|
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadiBog'liq Ilk Qadam UZB final (3)Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi
(bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-
harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B – ba'zida kuzatiladi
(bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki
ma’lum vaziyatlarda).
T – tez-tez kuzatiladi
(bola asosiy ko‘nikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D – doimiy ravishda kuzatiladi
(bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari talab
darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish xuddi shu tartibga binoan o‘tkaziladi.
Kuzatishning bu turi birinchi yarim yillik oxiri
(dekabr, yanvar)da o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan
metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish
natijalariga ko‘ra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda
pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‘quv yili oxirida
(odatda may oyida) pedagog
yakuniy kuzatish o‘tkazadi
. Mazkur kuzatish asosida
yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi
natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatish o‘tkazishda quyidagi
tamoyillarga tayanish lozim
:
•
kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga
yo‘naltirilgan bo‘ladi.
• bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish kamida ikki hafta (yoki
bir oy) mobaynida olib boriladi.
•
pedagog bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan
|
| |