• SINGAPUR BAYROQ VA GERBI
  • VETNAM
  • A. Qodiriy nomidagi jdpi ning Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 231/15-guruh talabasi ermonov abrorning Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanidan tayyorlagan taqd




    Download 7.4 Mb.
    Sana27.09.2023
    Hajmi7.4 Mb.
    #84292
    Bog'liq
    Abror Презентация1
    ОАК бюллетенига тўлов ҳисоб рақами, 7-sinf-sinf-soat-yillik-ish-reja (1), Tanlov, Jahon xo’jalik tarmoqlarining hududiy rivojlanish xususiyatlari, Afrika QIT\'ASI SUBREGIONLARI, Avstraliya va Okeaniya, AFRIKA QIT\'ASI SUBREGIONLARI, Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari, 2-topshiriq (2), XOTIRA, Genetika fanidan mustaqil ish (5), portal.guldu.uz-Multimediya vositalari, 2021-2022 yil Abdujalilova Feruza ochiq dars 11 noyabr (2), Hemis tizimidagi faoliyat

    A.Qodiriy nomidagi JDPI ning Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 231/15-guruh talabasi ERMONOV ABRORning Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI

    MAVZU: Janubi sharqiy Osiyo mamlakatlari subregioni


    Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari hamda Malaya arxipelagida joylashgan 10ta mamlakat kiradi. Ular II jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lib kelishgan. Mazkur davlatlar 1989- yilgacha o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan. Eng oxirida esa 2002-yil 20-may kuni Sharqiy Timor mustaqil deb e’lon qilindi.
    Mintaqa hududi 4,4 mln km2 bo‘lib, yer shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini egallagan. Maydoniga ko‘ra eng yirik davlatlari: Indoneziya (1,9 mln km2 ), boshqa davlatlarning birortasining maydoni 677 ming km2 dan (Myanma) katta emas. Maydoning kattaligiga ko‘ra eng kichkinasi Singapur (0,6 ming yoki 620 km2 ) bo‘lib, uning maydoni Moskva shahari maydonining 2/3 qismiga teng. Singapur maydonining uzunligi 42 km, eni 22 kmni tashkil etadi. Singapurdan tashqari Bruney (6000 km2 ), Sharqiy Timor (15 ming km2) kabi kichik davlatlar ham joylashgan.
    Hozirda mintaqa mamlakatlari sanoatining rivojlanishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:
    1. Yangi sanoatlashgan “Osiyo yo‘lbarslari” davlatlari: Janubiy Koreya, Singapur, Tailand va Malayziya. Bu mamlakatlarda yapon kapitali ta’sirida va mahalliy ishbilarmonlar faoliyati tufayli “iqtisodiy mo‘jiza”lar ro’y bermoqda. Masalan: Singapur dunyodagi eng yirik savdo markazi, moliyaviy markaz, turizm markazi, industrial markaz (neftni qayta ishlash, kemasozlik, elektrotexnika) larga aylanib bormoqda. Malayziyada kondensionerlar, elektro va radio texnikalar, avtomashinalar va boshqa rezina buyumlar, maishiy texnika buyumlari, rangli metallurgiya sanoati; Tailandda tabiiy kauchuk buyumlari, rangli metallurgiya sanoati, mashinasozlik, yengil sanoat rivojlanib bormoqda.

    SINGAPUR BAYROQ VA GERBI


    2. Neft-gaz sanoati rivojlangan davlatlar: Indoneziya va Bruney sultonligi.
    Indoneziya yiliga 65 mln. tonnadan ortiq neft qazib oladi, 30 mlrd m3 dan ortiq tabiiy gaz qazib oladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, neft - kimyo, tikuvchilik va to‘qimachilik, qorametallurgiya sanoati, kauchuk va o‘rmon sanoatlari. Eng yirik sanoat markazlari: Jakarta, Surabaya, Medon, Padang, Bandun shaharlarida joylashgan.
    Bruney sultonligida sanoat tarmoqlari rivojlanmagan bo‘lib, u yerda qazib olinayotgan neft (yiliga 8-10 mln. tonna) va tabiiy gaz (10-13 mlrd m3 ) xom holatida eksportga chiqariladi.
    3. Industrlashtirish yo‘lidan borayotgan davlatlar.
    Bu guruhda Vetnam alohida ajralib turadi. Mamlakatda qorametallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlanib borayotgan bo‘lsada, xo‘jalikda oziq-ovqat va yengil sanoat yetakchidir. Yirik sanoat markazlari Xanoy va Xoshiminda joylashgan. Myanmada asosan sellyuloza – qog’oz sanoati, to‘qimachilik, oziq-ovqat va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlanmoqda. Yirik sanoat markazi Yangon shahrida joylashgan.
    Filippinda asosan tog’-kon sanoati (mis, xrom, temir, alyuminiy), yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanib bormoqda. Eng yirik sanoat markazlari: Manila va Sebu shaharlari.

    VETNAM


    4. Sanoati juda sust rivojlangan davlatlar:
    Laos va Kambodja. Ularda asosan hunarmandchilik, zargarlik va qo‘lda buyumlar yasash (savat, bosh kiyimlari). Bruney va Sharqiy Timorda zamonaviy sanoat yo‘q. Janubi-Sharqiy Osiyoda oziq-ovqat sanoati muhim o‘rin tutadi. Dunyo boyicha kokos yog’i ishlab chiqarish va uni eksport qilishda mazkur mintaqa yetakchi bo‘lib, bu sohada Indoneziya, Malayziya, Tailand davlatlari yetakchi. Choy sanoati Indoneziya, Malayziya, Vetnamda; qand-shakar sanoati Indoneziya, Malayziya, Tailand; kofe sanoati Indoneziyada; brouler xo‘jaligi (akarashka) Tailand, Malayziya, Myanmada yaxshi rivojlangan.
    Download 7.4 Mb.




    Download 7.4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. Qodiriy nomidagi jdpi ning Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 231/15-guruh talabasi ermonov abrorning Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanidan tayyorlagan taqd

    Download 7.4 Mb.