23
4-BOB. TA’LIM
VA TARBIYA JARAYONI
Haftalik ish reja xilma-xil va moslashuvchan, ya'ni, ob-havoning o‘zgarishi
va bolaning qiziqishini
hisobga olgan holda, rejalashtirilgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki bolaning mashg‘ulot vaqti
moslashtirilishi mumkin. Misol uchun, agar pedagog bahorgi gulzorga tashrif buyurishni rejalashtirsa,
lekin ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, unda bu mashg‘ulotni xonada o‘tkazilish mumkin bo‘lgan boshqasiga
almashtirishi mumkin.
Haftalik reja
- bu pedagogning ish jurnali bo‘lib, unda ta’lim va tarbiya jarayonining kunlik rejasi aks
ettiriladi. Mashg‘ulot ishlanmalari kunlik rejaga ilova qilinishi mumkin. Ishlanmalar pedagogning
xohishiga binoan, ijodkorlik va xilma-xillikdan foydalangan holda ishlab chiqiladi.