katta salohiyat bor. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada 1 milliard 355 million dollarlik 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Shundan qariyb 60 million dollarlik 8 ta loyiha 2021-yilda ishga tushiriladi. Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarda 11 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtiriladi. Yiliga 450 milliard so‘mlik tovarlar ishlab chiqarilib, 15 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hamda qariyb 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Ushbu korxonalarda 260 kishi ish bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, ayni paytda umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollardan ziyod bo‘lgan 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Umumlashtirib aytganda, 2021-yilgi va istiqboldagi barcha loyihalar natijasida 3 millard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi, tarmoqning eksport salohiyati 1 milliard 300 million dollarga yetadi. Yangi korxonalarda 3 ming 500 ga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi.Yana bir muhim jihati, ushbu korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng tabiiy gazni chuqur qayta ishlab olinadigan yangi mahsulotlar qiymati 2 milliard 100 million dollardan oshadi. Ya’ni qo‘shilgan qiymat 14 barobar ko‘payadi.
“Kimyo sanoatiga juda katta mablag‘ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qo‘shilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yo‘nalish bo‘yicha miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qo‘ysak, eksport 5-6 barobar oshadi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudov O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi qarori asosida tarmoq diversifikatsiya qilinib, yangi mahsulotlar o‘zlashtirilgani haqida axborot berdi. Natijada oxirgi 3 yilda ishlab chiqarish 1,5 baravar, eksport esa 2 baravar oshgan. Asosiysi, ilgari surunkali zarar bilan ishlagan bu tarmoq 2021-yilni 1,6 trillion so‘m sof foyda bilan yakunlagan. Joriy yilning olti oyida jamiyat korxonalari tomonidan qariyb 7 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlanib, ishlab chiqarish 11 foiz o‘sgan. 218 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.
Yil yakunigacha ishlab chiqarishni 14 trillion so‘m, eksportni 425 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun ikkinchi yarim yillikda 650 ming tonna azotli, 70 ming tonna fosforli va 120 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar hamda 80 ming tonna polivinilxlorid ishlab chiqarish mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbari tarmoq korxonalari samaradorligini oshirish va ularni transformatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlash kerakligini ta’kidladi. Energiyani tejash va mahalliylashtirish orqali tannarxni 6 foizgacha kamaytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Taqdimotda galdagi istiqbolli loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, yil yakuniga qadar 400 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 9 ta loyiha ishga tushiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
A-guruh iii-bosqich talabasi Toshtemirova Sabohatning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi
|