22
4-BOB. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish ta’lim sharoitlariga qarab o‘zaro bog‘liqlik, xilma-xillik va
moslashuvchanlik asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yil fasllari va ob-havo sharoitlarini ham
hisobga olish kerak.
O‘quv rejasini shakllantirishda mintaqaning tabiiy-geografik va madaniy-tarixiy o‘ziga xosligini hisobga
olish kerak. Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirishda maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida
hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda 20 foizgacha bo‘lgan hududiy komponent va davlat
o‘quv dasturida nazarda tutilgan majburiy komponentning 80 foizi ko‘zda tutilgan
10
.
Mavzuli reja mavzu, maqsad, mazmun va tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyatni tanlashda ta’lim va tarbiya
jarayonining umumiy maqsadlari bilan birga rivojlanish sohalari maqsadlari, mazmun va faoliyatining
integratsiyasi ham hisobga olinadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish davlat talablarini, shuningdek, davlat o‘quv dasturini amalga
oshirishga yordam beradigan qisqa muddatli (haftalik) va uzoq muddatli (yillik) rejalarni yaratishni o‘z
ichiga oladi.
Mavzuli reja yozma shaklda bo‘lishi kerak.