27
6-BOB. RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL QILISH
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning yoshi, individual
xususiyatlari va ehtiyojlarini, shuningdek, mintaqaning madaniy va tarixiy xususiyatlarini hisobga olish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuniga quyidagi talablar qo‘yiladi:
●
mazmunan boy
– davlat o‘quv dasturining mazmuniga mos kelishi, materiallar, jihozlar va
xona va bino tashqarisidagi inventarlarning xilma-xilligi;
●
o‘zgartuvchan
– ta’lim va tarbiya jarayoni vaziyatiga, shuningdek, bolalarning qiziqishlari va
imkoniyatlarining o‘zgarishiga qarab rivojlantiruvchi muhitda o‘zgarishlar bo‘lish imkoniyatini
nazarda tutadi;
●
polifunksional
– rivojlantiruvchi muhitning turli tarkibiy qismlaridan xilma-xil foydalanish
imkoniyati;
●
muqobil
– guruhda turli joylar, rivojlanish markazlari, shuningdek, bolalarning erkin tanlovini
ta'minlaydigan turli xil materiallar, o‘yinlar, o‘yinchoqlar va jihozlarning mavjudligi; o‘yin
materialining muntazam ravishda o‘zgartirilishi, bolalarning o‘yin, harakat, bilish va tadqiqot
faoliyatini rag‘batlantiradigan yangi buyum va ashyolarning paydo bo‘lishi;