Abdinazarov xasanboy xoliqnazarovich




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/121
Sana07.02.2022
Hajmi5.95 Mb.
#17191
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
Bog'liq
umurtqasizlar zoologiyasi
2-topshiriq chiziqli (amaliy), 50-son, metrolgik manbalar, 1111, Xasanova Fazilat Muhammadovna , slayd 6, Создание систем Микроконтро́ллеров с помощью устройства Switch bank, Amaliy ish 1, 1-Mustaqil EVS, 2-Mustaqil EVS, 4-Amaliy ish ES TITUL, file, 1-ma\'ruza20-21-kompy.info, 00
Ishning maqsadi: Evglenalarning tuzilishi, hayotiy xususiyatlari va 
ko’payishini o’rganish, ularning xilma-xilligi bilan tanishish. 
Evglenalar chirigan organiq moddalarga boy bo’lgan qo’lmak suvlarda, 
hovuzlarda va boshqa ifloslangan suvlarda yashaydi Lekin ular orasida Euglena 
acus, E. spirogyra kabi turlari ham uchrashi mumkin (6-rasm). Evglenaning tanasi 
duksimon, keyingi uchi o’tkirlashgan bo’ladi. Sitoplazmasi endoplazma va 
ektoplazmadan iborat bo’lib uning usti yupqa elastik parda-pelliqo’la bilan 
qoplangan. Shuning uchun ham evglenaning shakli nisbatan o’zgarmasdir. Lekin 
harakatlanish paytida shakli o’zgarib, hatto u dumaloqlanishi ham mumkin. 
Tanasining oldingi uchida bitta xivchini bor, u harakatlanish orgonoidi. Uning 
asosida esa harakatni boshqaruvchi bazal tanacha joylashgan. Unga yaqin joyda 
yorug’likni sezadigan, ya’ni qizil dog’simon «ko’zcha» stigmani ko’rish mumkin. 
Evglena sitoplazmasining asosiy orgonoidlaridan yana bittasi qisqaruvchi vakuola 
bo’lib, uning atrofida bir nechta yig’uvchi vakuolachalar mavjud. Vakuola 
qisqargan paytda suv, qoldiq moddalar uning tashqi muhit bilan to’tashgan 
rezervuariga o’tadi va tashqariga chiqariladi. Evglenaning tanasida xlorofill 
donachalariga ega bo’lgan xromatoforlar bor. Shuning uchun ham ular o’simliklar 
singari fotosintez yo’li bilan oziqlanadi. U yorug’lik ta’sirida karbonat angidrid 
gazi va suvdan uglevodlarni sintez qiluvchi ao’totrof organizmdir. Bu jarayonda 
hujayrada extiyoj ozuqa modda paramil (tarkibi o’simlik kraxmaliga yaqin) 
to’planadi. Lekin evglena korongi joyda saqlansa, rangsizlanadi va pelliqo’lasi 
orqali suvda erigan organiq moddalarni shimib, saprofit ovqatlanishga o’tadi. 
Ayrim evglenalarning ikki xil ao’totrof va geterotrof oziqlanishi isbotlangan. Ular
bir vaqtning uzida ham fatosintez, ham saprofit yo’li bilan oziqlanadilar. Bu 
aralash yoki miksotrof ovqatlanish deyiladi. Evglena sitoplazmasida bitta yadro 
bo’lib, u tananing keyingi uchiga yaqin joylashadi. 


17 
Evglenalar jinssiz, bo’yiga ikkiga bo’linib ko’payadi. Noqulay sharoitda u 
yumoloklanib uz atrofida zich paradaga o’ralib sista hosil qiladi. Ba’zan sista 
ichida bo’linish yo’li bilan ham ko’payishi mumkin. 

Download 5.95 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish