|
Aaxtning asosiy vazifasi avariyali vaziyatlarning oldini olish
|
Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 328,31 Kb. | | #141732 |
Bog'liq ABS tormoz tizimi 5.2. Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimi (AAXT)
AAXTning asosiy vazifasi avariyali vaziyatlarning oldini olish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, AAXTning vazifasi xavfli vaziyatlarni ― his qilish va to`qnashuvlarning oldini olish, yoki, minimum, tezlikni kamaytirishdir.
AAXTning asosini tormozni antiblokirovkalash tizimi (ABS) tashkil qiladi. Yangi avtopilotlar qo`llanilayotgan bir paytda ABS juda oddiy bo`lib va uning himoyalash xususiyati juda past bo`lib ko`rinishi mumkin. Lekin bu xato fikr hisoblanadi. Shu kunlarda ABSning boshqarish tizimi va datchiklari boshqa elektron tizimlarning asosi bo`lib kelmoqda. Yillar bo`yicha ABS yangi qo`shimcha modullar bilan ta`minlanib kelinmoqda, chunki aktiv xavfsizlik ABS dan boshlanadi.
Tormozlashda g‘ildiraklarning blokirovkasi bilan 100 yil oldin kurashish boshlangandi. Bu muammoni boshlanishida temir yo`llarda sezdilar (g‘altagi blokirovkalangan vagonlar relsdan tushib ketish holatlari bor edi). XX asr o`rtasida tormozlashda g‘altaklar blokirovkalashini oldini olish sistemalari aviatsiyada keng tarqaldi. Birinchi marta seriyali ishlab chiqarilgan elektronli ABSi bo`lgan avtomobil 1978 yilda S-klassdagi Mercedes (W116) avtomobili bo`ldi.
5.2-rasm. Mercedes (W116) avtomobilining tormozni antiblokirovkalash tizimi (ABS)
1 – elektr yuritmali gidravlik nasos; 2 – g‘ildiraklar aylanish tezligi datchiklari; 3- boshqarish bloki
ABS lar quyidagi komponentlardan iborat: g‘ildiraklar aylanish tezligi (chastotasi) datchiklari, boshqarish bloki (elektron protsessor), servoklapanlar, elektr yuritmali gidravlik nasos va bosim akkumulyatori.
Intensiv tormozlashda g‘ildiraklar aylanishdan to`xtaydi, avtomobil sirpana boshlaydi va rul bilan boshqarish imkoniyati bo`lmaydi, tormoz yo`li uzunligi esa bunda juda o`sishi mumkin. Bu quyidagicha ro`y beradi: g‘ildirak aylanayotganida protektor va yo`l orasidagi kontaktda qovushqoqlik ishqalanishi (trenie ssepleniya) paydo bo`ladi, uning kuchi blokirovkada paydo bo`ladigan sirpanish ishqalanishi (trenie skoljeniya) kuchidan katta bo`ladi. Qovushqoqlik ishqalanishisiz g‘ildiraklar yon tomon kuchlanishlarni qabul qilolmaydi, shuning uchun avtomobil inertsiya ta`sirida sirpanishni davom ettiradi: bunda to`siqlarni aylanib o`tish yoki burilishga qaytish mumkin bo`lmaydi.
ABS bunday vaziyatga yo`l qo`ymaydi: g‘ildirakdagi datchiklar aylanish tezligini sekundiga 10 marta o`lchab, g‘ildiraklar blokirovkalanganda g‘ildiraklarning yana aylanishini ta`minlash uchun gidromodul bir yoki bir nechta tormoz magistrallarida bosimni tushiradi.
5.3-rasm. Aylanish chastotasi datchigini o`rnatish joyi
Zamonaviy avtomobillarda asosan konstruktsiyasi sezgir element va uzatish elementlaridan tashkil topgan magnitrezistorli (magnitorezistivnыe) aylanish chastotasi datchiklari va Xoll datchiklari qo`llaniladi. Magnitrezistorli datchiklarda magnit maydoni o`zgarishi natijasida qarshilik o`zgaradi. Xoll datchiklarida magnit maydoni o`zgarishi natijasida kuchlanish o`zgaradi.
Barcha zamonaviy ABSlar to`rt kanalli hisoblanadi, ya`ni elektronika har bir g‘ildirakni alohida boshqaradi.
5.4-rasm. ABSning samaradorligini ko`rsatuvchi foto
|
| |