|
A-guruh iii-bosqich talabasi Toshtemirova Sabohatning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi
|
bet | 9/12 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #261073 |
Bog'liq Toshtemirova SabohatIssiqlik almashinish qurilmasi.
1-birinchi taqsimlash kamerasi;
2- trubalar teshikli panjarasi;
3-ikkinchi taqsimlash kamerasi;
4- truba-qobiq reshikli panjarasi;
5-tayanch;
6- issiqlik almashinish trubasi;
7-truba-qobiq;
8-burilish kamerasi;
9-qo`shaloq truba
2.3 Vertikal g’ilofsimon issiqlik almashishish qurilmasi
G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi: Ish unumdorligi kichik, davriy ishlaydigan korxonalarda qovushqoqligi katta bolgan suyuqliklarni isitish uchun asosan g’ilofli issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalarning ish hajmi asosan sferik taglikka ega bolgan silindr shaklida bolib, u tashqi tomondan g’ilof bilan qoplangan. G’ilofga berilgan suv bug’i silindr tashqi devorida kondensatsiyalanib, issiqlik devor orqali qurilmada isitilayotgan suyuqlikka yuboriladi. Issiqlik otkazish koeffitsientining qiymatini oshirish maqsadida bu qurilmalar ko’p hollarda aralashtirgich bilan taminlangan boladi. G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi 14 - rasmda keltirilgan bolib, qurilma korpus 1, bug’ qobigi 2 va flanets 3 dan iborat (a-past bosimlar uchun; b-yuqori bosimlar uchun).Agar issiqlik tashuvchilardan birining issiqlik berish koeffitsienti ikkinchisinikidan ancha kichik bolsa, u holda ning qiymati kichik bolgan tomondagi issiqlik almashinish yuzasi kattalashtiriladi.
a) past bosimlar uchun; b) yuqori bosimlar uchun.
Neftni dastlabki haydash :
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad. Neftni uchuvchanlik darajasiga mos holda turli fraktsiyalarga ajratish. Bunda olingan fraktsiyalarning bazisi qayta ishlov berishga uzatilsa, bazilari esa tayyor tovar sifatida ishlatiladi. Neftni dastlabki haydash jarayoni atmosfera sharoitida ishlaydigan trubali va atmosfera-vakuum trubali qurilmalarda amalga oshirilishi mumkin. Ushbu qurilmalar asosan neftni tuzsizlantirish yoki ikkilamchi haydash qurilmalari bilan kombinatsiyalashgan holatda ishlatiladi.
Jarayonga beriladigan xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Bu tizimda xom ashyo sifatida tuzsizlantirilgan neft ishlatilib, quyidagi mahsulotlar ishlab chiqariladi:
1.Uglevodorod gazi - suyuqlik holida ajratib olinadi va gazni fraktsiyalarga ajratish qurilmalariga uzatiladi yoki neft zavodlarida yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
2.Benzin fraktsiyasi - qaynash temperaturasi 50-180 0С bolgan fraktsiya bolib, avtomobillarda qollaniladigan benzinning komponenti, katalitik reforming va piroliz hamda ikkilamchi haydash jarayonlari uchun xom ashyo sifatida qollanilishi mumkin.
3.Kerosin fraktsiyasi - 120-315 0С da qaynaydigan fraktsiyabolib, reaktiv hamda karbyuratorli traktor dvigatellari uchun yoqilg’i sifatida yoki gidrotozalagich qurilmalari uchun qullanilishi mumkin;
4.Dizel fraktsiyasi - 180-3600С da qaynaydigan fraktsiya bolib, dizel dvigatellar uchun yoqilg’i yoki gidrotozalagich qurilmalar uchun xom ashyo sifatida qollaniladi;
5.Mazut - neftni atmosfera sharoitida haydash jarayonida olingan qoldiq bolib, 3500С dan yuqori temperaturada qaynaydi. U bug’ ishlab chiqarish qurilmasida yoqilg’i sifatida, hamda gidrotozalash va termik kreking qurilmalarida xom ashyo sifatida qollaniladi;
6.Vakuum sharoitida olingan distillyatlar 350-5000С da qaynaydigan fraktsiya bolib, katalitik kreking va gidrokreking jarayonlari uchun xom ashyo sifatida qollaniladi. Neftni qayta ishlash zavodlarida bir necha turdagi vakuumdistillyatlar olinadi;
7.Gudron neftni atmosferno vakuum sharoitida haydash jarayonida olingan qoldiq bo`lib, 500 0С dan yuqori temperaturada kaynaydi. U termik kreking va kokslash jarayonlari uchun, hamda bitum va turli texnik moylar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qullaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
A-guruh iii-bosqich talabasi Toshtemirova Sabohatning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi
|