25
5-BOB. BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI BO‘YICHA
YUTUQLARI
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini baholash kuzatishlar yordamida
amalga oshiriladi. Pedagog bolalar hayotini muntazam va tizimli ravishda kuzatib boradi.
Bolaning rivojlanishini kuzatish
– pedagog faoliyatidagi muhim mas'uliyatli ish. Kuzatishlarning
maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonida bolaning turli bilim va ko‘nikmalardan qanday foydalanishi haqida
ma'lumot to‘plashdir.
Bolalarni turli joy, vaqt va sharoitlarda kuzatib,
pedagog ularning qiziqishlari,
kuchli tomonlari va ehtiyojlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi.
Pedagogik kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida ta’lim va tarbiya jarayoni rejalashtiriladi
va takomillashtiriladi.
Kuzatish natijalarini hujjatlashtirish pedagogga ularni saqlash, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan
o‘zgarishlarni kuzatish
va bolaning ota-onalari, shuningdek, ushbu maktabgacha ta’lim
tashkiloti
mutaxassislari bilan bolalarning rivojlanishi va ta’lim olish xususiyatlari haqida ma'lumot almashish
imkonini beradi. Bolaning rivojlanishi va ta’lim olishidagi yutuqlarini kuzatish va baholash natijalarini
hujjatlashtirish uchun rivojlanish xaritalaridan foydalaniladi.
Rivojlanish xaritasi
kuzatuvlarni hujjatlashtirish shakli sifatida bolaning turli sohalardagi rivojlanish
darajasi to‘g‘risida muntazam ravishda ma'lumot to‘plash jarayonini o‘z ichiga oladi.
Rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida
bolaning rivojlanish sohalari, kichik sohalar va kutilgan
natijalarga tayanadi.
Bolaning rivojlanish xaritasi
har bir yosh guruhi (3-4, 4-5, 5-6, 6-7) uchun alohida yuritiladi va har bir
bola
14
uchun bir yilda uch marta: o‘quv
yilining boshida, o‘rtasida va oxirida to‘ldiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda