• IV-BOB. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
  • 4.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA O‘YINNING ROLI VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA
  • A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar




    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/87
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,32 Mb.
    #233085
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
    Bog'liq
    Ilk Qadam UZB final (3)

    3.2.5. 
    "Ijodiy rivojlanish" 
    sohasi kompetensiyalari 
    "Ijodiy rivojlanish“
    sohasidagi ‘ta’lim va tarbiya jarayoni yakuniga 6-7 yoshli bola: 

    san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi;

    milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;

    san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

    olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq 
    qilish uchun foydalanadi;

    insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.


    19
    IV-BOB.
    TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI


    20
    4-BOB. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
    Ta’lim va tarbiya jarayoni davlat talablari va davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tili va chet tillaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston 
    Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” 
    6
    gi qonuni bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 
    ta’lim va tarbiya jarayonini o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi va 
    31-maygacha davom etadi. 
    1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
    4.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA 
    O‘YINNING ROLI VA MAKTABGACHA TA’LIM 
    TASHKILOTINING TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA 
     
    UNING AHAMIYATI 
    Davlat o‘quv dasturida bolaning o‘yin o‘ynash huquqi tan olinadi, o‘yinning bola uchun ahamiyati, uning 
    pedagogik imkoniyatlari ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda inobatga olinadi.
    O‘yin maktabgacha yoshda yetakchi faoliyatdir. O‘yin orqali ta’lim olish bolalarni ta’lim olishi va 
    rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. O‘yin – bu bolani o‘zini va atrofidagi dunyoni o‘rganishga 
    undashning tabiiy usuli. O‘yin bolaning shaxsiyati, uning bilish, ijtimoiy-hissiy, ijodiy va jismoniy 
    jihatlarini rivojlantiradi. O‘yinda bolalarning tengdoshlari va pedagogi bilan o‘zaro munosabati nutq va 
    ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi, uning motorikasi takomillashib boradi. 
    O‘yin boshqa bolalar bilan hamkorlikda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi, ularga tavakkal qilish, xato 
    qilish va qiyinchiliklarni yengish imkonini beradi. Va, eng muhimi, o‘yin ta’lim olishni quvonchli qiladi, 
    bolalarning tasavvurini va ijodkorligini rivojlantiradi. O‘yin har xil bo‘lishi mumkin – bolaning yoki 
    bolalar guruhining tashabbusi bilan to‘laligicha erkin, pedagogning minimal yoki to‘liq ishtirokisiz - 
    pedagog tomonidan tashkil etilgan va uning ko‘rsatmalari yordamida amalga oshiriladi. Erkin o‘yinning 
    ahamiyatini tushunish va e'tirof etish bilan birga, uyushgan o‘yinda pedagogning hal qiluvchi rolini ham 
    tan olish kerak.
    Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘yin o‘ynash imkoniyatini ta'minlashi kerak, rivojlantiruvchi muhit esa o‘yin 
    o‘ynash imkoniyatiga hissa qo‘shishi kerak. O‘yin uchun sharoit yaratish, ya'ni bolalarni yetarli vaqt, joy, 
    qo‘llab-quvvatlovchi resurslar va o‘yinchoqlar bilan ta'minlash juda muhimdir.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar bolalar o‘yiniga yordam berishlari 
    muhimdir.

    Download 5,32 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar

    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish