• Issiqlik almashinuv usuliga qarab
  • Issiqlik almashinuv apparatlari xaqida umumiy ma’lumotlar




    Download 1,92 Mb.
    bet6/12
    Sana07.06.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #261073
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Toshtemirova Sabohat

    Issiqlik almashinuv apparatlari xaqida umumiy ma’lumotlar.


    Issiqlik tashuvchini qizdirish yoki sovitish uchun mo‘ljalangan qurilma issiqlik almashinuv apparati (IAA) deyiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlik yoki gaz ishlatiladi. Issiqlik tashuvchilar isituvchi va isitiladigan tashuvchilarga bo‘linadi. Masalan, qozon ichida qizigan gaz isituvchi issiqlik tashuvchi, qozondagi suv esa isitiladigan issiqlik tashuvchi hisoblanadi. Isitish radiatoridagi suv isituvchi issiqlik tashuvi, xonaga issiqlikni tarkatadigan havo esa, isitiladigan issiqlik tashuvchi hisoblanadi.
    IAA lariga bug‘ qozonlari, kondensatorlar, bug‘ qizdirgichlar, havo isitkichlar, markaziy isitish asboblari, radiatorlar va shu kabilar misol bo‘la oladi.
    IAA lari o‘zining shakli va o‘lchamlari bilan hamda ishlatilayotgan ishchi jismi bilan bir – biridan katta farq kiladi. IAA lari xilma xil bo‘lsada, issiqlik hisobining asosiy qoidalari ular uchun umumiy bo‘lib qoladi.
    IAA lari texnikada nixoyatda keng tarqalgan, hozirgi vaqtda ularning aniq bir tasnifi yo‘q. Quyida keltirilgan tasnif eng ko‘p qo‘llanilayotgan IAA lariga ta’luqlidir.
    IAA larini quyidagi belgilariga qarab tasniflash mumkin.

    Issiqlik almashinuv usuliga qarab


    Aralashtirgichli: Bunday IAA larida issiq va sovuq issiqlik tashuvchi bir – biriga bevosita tegadi va keyin aralashib ketadilar. Masalan, qozon agregatidan chiqadigan yuqori temperaturali bug‘ yo suv sovuq yoki iliq suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra iste’molchilarga uzatiladi. Bunday IAA lariga gradirnyalar, deaeratorlar, skrubberlar va boshqa qurilmalar kiradi.

    Gradirnyada (1-rasm) minoradan yomg‘irdek tushayotgan suv havo bilan aralashadi va natijada suv soviydi, havo esa isib yuqoriga ko‘tariladi.

    Rekuperativli. Bunday IAA larida issiqlik ajratuvchi devor (odatda metall) orqali uzatiladi. Bunday apparatlarga bug‘ generatorlari, bug‘ qizdirgichlari suv isitkichlari, havo isitkichlari va turli xil bug‘latgich apparatlari kiradi.


    Hozirgi paytda rekuperativ apparatlar eng ko‘p tarqalgan. Ular tuzilishi juda sodda, ixcham va issiqlik tashuvchilarning temperaturasini har doim o‘zgarmasligini ta’minlaydi.




    1. rasm. 1- suvni keltirilishi; 2-suvni olib ketilishi; 3- taqsimlash tarnovi; 4- sug‘orish qurilmasi; 5- basseyn.

    2- rasm
    1- ichki quvur; 2- tashqi quvur; 3- ulash patrubkasi; 4- egilgan joy; 5-6 - birinchi issiqlik tashuvchining kirishi va chiqishi; 7- 8 ikkinchi issiqlik tashuvchini kirishi va chiqishi



    Rekuperativ apparatlar asosan metaldan ishlangan. Temperaturasi 400-4500S bo‘ladigan issiqlik tashuvchilar uchun esa quvurlar uglerodli po‘latdan, temperaturasi 500-7000S bo‘ladigan бщладиган issiqlik tashuvchilar uchun esa legirlangan po‘latdan tayyorlanadi.


    Regenerativli: Bunday IAA larida isitish (yoki sovutish) sirtining uzi vaqt – vaqti bilan goh issiq, goh sovuq issiqlik tashuvchi bilan yuvilib turiladi. Dastlab regenerator panellaridan qizigan issiqlik tashuvchi – domno va marten pechlari, vagrankalar va boshqalardagi yonish mahsulotlari yuboriladi.
    Regeneratorning isitish sirti qizigan gazlardan issiqlik olib isiydi, so‘ngra bu issiqlikni sovuq issiqlik tashuvchiga beradi. Bunday IAA lariga zamonaviy qozon agregatlarining havo isitgichlari misol bo‘la oladi(3-rasm).

    Download 1,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Issiqlik almashinuv apparatlari xaqida umumiy ma’lumotlar

    Download 1,92 Mb.