9
1-BOB.
UMUMIY QOIDALAR
va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi.
Buning uchun
pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning
ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi.
Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va
ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak.
Pedagog bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish hamda
ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Pedagog, shuningdek, bolalarda zarurat
bo‘lganida, har bir bola tarbiyachidan yordam va dalda olishi mumkinligiga ishonch hissining paydo
bo‘lishiga yordam beradi.
Pedagog doimiy ravishda kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun o‘z
kasbiy faoliyatini
hujjatlashtiradi, tahlil qiladi va baholaydi.
Pedagog bolaning, ota-onalarning va mahalliy jamoatchilik vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi
va o‘z ishini teng sheriklik asosida quradi.